Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Vazifalar
1-vazifa. 
Quyida keltirilgan «eukariot hujayralami tuzilish 
sxemasi» ni daftaringizga chizib oling. Rasmda ko‘rsatilgan raqamlar 
bilan belgilanadigan hujayra organoidlarining nomlarini yozib chiqing. 
Membranali organoidlaming nomlarini alohida ajratib keltiring. 
Membranali 
organoidlardan 
va 
strukturalardan 
qaysi 
birlari 
nanobiotexnologiyalarda ishlatilishini ko‘rsating. Sizning fikringizcha, 
yana qaysi organoidlar nanotexnologlar uchun qiziqish uyg‘otadi? 
Javoblaringizni asoslab bering.
144


2-vazifa. Quyida keltirilgan plazmalemmani tuzilish sxemasini 
daftaringizga yozib oling. Sxemada harflar bilan belgilangan, plazma- 
lemma hosil qiluvchi strukturalami nomlarini yozib chiqing. Oqsillami 
modifikatsiyasi natijasida, qanday strukturalar hosil bo‘lganligini 
ko‘rsating. Plazmalemmani tashqi sirti qaysi joyda joylashganligini 
aniqlang va ulami belgilab chiqing. Plazmalemmani tashqi sirti bilan 
ichki sirtini taqqoslang va ular orasidagi farqni tushuntirib bering. 
Plazmalemmani tashqi sirti o‘zgarib, ichki sirtga o‘xshab qolganida, uni 
(plazmalemmani) funksiyasi qanday o‘zgarishini tushuntirib bering.
3-vazifa. Elementar biologik membranani sxemasini daftaringizga 
chizib oling. Rasmda quyidagi strukturalami belgilab chiqing: yarim 
integral oqsil; transmembranali oqsil; sirtqi oqsil; lipidlarni gidrofil 
(polyar) boshchalari; lipid molekulaiarini gidrofob (nopolyar) dumlari. 
Ko‘rsatilgan oqsillardan qaysi birlari moddalarni hujayra (biologik) 
membranalari orqali transport qilish vazifasini bajaradi?


4-vazifa. 
Quyida keltirilgan rasmdan foydalanib, liposomalar va 
nanosomalami (mitsellalar) qiyosiy xarakteristikasi bo‘yicha jadvalni 
to‘ldiring. Lipid molekulalarini qaysi qismi tashqi muhitga (ichki bo‘sh- 
liqqa) qaragan? Lipidlami molekulalarini mana shunday orientatsiyasi 
bilan ular shakllangan muhit orasida aloqa bormi? Nanokonstruk- 
turalardan qaysilari (liposomalar yoki mitsellalar) moddalami hujayraga 
yo'naltirilgan transport qilishda kengroq ishlatiladi? Javobingizni 
tushuntirib bering.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə