50
shartnomalarini imzolash to‘g‘risida qarorlar.
Muzokaralar
olib
borish
va
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalarini imzolash to‘g‘risida qarorlar O‘zbekiston Respublikasining boshqa
qonun hujjatlarida o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa:
1) O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan –
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
2) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan
tuziladigan shartnomalarga
nisbatan – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
3) O‘zbekiston Respublikasining idoralararo xalqaro shartnomalariga nisbatan –
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda ushbu
shartnomalar bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiradigan O‘zbekiston
Respublikasi davlat organlari rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
15-modda.
Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalarini imzolash uchun vakolat yorlig‘i.
Ushbu Qonunning 14-moddasiga muvofiq qabul
qilingan qarorlar asosida
muzokaralar o‘tkazish va xalqaro shartnomalarni imzolash uchun vakolatlar
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan vakolat yorlig‘i
rasmiylashtirish orqali tasdiqlanadi.
Vakolat yorlig‘ining shakli O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
tomonidan tasdiqlanadi.
16-modda.
Vakolatlarni tasdiqlamasdan muzokaralar olib borish va O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti xalqaro munosabatlarda davlat rahbari
sifatida O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi
hamda xalqaro huquq va
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq vakolatlarini tasdiqlamasdan
muzokaralar olib boradi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini
imzolaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlarini
tasdiqlamasdan xalqaro
munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi,
muzokaralar olib boradi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro
shartnomalarni imzolaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘z funksiyalari xususiyatiga
ko‘ra va xalqaro huquqqa muvofiq vakolatlarini tasdiqlamasdan
muzokaralar olib
borish hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolashga
haqli.
Chet eldagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining boshlig‘i
yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot yoki konferensiya qoshidagi
vakolatxonasining boshlig‘i qabul qiluvchi davlat bilan O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomasi matnini qabul qilish maqsadida
yoki shu xalqaro tashkilot,
konferensiya doirasida vakolatlarini tasdiqlamasdan muzokaralar olib borishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi davlat organining rahbari o‘z vakolati doirasida
vakolatlarini tasdiqlamasdan muzokaralar olib borish va idoralararo xalqaro
shartnomalarni imzolashga haqli
8
.
8
http://lex.uz, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami