1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

 
4.2.2
 
Texnikaviy shartlar loyihasini tasdiqlash 
Texnikaviy shartlar ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi)ning buyurtmachi bilan 
kelishuviga muvofiq yoki ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) tomonidan buyurtmachi 
bilan birgalikda, yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi. 
Texnikaviy shartlar texnika qo‗mitasi raisi yoki ishlab chiquvchi rahbariyati 
imzolangan ilova xati, texnikaviy shartlar kelishilganini tasdiqlovchi hujjatlar, qabul 
komissiyasi bayonnomalari, davlat sinovlar va boshqa sinov aktlari, texnologiya 
yo‗riqnomasi yoki ishlab chiqarish qoidalari oziq-ovqat va kimyo sanoati 
mahsulotlariga bilan birga taqdim etiladi. 
Texnikaviy shartlarni tasdiqlash hujjatning titul varag‗idagi «Tasdiqlayman» 
grafigi ostiga korxona rahbari (rahbar o‗rinbosari) qo‗yadigan imzo bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Texnikaviy shartlarga doir o‗zgartirishlarni (texnikaviy hujjatlar komplektini 
topshirish haqida shartnomada boshqa shart qo‗yilmagan bo‗lsa) texnikaviy shartlar 
asl nusxasini saqlovchi tasdiqlaydi. 


109 
Texnikaviy shartlar buyurtmachi (asosiy iste‘molchi) bilan kelishib amal qilish 
muddati ko‗pi bilan 5 yilga tasdiqlanadi. Asoslanilgan taqdirda amal qilish muddati 
cheklanmaydi. 
Texnikaviy shartlar «TSh» indeksidan, O‗zbekiston Respublikasining 
qisqartarilgan nomi «O‗z» dan, texnikaviy shartlarni tasdiqlaydigan tashkilotning 
shartli raqami ifodasidan, texnikaviy shartlar tartib raqamidan va tasdiqlanish yilning 
2 oxirgi raqamlaridan iborat bo‗ladi. 
4.2.3
Texnikaviy shartlarni davlat ro„o„yxatidan o„tkazish 
Mazkur standartga muvofiq kelishib olingan va tasdiqlangan texnikaviy shartlar 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazish uchun texnikaviy shartlarni tasdiqlagan korxona 
joylashgan hudud bo‗yicha texnikaviy shartlar davlatlararo standartlarning va 
O‗zbekiston Respublikasi standartlarining majburiy talablariga muvofiq yoki 
muvofiq emasligini nazorat qilish maqsadida, hamda texnikaviy shartlar xususida 
markazlashgan axborot vujudga keltirish maqsadida standartlashtirish, metrologiya 
va sertifikatlashtirish O‗zbekiston Respublikasi markazi (O‗zstandart Agentligi)ga 
taqdim etiladi. 
Texnikaviy shartlarga doir o‗zgartishlar O‗zstandart Agentligi idoralarida 
texnikaviy hujjatlar asl nusxasini saqlovchi korxona joylashgan hudud bo‗yicha 
ro‗yxatga olinadi. 
Texnikaviy shartlarga doir o‗zgartirishlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish uchun 
texnikaviy shartlardan ko‗chirma unga bundan avval kiritilgan o‗zgartirishlar bilan 
taqdim etiladi. 
Ishlab chiquvchi korxonalar texnikaviy shartlarni (ularga doir o‗zgartirishlarni) 
tasdiqlangan paytida kechi bilan bir oy ichida davlat ro‗yxatidan o‗tkazish uchun: 
Texnikaviy shartlarni ishlab chiquvchi yoki asl nusxasini saqlovchi korxona 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgani haqidagi ma‘lumotlarni asl nusxa varag‗iga o‗tkazadi. 
Quyidagi mahsulotlarning texnikaviy shartlari davlat ro‗yxatidan o‗tkazilmaydi: 
-tajriba namunalari (tajriba turkumlari); 
-estalik sovg‗alari va xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari (qimmatbaho 
metallar va toshlardan yasalgan buyumlar bundan mustasno); 
-xom ashyo, materiallar, xomaki mahsulotlarning texnologiya sanoat 
chiqitlari, mustaqil ravishda yetkazib berilishi mo‗ljallanmagan yoki bitta 


110 
korxonaning bevosita buyurtmasi bo‗yicha tayyorlanadigan buyumlar, xomaki 
mahsulotlar, moddalar va ashyolarning tarkibiy qismlari; 
-alohida birlik yoki arzimagan bir to‗p tarzida har zamonda ehtiyoj 
tug‗ilganda ishlab chiqariladigan texnologik jihatdan qurollanish vositalari, o‗lchash 
vositalari bilan sinash vositalari bundan mustasnodir; 
-onda-sonda ishlab chiqariladigan mahsulot. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə