Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

Vazifalar
1-vazifa. 
Keltirilgan sxemani daftaringizga chizib chiqing:
1) - rasm tagiga sxemada aks ettirilgan jarayonni nomini yozib 
chiqing;
2) - rasm sxemadagi Sizga tanish bo‘lgan strukturalami belgilab 
chiqing (kimyoviy birikmalar).
101


Rasmda aks ettirilgan jarayonga tirik organizmlami qanday 
fundamental xossalari asoslanadi?
2-vazifa.
Quyida keltirilgan DNK replikatsiyasi (autoreplikatsiya) 
bosqichlarini amalga oshirish tartibiga mos ravishda yozib chiqing: 
RNK - zatravkani sintezi; DNK molekulasini tarqalishi va uni ikki 
polinukleotid zanjirga ajralishi; 
Okazaki fragmentlarini yagona 
polinukleotid zanjirga tikilishi;
3-vazifa.
Pastda keltirilgan rasmda qanday ikki jarayon sxematik 
ravishda 
izohlangan? Har bir jarayonni bosqichlarini yozib chiqing. 
Har ikki jarayonni bosqichlarini bir-biri bilan taqqoslab chiqing. Har bir 
jarayonni oxirgi bosqichida hosil bo‘ladigan molekulalar orasidagi 
prinsipial farqni yoritib bering. Rasmni chap tomonida keltirilgan sxema 
asosida XX asrda molekular biologiyada qanday yangilik yaratilgan?
4-vazifa. 
Ba’zi bir viruslar (retroviruslar) irsiy material sifatida 
DNK emas, RNK molekulalarini saqlaydilar. DNK molekulasi o‘z- 
o‘zidan ko‘paya olmaydi. Qanday qilib tabiat retroviruslami «ko‘payish 
muammosini» yechgan? 
Retroviruslami «ko‘payish muammosini 
o‘zingizcha yechish variantlarini keltiring (retrovirus qaytma revertaza 
fermentini saqlaydi). Bu ferment teskari transkripsiya - DNK sintezini 
kataliz qilinadi, bu reaksiyada matritsa rolini RNK bajaradi (teskari 
traskripsiya sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan).
102


5-vazifa. 3.1. bo‘limdagi materialni qayta o‘qib chiqing. Ikki 
biologik hodisani taqqoslang: DNK ni o‘z-o‘zidan ikkilanishi va 
gibridizatsiyasi. Har ikkala hodisa asosida yotgan jarayonlami analiz 
qilib chiqing. Bu jarayonlarda DNK molekulasi qanday holatda bo‘ladi? 
04qazilgan qiyosiy analiz natijalaridan foydalanib, quyida keltirilgan 
jadvalni to‘ldiring? Siz taqqoslagan va analiz qilgan ikki biologik 
hodisaning o'xshashlik darajasiga o'zingizni bahoingizni bering.

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə