о
edurtm_uz
TARBIYA, 3-SINF С И
Biz to‘rt avlodga egamiz. Hozirgi
siz taniydigan
evaralarim juda udda-
buron. Ular nafaqat hisoblash, balki
xotiralarida katta-katta ma’lumotlarni
jamlash amallarini bajara oladilar.
Zavodlar, fabrikalar,
samolyotlar,
turli mashinalarni boshqara oladilar.
Bilasizlarmi, ular yana gapira ola
dilar, rasm chizadilar, musiqa ham
yozadilar, xullas, ularning imkoni-
yatlari juda katta.
Biz inson aqli va
mehnatining mahsulimiz.
Bolajonlar,
bilasizlarmi,
men
sizlarga avlodimizning eng yosh
kompyuterlarining yaxshi odatlarini
aytdim. Lekin ularning imkoniyatlari-
dan to‘g‘ri foydalanmasangiz, ular
sizlarni o‘zlariga qaram qilib qo‘yish-
lari mumkin.
Qanday qilib deysizmi?
Hozir men
sizlarga Olimjon va Salimjon haqida-
gi bir hikoyani aytib beraman.
* * *
Olimjon ingliz tili darsidan uyga
berilgan vazifani bajarish uchun
kompyuterini yoqdi.
Olimjon dars qi-
lishi uchun zarur bo‘lgan fayllarni och-
di. Kompyuterni Internet tarmog‘iga
uladi. Elektron kitobni ochib, uyga
berilgan matnni quloqchinlarni taqib
eshita boshladi. Matnni bir necha
marotaba qaytardi. So‘ng
matnni
o‘qib audio shaklida yozdi-da, yana
qayta eshitdi. Yangi so‘zlarni lug‘at
daftariga ko‘chirdi. Berilgan savol-
larga javob topdi.
41