O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti



Yüklə 2,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/136
tarix24.12.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#160683
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136
khjfthsgdffgkudxxc

Sug‘urta himoyasi-
Sug‘urta himoyasi favqulotda, ko‘zda to‘tilmagan 
ofatlardan himoya qilishni muhim shartlaridan hisoblanadi. Qadim zamonlardan 
shaharlar tashkil etilganda hujumlardan himoya qilish uchun devorlar qurilgan 


39 
va sug‘urta himoyasi ham bo‘lgan. Bu moddiy jihatdan sug‘urta fondidir. 
Sug‘urta himoyasi faqat fond emas, balki yetkazilgan zararlarni qoplash bilan 
bog‘langan taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlarini o‘zida 
mujassamlashtiradi. Bu munosabatlar Respublika, shahar, tuman miqyosidagi 
obektlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararlardan himoyalashni ko‘zda tutadi. 
Bunday himoyalash aholiga tegishli mulklarni har xil sug‘urta hodisalaridan 
asrashga yordam beradi. Bunday himoyalash sug‘urtaning oldini olish 
funksiyasida o‘z ifodasini topadi.
Sug‘urta manfaatdorligi-
Sug‘urta masalalari bilan shug‘ullanish unga 
nisbatan manfaatdorlikdan boshlanadi. Ishlab chiqarishni xavf-xatardan holi 
emasligi sababli sug‘urtalash masalalariga qiziqish boshlanadi, chunki sug‘urta 
obekti zararlanganidan sug‘urtalanuvchiga zarar summasi beriladi. Bu summa 
sug‘urta qoplamasi deb ataladi. Sug‘urtalanuvchi zarar ko‘rganda uni qoplash 
uchun sug‘urtalovchidan sug‘urta summasini olishdan manfaatdor bo‘ladi.
Sug‘urta javobgarligi-
Sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchining qonunda 
yoki shartnomada ko‘zda tutilgan javobgarligi, o‘z zimmasiga olgan 
majburiyatlari, vazifalari. Agar ko‘rsatilgan hodisalaridan biri sodir bo‘lsa, u 
holda sug‘urta organlari o‘z zimmasiga olgan majburiyat asosida sug‘urta 
qoplamasi to‘laydi. Masalan, hayotni aralash sug‘urtasida 3 xil sug‘urta 
javobgarligi belgilangan. Shulardan biri shartnomada ko‘zda tutilgan yoshga 
yetish; ikkinchisi, baxtsiz hodisalardan birining sodir bo‘lishi natijasida 
sog‘ligini yo‘qotishi; uchinchisi, vafot etish hodisasidir. Bu hodisalaridan biri 
sodir bo‘lsa, sug‘urta tashkiloti sug‘urta qoplamasini to‘lash uchun javobgar 
hisoblanadi, shuni aytish kerakki, davlat sug‘urta tashkilotlari tomonidan ko‘zda 
tutilgan 
javobgarlik 
xususiy 
sug‘urta tashkilotlarida ko‘zda tutilgan 
javobgarlikdan farq qiladi. Bundan tashqari har bir sug‘urta tashkiloti 
sug‘urtaning har bir xili bo‘yicha o‘z javobgarligini o‘zi belgilaydi.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə