Q davranov, B. Aliqulov nanobiotexnologiya


har xil moddalar bilan (substratlar) bogMa-



Yüklə 7,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/193
tarix25.12.2023
ölçüsü7,32 Mb.
#161042
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   193
Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya

har xil moddalar bilan (substratlar) bogMa-
nadigan va yangi murakkab strukturalar hosil qiladigan bakte­
riofaglar yaratilgan. 
Hozirgi vaqtda olimlar oltinga, platinaga, 
kumushga, rux oksidiga, arsenidgalliyga va boshqa noyob metallarga 
adgeziv (yopishuvchan) boMgan bakteriofaglar «biblioteka»sini yaratish 
ustida ishlamoqdalar. Mana shunday oqsillar va noorganik moddalami 
gibridlari asosida nanomashinalar va nanoelektronli qurilmalar yaratish 
uchun qiziqarli boMgan yangi nanomateriallar va nanokonstruksiyalar 
yaratish mumkin boMadi.
Tajribalami birida, olimlar bakteriofaglami ipsimon «yigMlishini» 
kuzatganlar. Ulami 
sirtlaridagi oqsillari rux sulfid bilan bogManib,
diametri 20 nm boMgan, uzun elektr o‘tkazuvchi nanoiplar hosil
qilishi kuzatilgan. 
Olingan strukturani 350°C gacha qizdirilganda 
bakteriofaglar chiqib, faqat nafis metalli iplar qolgan xolos.
Shunga o‘xshash yoM bilan organik va noorganik moddalardan 
boshqa original nanostrukturalar yaratish ham mumkin. Olimlami 
dastlabki tadqiqotlarida ishlatilgan bakteriofaglar, bor-yo‘gM 6 xil 
oqsillardan tashkil topgan, ulardan ikkitasi noorganik moddalar bilan 
bogMangan. Hozirgi vaqtda olimlar uchlamchi o‘tkazuvchi strukturalar 
olish 
maqsadida, 
yuqoridagi 
tajribalami 
oqsil 
tarkibi 
yanada 
murakkabroq boMgan bakteriofaglar bilan olib bormoqdalar.
6. Gen terapiya va gen targeting
Hozirgi vaqtgacha odamlarda 2000 dan ko‘proq irsiy kasalliklar 
borligi aniqlangan. Faqat ulami kichik bir qisminigina an’anaviy usullar 
yordamida davolasa boMadi.
Gen injeneriyasini irsiy kasalliklarni davolashda qanday imko-
niyatlari bor? 
Gen injeneriyasi usullaridan tibbiyotda foydalanishni 
asoslash bo‘yicha ishlar, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida 30-35 yillar 
davomida olib borilayotganligiga qaramasdan, bu sohada erishilgan 
yutuqlar unchalik darajada qoniqarli emas. Eng aw alo, bu ushbu 
muammoning o‘ta qiyinligi bilan bogMiq. Faqat bitta genda nuqson 
(defekt) paydo boMishidan kelib chiqqan kasalliklarni davolashda 
tuzukroq natijalarga erishilgan. Bunday holatda, 

Yüklə 7,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə