"Til-millatning ko’zgusi"
Asosiy g’oya
Ona tiliga e'tiborni, meqr-muxabbatni kuchaytirish. Tilimizni mukammal
bilishga, milliy o’zlikni anglashga, qadriyatlarni e'zozlashga o’rgatish.
Ona tili
millat ma'naviyatining ko’zgusi ekanini e'tirof etish.
Asosiy g’oyani keng ko’lamda yorqin va jozibali aks ettirish uchun xona
bayramona bezatiladi. Sahna to’rida "1991 yil 21 oktyabr' kuni, O’zbek tiliga
davlat tili maqomi berilgan" yozuvi joylashtiriladi. Xona
devorlariga til haqidagi
maqolalar yozilgan plakatlar tartib bilan joylashtiriladi. O’ng burchakda "Turkiy
tillarning shajara daraxti" o’z bezagi bilan saxna ko’rkiga fayz kiritadi.
O’quvchilar sahnadan pastda doira shaklida ikki qator bo’lib joylashadilar.
O’rtadagi stol ustida buyuk allomalarimiznig ma'naviy me'rosi bo’lmish noyob
asarlar davriga qarab, ketma-ketlikda joylashtiriladi.
Chorlov musiqasi yangraydi. Mirtemirning "Ona" tili she'ri o’qiladi.
Ona tilim -onajonim tili bu,
Beshikdanoq singan jonu quloqqa.
El-yurtim, qonimonim tili bu,
Qadimlikdan o’xshar ona tuproqqa.
Bobolardan bizga me'ros ezgu til,
Avlodlarga xazinayu bebaxo.
Qalbimizga, ruhimizga ko’zgu til,
Bu dunyoga bag’ishlaymiz ne daho.
Yovonlarning cheksizligi,
Ham samimiy ham hovuri,
Onjonlar allasidan,
Ko’z yoshidan, oq sutdan,
To’g’aylarning tengsizligi,
Jilg’alarning sho’x hovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan,
Yo’g’rilgan til-ona tilim.
Cho’lponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go’ro’g’lining alp siymosi,
Alpomishning da'vosidan,
Tug’ilgan til-ona tilim.
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari,
aziz ustozlar, bugungi "Til bayrami"ga xush kelibsizlar!
2-boshlovchi:
Bayram munosabati bilan barchangizning o’qish va ishlaringizda ulkan zafarlar
tilaymiz. Inson go’zalligi , ma'naviyati, buyuk me'rosi, hatto olam barqarorligining
asosi ham bu-tildir. Shu sabab onadek aziz o’z
ona tilimizni asrab-avaylash,
e'zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
1-boshlovchi:
Dunyoda turli-tuman xalqlar yashaydi. Ma'lumotlarga qaraganda, dunyo
bo’yicha 3mingdan ortiq til mavjud.
2-boshlovchi:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatdagi
barcha tillarning
tengligi va erkinligini ta'minlaydi.Asosiy qonunning 4-moddasida O’zbekistonda
yashovchi barcha millat va elatlarning tillarini, urf-odatlarini hurmat qilish
ta'kidlangan.
(Shundan so’ng, saxna bo’sh qolib, hazin musiqa yangraydi.
Ona siymosi
paydo bo’ladi.)
Ona:- Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o’z
yurtiga fidoiy,
mard paxlavonlarim. Sizlar o’z ona tilimizni doimo asrab avaylanglar.O’z
tilimizning qatorida qardosh, chet tillarni ham o’rganib, xurmat qilinglar. Mening
sizlarga
murojaatim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy ifoda
vositalaridan o’rinli va unumli
foydalanishga xarakat qiling, go’zalligini namoish
eting. Sizning komilligingiz, avvalo, muomila madaniyatingizda namoyon bo’ladi.
"Yaxshi so’z-jon ozig’i", "Bir ko’ngil imorati-ming Makka ziyorati" deganlaridek,
shirinsuxan bo’lib, millatning fahri, g’ururi bo’lib yashanglar.