Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Nanolitografiya 
(nanobosma) 
-> 
katta 
miqdorda 
biologik 
membrana olish usuli; «siyoh» sifatida, lipidlar ishlatiladi. Ular atom- 
kuchga ega mikroskoplar yordamida shishaga yoki kremniyli 
plastinkaga surtilib chiqiladi.
Nanosomalar - (mitsellalar) 
- juda mayda dumaloq pufakchalar 
bo'lib, lipidlardan tashkil topgan, ammo liposomalardan farqli o‘laroq, 
ular ichki bo‘shliqqa ega bo‘lmaydi; nanosomalar tashqi muhitdan bir 
qavatli lipidli devorlar bilan ajratilgan.
Nanotrubkalar 
-
lipid-oqsilli 
strukturalar: 
tubulin 
deb 
yuritiladigan, globulyar oqsil bo‘lib, nanotrubkalami o‘zagini hosil 
qiladi va lipidli qo‘shqavat bilan qoplanadi; halqalar yoki zanjir bilan 
o'rab olinadi.
Membranasiz organoidlar 
- tarkibida elementar biologik 
membranalar saqlamagan organoidlar.
Periferik membranali oqsillar 
- lipidli qo‘shqavatni tashqi va 
ichki sirtidan joy olgan oqsillar.
Plazmalemma (hujayra membranasi) 
- sitoplazmani atrof- 
muhitdan ajratib turadigan, hujayrani struktura elementi.
Tilakoidlar 
- xloroplastlami ichki membranalaridagi o'simtalar, 
bosilgan (mustahkamlangan) sistemalar shaklida bo‘ladi; tilakoidlar 
o'ziga xos boMgan dastalar ko‘rinishida (bir-birini ustiga qo‘yilgan 
tangalarga o'xshagan) joylashadi va ulami granlar 
deb 
yuritiladi.
142


Tubulin 
- globulyar oqsil. U o‘z-o‘zidan yig‘ilish yo‘li bilan 
mikrotrubkalar (hujayrani membranasiz organoidi) hosil qiladi.
Elementar biologik membrana 
- barcha biologik membranalar 
uchun universal nom. Uning asosini lipidlami ikki molekular qavati 
tashkil qiladi (lipidli qo‘shqavat). Uni ikki tomonida va ichida oqsil 
joylashadi. Plazmalemma va hujayrani membranali organoidlarini hosil 
qiladi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə