Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


-rasm. Virusni (rasmni pastida, о ‘ng tomonda) hujayra membranalari



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

83-rasm. Virusni (rasmni pastida, о ‘ng tomonda) hujayra membranalari
bilan о 'zaro ta ’sirga kirishishi.
Virusni hujayraga kirishini asosiy bosqichi, virusni hujayra 
plazmalemmasi bilan qo‘shilishidir. Bu jarayon virusni sirtida
140


joylashgan, nordon muhitda faollashadigan gidrofob oqsillar ishtirokida 
amalga oshadi. 
Mana shu tabiiy hodisaning original mexanizmini
yangi kompozit materiallar yaratishda ishlatish mumkinmi? 
- degan 
savol tugMladi. Bu savolga javobni birinchi boMib, Germaniyaning 
Leypsig shahridagi biofizika va virusologiya instituti olimlari javob 
berdilar. Buning uchun, ular qavatma-qavat sintez usuli yordamida 
ko‘pqavatli polielektrolit yaratdilar. Uning ustiga xuddi plazmalemmani 
qo‘shqavatiga o‘xshagan lipidli qo'shqavat shakllantirdilar. Bu lipidli 
qo‘shqavat lipidli pufakchalardan shakllantirilgan b oiib, ular ko‘p 
qavatli elektrolitlar ustiga cho'ktirilgan.
Tadqiqotchilar bu kompozit materialni virus bilan «yuqtirilgan» 
inkubatsiya qilingan nordon muhitga joylashtirganlar. Keyin kompozit 
materialni suv bilan yuvib tashlaganlar. Bu tadbir lipidli qo‘shqavatga 
kirmasdan qolgan, viruslami chiqarib tashlash maqsadida amalga 
oshirilgan. Qo‘shqavatga kirib olgan viruslar, unda yetarli darajada 
mustahkam ushlanib qolingan: ular yuvilganda ham, nordon sharoitni 
neytral sharoitga almashtirganda ham qo‘shqavatdan chiqib ketmagan.
Natijada, olimlar biologik xossalarini nazorat etib turish imkoni 
bo‘lgan kompozit materiallar olishga erishganlar. Har xil viruslar va 
polielektrolitlar ishlatib, ulami tavsifmi o‘zgartirish mumkin. Mana 
shunga o‘xshagan kompozit nanomateriallami muhim tavsifi, ulami tirik 
sistemalar bilan xohishdan tashqarida bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini 
minimumga keltirganligidir. Mana shunday vimslar «yuqtirilgan» 
kompozit nanomateriallar virusga spetsifik bo‘lgan antitanalar uchun 
diagnostik 
sensorlar 
tayyorlashda 
hamda 
boshqa 
biomeditsina 
maqsadlarida ishlatilsa boMadi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə