Pushkalar otilgandan keyin, kukunchalar o‘simlik hujayrasiga kirib
oladi. Otish markazida joylashgan hujayralar nobud bo‘ladi, ammo
markazdan 0,6-6,0 sm uzoqda joylashgan hujayralar vektorlarga kiritish
uchun juda qulay boMadi. Eng sodda va original «gen pushkasini»
rossiyalik olim R.K. Salayev ixtiro qilgan (71-rasm). Vektorlar
yopishtirilgan oltin sharchalar teflondan yasalgan pushkaga joylashtirib
otishga tayyorlanadi.
Otilgandan keyin o‘q stvoldan uchib chiqadi va nasadkani teshigida
ushlanib qoladi. Inersiya kuchi ta’sirida vektorlar yopishtirilgan oltin
sharchalar otilib chiqib, nasadkani (uchlik) oxiridan 10-15 sm uzoqlikda
turgan o'simlik hujayrasiga qarab uchadi. Hujayrani va uning yadrosini
teshib o‘tib, ular vektorlami o‘simlik hujayralari DNKsi molekulasiga
yetkazib beradi.
Dostları ilə paylaş: