Ma’muriy ishni hal qilishga ko‘maklashuvchi shaxslar (guvohlar,
ekspertlar,
mutaxassislar,
tarjimonlar va boshqalar) ma’muriy ish yuritishga ixtiyoriylik yoki shartnoma asosida ma’muriy
organ tomonidan o‘z tashabbusiga yoki manfaatdor shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra,
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinadi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy
organ guvoh, ekspert va tarjimonni bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar, noto‘g‘ri
ekspert xulosalari berganlik hamda noto‘g‘ri tarjima qilganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida
ogohlantirishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
238 — 240-moddalari
.
Dostları ilə paylaş: