1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Texnikaviy shartlarning tuzilishi, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi O’zDst



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

Texnikaviy shartlarning tuzilishi, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi O’zDst 
1.2-2000 - talablariga xos bo‘lishi kerak. 
Texnikaviy shartlarning amal qilish muddatini uzaytirish, cheklash va cheklovni 
bekor qilish haqidagi qaror texnikaviy shartlarni tasdiqlagan idora tomonidan mazkur 
texnikaviy shartlarning amal qilish muddati tugashidan kamida 3 oy muqaddam qabul 
qilinishi kerak.
Texnikaviy shartlar mazkur texnikaviy shartlar o‗rniga boshqa me‘yoriy hujjat 
ishlab chiqilayotgan yoki uni qo‗llanishi bundan buyon maqsadga muvofiq bo‗lmay 
qolganda yoki mahsulotni ishlab chiqarish to‗xtatilganda bekor qilinadi. Texnikaviy 
shartlarni tasdiqlagan idora ularni bekor qiladi. 

Agar mahsulotni buyurtmachi (istemolchi)ning roziligi bilan ishlab 
chiqarish mumkin bo‘lsa, quyidagi hollarda texnikaviy shartlar ishlab 
chiqilmasligiga yo‘l qo‘yiladi: 
1. Texnikaviy topshiriqqa binoan - bir dona ishlab chiqariladigan mahsulot 
uchun; 
2. Buyum hujjatlarining jumlasiga kiradigan konstruktorlik hujjatlariga binoan 
ushbu buyumning tarkibiy qismlari uchun; 


107 
3. Texnikaviy xujjatlar bo‗yicha - bitta korxona to‗g‗ridan-to‗g‗ri bergan 
buyurtma bo‗yicha tayyorlanadigan. 
4. Etalon - namuna va uning texnikaviy bayoni bo‗yicha-iste‘mol xususiyatlari 
mahsulot sifatiga xos ko‗rsatkichlarning miqdor qiymatini belgilamay bevosita 
namuna bilan aniqlanadigan yoki bu ko‗rsatkichlar qiymati bir turdagi mahsulotlar 
guruhi uchun Rossiya Federasiyasi standartlari bilan belgilangan ashyoviy xalq, 
iste‘mol buyumlari (murakkab ro‗zg‗orbop texnika va maishiy kimyo mahsulotidan 
tashqari) uchun; 
5. Shartnoma bo‗yicha – faqatgina xorijga mo‗ljallangan mahsulot uchun
belgilaniladi. 
4.2.1 Texnikaviy shartlarning loyihalarini tasdiqlash usullari 
Yangidan ishlab chiqilayotgan, qayta ko‗rib chiqilayotgan texnikaviy shartlar va 
ularga doir o‗zgartirishlar kelishib olinishi lozim. 
Agar mahsulotni ishlab chiqarishga yo‗l qo‗yish haqidagi qarorni qabul 
komissiyasi qabul qilgan bo‗lsa, texnikaviy shartlar loyihalarini mazkur komissiyada 
kelishib olish lozim bo‗ladi. 
Mahsulotni ishlab chiqaruvchi texnikaviy shartlarni buyurtmachi bilan kelishib 
oladi, hamda qabul komissiyasida kelishib olinishi lozim bo‗lgan boshqa hujjatlar 
bilan birga uni qabul komissiyasi ish boshlashidan kamida bir oy avval qabul 
komissiyasi tarkibiga vakillari kiritilgan tashkilot (korxona)ga yuboriladi. 
Texnikaviy shartlar loyihasini kelishib olish uchun davlat nazorati idoralariga va 
xulosa berishi uchun boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborish zarur yoki zarur 
emasligini loyihani ishlab chiquvchi belgilaydi. 
Mahsulotning tajriba namunasini qabul etish haqidagi aktning qabul komissiyasi 
a‘zolari tomonidan imzolanishi texnikaviy shartlar loyihasi kelishib olinganini 
bildiradi. 
Agar mahsulotni ishlab chiqarishga yo‗l qo‗yish haqidagi qaror qabul 
komissiyasi ishtirokisiz qabul qilinsa, texnikaviy shartlar loyihasini kelishib olish 
uchun buyurtmachiga yuboriladi. 
Texnikaviy shartlar loyihasini boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborish zarur 
yoki zarur emasligi texnikaviy shartlar loyihasida o‗sha tashkilotlarga ta‘lluqli 
talablar bo‗lgan taqdirda loyihani ishlab chiquvchi belgilaydi. 
Texnikaviy shartlar loyihasi kelishib olinishi lozim bo‗lgan barcha tashkilotlarga 
ayni bir vaqtda yuborilishi lozim. 


108 
Kelishib olish yoki xulosa uchun taqdim etilgan texnikaviy shartlar loyihasi 
tashkiloti berilgandan keyin 15 kun ichida ko‗rib chiqilishi kerak. 
Texnikaviy shartlar loyihasi kelishib olingan kelishuvchi tashkilot rahbarining 
«kelishildi» yozuvi yoki alohida xujjat (qabul komissiyasining akti, xati, bayonnoma 
va h.k.) ostiga qo‗yadigan imzosi bilan rasmiylashtiriladi, shu bilan birga 
«Kelishildi» grafi ostiga sana va hujjat raqami yozib qo‗yiladi. 
Texnikaviy shartlarga doir o‗zgartirishlar texnikaviy shartlar uchun belgilangan
tartibda kelishiladi. Texnikaviy shartlarga doir o‗zgartirishlarni, agar bu o‗zgarishlar 
texnikaviy shartlarni kelishib olgan tashkilotlarning manfaatlariga dahl qilmasa, faqat 
buyurtmachi (iste‘molchi) bilan kelishiladi. 
Texnikaviy shartlarning amal qilish muddati cheklanishini bekor qilish muddati 
tugashidan kamida 6 oy muqaddam tasdiqlanmog‗i kerak. 
Ishlab chiqarilishi to‗xtatilgan mahsulotning texnikaviy shartlarini bekor 
qilmaslikka, balki ulardan ishlatilayotgan mahsulotning ehtiyot qismlarini tayyorlash 
va tuzatish uchun foydalanishga yo‗l qo‗yiladi. Shu bilan birga texnikaviy shartlar 
nomi yozilgan varaqqa «Tuzatish maqsadlari uchun» deb yozib, amal qilish muddati 
cheklovi bekor qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə