Tarbiya 3 sinf muqova P. cdr


-17-MAVZULAR: KIYINISH MADANIYATI



Yüklə 376 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/40
tarix23.12.2023
ölçüsü376 Kb.
#155230
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
96463 c17bc0f304beec87c3e0dbee56a9c558 2

16-17-MAVZULAR: KIYINISH MADANIYATI
Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar
Kiyimlar qanday paydo bo‘lganligini bilasizmi?
Yozda va qishda kiyiladigan kiyimlarni bir-biridan ajrata ola- 
sizmi?
Faraz qiling, siz yozda dam olishga tog‘ yonbag‘riga chiqdin- 
giz. Kechki payt salqin tushib qoldi. Gulxan faqat qo‘llaringizni 
isitadi. Issiq kiyimlaringiz yo‘q. Chodirda uxlash uchungina 
imkoniyat bor. Isinish uchun nima qilasiz?
Topishmoqlarning javobini toping.
To'rt yonida to'rtta oy,
Boshimga berarchiroy.
Bog‘lab qo‘ysang - yuradi,
Yechib qo‘ysang - turadi.
Mening ismim Doniyor, 6 yoshli singlim 
bor. U hali bog‘chaga boradi. Singlim menga 
«U kim? Bu nima? Qachon? Qa- 
naqa?» degan savollarni be- 
raveradi. Nimani ko‘rsa, shu haqida so‘raydi. 
Bugun onajonim uni bog‘chaga borish uchun 
kiyintirayotgan edilar. «Men mana bu ko‘ylagimni 
kiyaman», - deb yozgi ko‘ylagini ushlab rosa 
xarxasha qildi. Onajonim: «Hozir kunlar sal­
qin bo‘lib qoldi, uni yozda kiyasan. Bu ko‘ylak 
yupqa, hozir qalinroq ko‘ylak kiyish kerak», -
dedilar. Singlim esa: «Nega yupqa?», «Nega 
kiyim kiyish kerak?», «Kiyimlar nega har xil?», 
«Nega men akamdek kiyinmayman?» - deb onamni


Q edurtm_uz
TARBIYA, 3-SINF Г Г Г
savollarga ko‘mib tashladi. Onam uning savollariga javob berish- 
dan charchadilarmi yoki mening bilimimni sinamoqchi bo‘ldilarmi, 
«Akangdan so‘ra», deb qoldilar. Shunda men singlimga: «Sen 
bog‘changga borib kelguningcha men kiyimlar haqidagi barcha 
savollaringga javob topib qo‘yaman», - dedim.
Men quyidagi ma’lumotlarni topdim. Siz yana nimalarni 
qo‘shimcha qila olasiz?
* * *
Kunlarning isib yoki sovib ketishi, turli 
hasharotlardan himoyalanish zarurligi 
sababli insonlar o'rtasida kiyim kiyish- 
ga ehtiyoj paydo bo'lgan.
Odamlar yer yuzining turli joylarida 
yashaganliklari uchun ularning 
kiyimlari o‘sha joyning iqlimiga mos 
bo‘lgan.
Poyabzallar esa keyinroq paydo 
bo‘lgan. Vaqt o'tgani sari odam­
lar kiyimlarini turli bezaklar bilan 
bezaganlar.
Kiyimlar ularga bo'lgan ehtiyoj- 
dan kelib chiqib paydo bo'lgan.
Shuning uchun ham yer yuzidagi 
har bir xalqning kiyimi turlicha va 
o'ziga xos.


Yüklə 376 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə