Ma’muriy tartib-taomillar O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasiga
,
ushbu Qonun va
boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Mutanosiblik prinsipi
Ma’muriy ish yuritish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan ta’sir
choralari ma’muriy organ tomonidan ko‘zlangan qonuniy maqsadga
erishish uchun mos va
yetarli bo‘lishi hamda manfaatdor shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak.
8-modda. Ishonchlilik prinsipi
Ma’muriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslar tomonidan
taqdim etilgan haqiqiy
holatlar to‘g‘risidagi hujjatlar va ma’lumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar ishonchli hisoblanadi.
Manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning haqiqiyligiga
shubha paydo bo‘lgan taqdirda, ma’muriy organ ularning ishonchliligini mustaqil ravishda va o‘z
hisobidan tekshirish uchun choralar ko‘radi.
Ma’muriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslardan ular
taqdim etgan hujjatlarning
yoki ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qo‘shimcha
materiallar talab qilish, agar
qonunda bunday talab belgilanmagan bo‘lsa, taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: