1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

4-modda. Asosiy tushunchalar


Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
manfaatdor shaxs — qabul qilinayotgan ma’muriy hujjat yoki ma’muriy harakat qaratilgan
shaxs, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari ma’muriy hujjatga yoki ma’muriy
harakatga daxldor bo‘lgan yoxud daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxs;
ma’muriy ish yuritish — ma’muriy tartib-taomil orqali tartibga solingan ma’muriy ishni
ko‘rib chiqish, ma’muriy hujjatni qabul qilish, uni ma’muriy shikoyat bo‘yicha qayta ko‘rish,
shuningdek ma’muriy hujjatni ijro etish jarayoni;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) — ma’muriy organning qonunchilik doirasida yo‘l
qo‘yilgan choralardan birini qonuniylikka va maqsadga muvofiqlikka o‘zi baho berishi asosida
o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘llash yoki tegishli chorani qo‘llashdan voz kechish huquqi;
(4-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ma’muriy organlar — ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati
berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga
oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar;
ma’muriy tartib-taomil — ma’muriy organlarning ma’muriy-huquqiy faoliyatini tartibga
soluvchi protsessual qoidalar;
ma’muriy harakatlar — ma’muriy organning jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan
ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan, ma’muriy yoki protsessual hujjat
bo‘lmagan, yuridik ahamiyatga ega harakatlari (harakatsizligi);
ma’muriy hujjat — ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga
keltirishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar
uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan
huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi ta’sir chorasi;
ma’muriy-huquqiy faoliyat — ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslarga yoxud muayyan
xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqaruv faoliyati;
protsessual hujjat — ma’muriy organ tomonidan ma’muriy ish yuritish davomida qabul
qilinadigan, ma’muriy ishni mazmunan hal etmaydigan hujjat.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə