Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


Moddalami hujayra ichiga kiritish



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Moddalami hujayra ichiga kiritish. 
Hozirgi vaqtda bakteriyalarga 
dorivor moddalar va genlami hujayraga yo‘naltirilgan holda yetkazib 
berish uchun ideal transport vositasi sifatida qaralmoqda.
Bakteriyalami qaysi xususiyatlari bu sohada faoliyat ko‘rsatib
kelayotgan mutaxassislarni e’tiborini tortgan? 
Eng aw alo, bakte­
riyalar tirik hujayraga yengil kirib borish xususiyatiga ega. Qizig‘i shun- 
daki, hujayraga dori-darmon, gormon, DNK yetkazib berib, shu jarayon­
lami bajarishda, hattoki nishon-hujayrani shikastlantirmaydi ham.
Nanotexnologiyada genni manzilga yetkazib berish usulidan 
foydalaniladi va bu usul 
«genii terapiya» 
deb nom olgan. Yetkazib 
berilgan gen hujayra yadrosiga kelib tushganidan va o‘zini faoliyatini 
boshlagandan keyin, hujayra o‘zi uchun zamr bo‘lgan oqsil (ferment) 
ishlab chiqaradi. Hosil bo‘lgan bu yangi oqsil, modda almashinuvini 
m e’yorga keltiradi va irsiy kasalliklarni namoyon bo‘lishini minumimga 
tushiradi.
Qanday qilib bakteriyalar hujayraga yetkazib berilishi lozim
boMgan genlami «o‘ziga ortib oladi»? 
Buning uchun, maxsus 
tayyorlangan, oMchami 40-200 nm ga teng boMgan nanoboMakchalardan 
foydalaniladi. Keyin ular genlar (DNK molekulasini fragmentlari) bilan 
ulanadi. Maxsus bogMovchi molekulalar yordamida, genga bogMangan 
nanoboMakchalar bakteriyalami sirtiga qotirib qo'yiladi (85-rasm).
2. Nanotexnologiyalarda bakteriyalardan foydalanish
85-rasm. Sirtiga «foydali yuk» qotirilgan bakteriyalaming ko‘rinishi.


Bitta bakteriyani sirtiga yuzlab nanobo* lakchalar joylashtirish 
mumkin. Mana shu xususiyatdan foydalanib, diagnostika vositalarini 
dorivor moddalar bilan birga bakteriyalarga «yuklash» mumkin bo‘ladi. 
Bunday hollarda, dori yetkazilgan organni (hujayrani) holatini kuzatib 
borish imkoni tug‘iladi.
Gen yoki dorivor moddani o‘ziga «ortib olgan» bakteriya hujayra 
plazmalemmasi bilan aloqaga kirganda, membrana bakteriyani o‘rab 
oladi va bakteriya pufakchasimon membranaga o‘ralgan ko'rinishda, 
hujayraga mustahkam bog‘lanib oladi. Keyin bu pufakcha hujayraga 
kiradi. M a’lum vaqt o‘tgandan keyin, bakteriya pufakchani membra- 
nasini parchalaydi va foydali yuk bilan hujayra sitoplazmasini ichiga 
kirib oladi. Yetkazilgan yuk dorivor modda sifatida o ‘z ta’sirini 
boshlaydi. Agar DNK bo‘ lakchalari (genlar) kiritilgan bo* Isa, ular 
hujayra yadrosiga kirganlaridan keyin, ma’lum vaqt o‘tgach, o‘z 
faolligini namoyish eta boshlaydi.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə