78
tashkil etish uchun ishlatiladi. Buyruqlar harflar, raqamlar,
belgilardan
iborat bo‗lib, satrma -satr yoziladi, Enter tugmachasini bosgandan so‗ng
bajariladi. Bu erda asosiy vosita - klaviatura.
Buyruqlar satri interfeysi tizim yadrosiga o‗rnatilgan bo‗lib, u
grafik interfeys ishga tushmasa ham mavjud bo‗ladi.
Afzalliklari: resurslarning kam sarflanishi, buyruqlar bajariladigan
harakatlar ro‗yxatining moslashuvchanligi, buyruqni avtomatik tarzda
bajarish
qobiliyati, buyruqlarni nusxalash va joylashtirish qobiliyati.
Konsol va terminal buyruqlarni dasturiy qobiq yordamida bajaradi.
Dasturiy qobiq - bu buyruqlar tarjimoni, u buyruq satriga kiritilgan
buyruqlarni taniydi va buyruqni bajarish uchun dasturlarni ishga
tushiradi.
Ubuntuda qobiq sifatida ―bash‖ qobig‗i ishlatadi va u bash tilidagi
buyruqlarni taniydi.
Bashni boshqa qobiq dastur bilan xam almashtirish mumkin,
ulardan bir nechtasi bor. Har bir qobiq o‗ziga
xos sozlash va
imkoniyatlarga ega.
Buyruqlar satriga ikki yo‗l bilan kirish mumkin: konsol yoki
terminal orqali.
Dostları ilə paylaş: