45
Odatda xalqaro, mintaqaviy, milliy standartlashtirish idoralari mavjud.
Xalqaro standartlashtirish faoliyatida barcha mamlakatlarning tegishli idoralari
erkin holda ishtirok etish mumkin.
Mintaqaviy standartlashtirish deganda dunyo miqyosida birgina jug‗rofiy yoki
iqtisodiy mintaqasiga qarashli mamlakatlarning tegishli idoralari uchun erkin holda
ishtirok etishlari mumkin bo‗lgan standartlashtirish tushuniladi.
Milliy standartlashtirish – bu muayyan bir mamlakat doirasida o‗tkaziladigan
standartlashtirish faoliyatidir.
Standartlashtirish har xil faoliyat turlari va uning natijalariga daxldor qoidalar,
umumiy qonun-qoidalar yoki tavsiflarni o‗zida qamrab olgan me‘yoriy hujjat
hisoblanadi.
Me‘yoriy hujjat – atamasi standartlar, texnikaviy shartlar, shuningdek umumiy
ko‗rsatmalar, yo‗riqnomalar va qoidalar tushunchasini ham o‗z ichiga qamrab oladi.
Standartlashtirish maqsadlari ko‗p qirrali bo‗lib, ular asosan quyidagilardan
iborat: birxillashtirish (har xillikni boshqarish), qo‗llanishlilik, moslashuvchanlik,
o‗zaroalmashuvchanlik, sog‗liqni saqlash, xavfsizlikni ta‘minlash, tashqi muhitni
asrash, mahsulotni himoyalash, o‗zaro tushunishlikka erishish, savdodagi iqtisodiy
ko‗rsatkichlarni yaxshilash va boshqalar. Bir maqsadning amalga oshishida bir
vaqtda boshqa maqsadlarning ham amalga oshishi mumkin.
Xalqaro
Hududiy
Milliy
Korxona darajasi
Dostları ilə paylaş: