1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


-rasm. MEK xalqaro tashkilotining tashkiliy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

1.3.2.2-rasm. MEK xalqaro tashkilotining tashkiliy
 
tuzilmasi 


21 
-rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta‘min etish va ularni zarur 
texnik vositalari bilan ta‘minlashda ilmiy-texnikaviy yordamlashish; 
-metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun-
qoidalarini belgilash.
MOZMning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi Xalqaro 
konferensiyasi hisoblanib, u har to‗rt yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiya 
tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining ma‘ruzalarini 
tasdiqlaydi, budjet masalalarini muhokama qiladi.
MOZMning rasmiy tili - fransuz tilidir.
Sifat bo‗yicha Yevropa tashkiloti (YeOK) 
Sifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YeOKK (Yevropeyskaya organizatsiya 
po kontrolyu kachestva) uning birinchi konferensiyasi 1957 yilda chaqirilgan bo‗lib
uni nizomi ham tasdiqlandi.
Sinov laboratoriyalarining akkreditlash bo‗yicha Xalqaro konferensiyasi (ILAK) 
ISO va MEK ishlab chiqqan xalqaro qoidalarga asosan laboratoriyalarni 
akkreditlashdan maqsad sinov laboratoriyalarni aniq sinovlar yoki aniq tur sinovlari 
(ISO/MEK Rukovodstvo 2. 86) o‗tkazishga huquq berishdan iborat.
1.4 Hududiy standartlashtirish tashkilotlari va xorijiy mamlakatlarda 
standartlashtirish 
Milliy idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish, savdoda texnik to‗siqlarni 
bartaraf etish uchun 1992 – yilda MDH mamlakatlarining (Boltiq bo‗yi 
mamlakatlaridan tashqari) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
bo‗yicha Davlatlararo kengashi (DAK) tuzildi. 
MDH mamlakatlari hukumatlarining boshliqlari 13 mart 1992 –yilda 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosatni 
olib borish to‗g‗risida Bitimga imzo chekdi. 
Bu 
Hamkorlik 
davlatlarining 
standartlashtirish, 
metrologiya 
va 
sertifikatlashtirish bo‗yicha milliy idoralarning imkoniyatlarini va boyliklarini 
birlashtirishga, ilgari to‗plangan tajribalar va me‘yoriy hujjatlardan birgalikda 
foydalanish va ularni takomillashtirishga, shuningdek faoliyatning bu sohalarida 
yagona texnik siyosatni amalga oshirishga imkon berdi. DAK ning standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish masalalari bo‗yicha muvofiqlashtiruvchi idora 
sifatida ishlari MDH da quyidagilarni ta‘minlashga qaratilgan: 


22 

yagona me‘yoriy baza – davlatlararo standartlar, tasniflagichlar va boshqa 
me‘yoriy hujjatlarni qo‗llanish va rivojlantirish; 

yagona etalon baza va o‗lchashlar birliligini ta‘minlash tizimlarini shu 
jumladan, vaqt va chastotalar, moddalar va materiallarning tarkibi va xossalariga oid 
standart ma‘lumotnoma ma‘lumotlari davlatlararo xizmatlarini shakllantirish; 

mahsulot va xizmatlarni sinash va sertifikatlashtirish natijalarini o‗zaro tan 
olish. 
DAK ning texnik siyosati a‘zo-davlatlarning standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish bo‗yicha milliy idoralari, ilmiy-texnikaviy komissiyalari (ishchi 
guruhlari) va standartlashtirish bo‗yicha davlatlararo TQ tomonidan shakllantiriladi. 
DAK faoliyatining asosiy yo‗nalishlari bo‗yicha ilmiy-texnikaviy komissiyalar 
yoki ishchi guruhlar, vaqt va chastotaning bir xil o‗lchanishini ta‘minlash bo‗yicha 
hamkorlik to‗g‗risida hukumatlararo Bitimni bajarish bo‗yicha vakolatli vakillarining 
Kengashi, shuningdek standartlashtirish bo‗yicha 230 dan ortiq davlatlararo TQ 
doimiy ishlamoqda. Xozirgi vaqtda Kengashning ishchi idorasi Minskda joylashgan 
standartlashtirish bo‗yicha Byurodan iborat. Kengashni rotatsiya asosida DAK a‘zo-
mamlakatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‗yicha 
milliy idoralarining rahbarlari boshqaradi. 
Kengash davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
sohasida qator hukumatlararo bitimlarni tayyorladi va bular MDH mamlakatlari 
hukumat boshliqlarining majlislarida qabul qilingan. Bunday bitimlar jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan 
siyosatni o‗tkazish to‗g‗risida Bitim (13.06.1992, Moskva); 

Vaqt va chastotani o‗lchash birxilligini ta‘minlash bo‗yicha hamkorlik 
to‗g‗risida Bitim (09.10.1992, Bishkek); 

Qiyoslash va metrologik attestatlash maqsadida chegaradan olib o‗tiladigan 
me‘yoriy hujjatlar, etalonlar, o‗lchash vositalari va standart namunalarni olib o‗tishga 
bojxona to‗lovlari, soliqlardan va maxsus ruxsatnomalarni berishdan ozod qilish 
to‗g‗risida Bitim (10.02.1995, Almati); 

O‗zaro yetkazib beriladigan mahsulotga mehnat muhofazasi bo‗yicha 
kelishilgan me‘yorlar va talablarni ishlab chiqish va rioya qilish tartibi to‗g‗risida 
Bitim (12.04.1996, Moskva); 

Erkin savdo hududida texnik to‗siqlar bo‗yicha Bitim (20.06.2000, Moskva); 


23 

MDH davlatlarida sayohat sohasida davlatlararo standartlarni va 
sertifikatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‗yicha Konsepsiya. 
MDH mamlakatlarida amaldagi texnik qonunlarni uyg‗unlashtirish maqsadida 
DAK da model qonunlar ishlab chiqilgan: 

―Standartlashtirish to‗g‗risida‖ (Parlamentlararo assambleyaning (PAA) 10-
yalpi majlisida qabul qilingan); 

―O‗lchashlar birliligini ta‘minlash to‗g‗risida‖ (MDH PAA ning 11 –yalpi 
majlisida qabul qiligan). 
DAK doirasida quyidagi bitimlar tuzilgan va bajarilmoqda: 

Sertifikatlashtirish bo‗yicha ishlarni o‗tkazish va o‗zaro tan olish prinsiplari 
to‗g‗risida (04.06.1992, Krasnodar); 

Davlat sinovlari va xilini tasdiqlash, metrologik attestatlash, o‗lchash 
vositalarini qiyoslash va kalibrlash natijalarini, shuningdek sinovlarni, o‗lchash 
vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyalarini akkreditlash natijalarini o‗zaro 
tan olish to‗g‗risida (06.10.1992, Toshkent); 

Moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalarini 
yaratish va qo‗llanish bo‗yicha hamkorlik to‗g‗risida (06.10.1992, Toshkent); 

Moddalar va materiallarning fizik konstantalari va xossalari to‗g‗risida 
ma‘lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish bo‗yicha hamkorlik to‗g‗risida 
(06.10.1992, Dushanbe); 

DAK standartlashtirish bo‗yicha xalqaro tashkilotlar (ISO, MEK) va 
Yevropa Ittifoqi (SEN) standartlashtirish bo‗yicha tashkiloti, standartlashtirish 
bo‗yicha hududiy tashkilot tomonidan tan olingan va unga ISO va MEK da qabul 
qilingan qoidalarga muvofiq ―Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
bo‗yicha Yevro-Osiyo tashkiloti (EASC) nomi berilgan. Yuqoridagi nomi keltirilgan 
tashkilotlar bilan hamkorlik, axborot va me‘yoriy hujjatlar bilan almashinish va 
o‗tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish to‗g‗risida uzoq muddatli kelishuvlar 
imzolangan. 
EASC imzolangan kelishuv (bitimlar) ga asosan xalqaro va yevropa 
standartlarini davlatlararo standartlar orqali, EASC ning alohida a‘zo-mamlakatlari 
esa, milliy standartlar orqali qo‗llanish huquqiga ega. Bu davlatlararo va milliy 
standartlarni ham xalqaro, ham yevropa standartlari bilan yuqori darajada 
uyg‗unlashtirishga yordam beradi. Bunday huquqdan EASC ning a‘zo-davlatlari, bu 
tashkilotlarda a‘zolik statusidan qat‘iy nazar, foydalanadi. 


24 
Xozirgi vaqtda MDH davlatlararo standartlarining jamg‗armasida 19000 dan 
ortiq me‘yoriy hujjatlar bor. 1992 – yildan boshlab 3800 dan ortiq davlatlararo 
me‘yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan va qabul qilingan. Jamg‗arma DAK ning 
standartlashtirish bo‗yicha Byurosi tomonidan, DAK a‘zo-davlatlarning milliy 
idoralari bilan hamkorlikda olib boriladi. 
Davlatlararo me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ularning talablari xalqaro, 
hududiy va ilg‗or milliy standartlar bilan uyg‗unlashtiriladi. Bu MDH 
mamlakatlarining savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikda texnik to‗siqlarni 
bartaraf etishga yo‗naltirilgan yagona me‘yoriy-texnik ta‘minotni saqlash uchun 
sharoit yaratadi, shuningdek DAK a‘zo-davlatlarda ishlab chiqariladigan mahsulotni 
xalqaro va yevropa bozoriga chiqarishga ko‗maklashadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə