1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

 
 
5.2.3 Shtrix kodlash, uning xususiyatlari va qo„llanilishi 
Shtrix kod – raqamlar, harflar, belgilar to‗g‗risida kompyuterga tez va aniq 
informatsiya kiritish uchun har xil qalinlikdagi ketma-ket joylashgan shtrixlar va 
oraliqlar ko‗rinishidagi kodlash tizimi bo‗lib, u optik tarzda ko‗ndalang skanerlash 
yo‗li bilan o‗qiladi. 
Shtrix kodlash – ma‘lumotlarni avtomatik tarzda yig‗ish va identifikatsiya qilish 
texnologiyasi va u informatsiyani ma‘lum bir qoidalar bo‗yicha o‗rnatilgan forma, 
o‗rnatilgan kattalikda, rangda qaytarish qobilyati, elemenlar kombinatsiyasi 
formalashtirilgan shakilda yozishga asoslangan. 
Shtrix kodlashning huquqiy asoslari. Shtrix kodlashning huquqiy asoslari bo‗lib, 
1999 yilda O‗zbekiston Respublikasida shtrix kodlashni kiritish bo‗yicha ikkita qaror 
qabul qilingan: 
1) O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi 21 aprel 1999 yil 
№ 188 «O‗zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan mahsulotlarni shtrix kodlash va 
sertifikatsiyaga tayyorlash to‗yg‗risidagi choralar», tovarlarni sertifikatsiyaga 
tayyorlash va mahsulotlarni shtrix kodlash bo‗yicha kompleks tadbirlar rejasi 
tasdiqlangan. 
Tadbirlar rejasi qo‗ydagilarni belgilangan.
- Ekspertga ishlab chiqilgan tovarlvrni shtrix kolash bo‗yicha ishlarni tugatish; 
- O‗zbekiston Respublikasi xududida shtrix kodlash tizimini ishlatilishini 
ta‘minlash uchun kerak bo‗lgan me‘yoriy xujjatlar, metodik qo‗llanmalar 
komplektini ishlab chiqish; 
- O‗zdavstandart qoshidagi tekshiruv va malaka oshirish instituda (Uz IIPK) 
shtrix kodlar orgenal – maketlarini ishlab chiqish bo‗yicha markazni tashkil etish va 
uni kerakli uskunalar bilan butlash; 
- «O‗zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan mahsulot, tovarlarni maxjburiy 
shtrix kodlash to‗g‗risidagi» o‗rnatilgan tartibda kelishilgan formoish loyxasini 
tayyorlash va vazirlar mahkamasiga kiritish; 
O‗zdavstandart buyrug‗iga asosan O‗zIIPKda shtrix kodlash markazi tashkil 
etildi va uning nizomi tasdiqlandi. O‗zIIPKda 1999 yil aprel oyidan boshlab shtrix 


132 
kodlash markazi o‗z faoliyatini boshlagan va u kerakli uskuna va programmalar bilan 
taminlangan. Shtrix kodlash tizimi faoliyati ko‗rsatishi uchun o‗rnatilgan 
muddatlarda kerkli me‘yoriy xujjatlar ishlab chiqilgan. 
2) O‗zbek mahsulotlari ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, 
mahsulot ishlab chiqaruvchini xalqaro tovar raqamlashtirish tizimida identifikatsiya 
qilish, site‘molchi huquqini himoya qilish, tovarlarni ishlab chiqarishni avtomatik 
hisobga olish maqsadida, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
1999 yil 1 sentabrda «O‗zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan tovarlarga shtrix 
kodlashni kiritish» to‗g‗risidagi № 438 sonli farmoyishi qabul qilingan. 
Farmoishda quyidagilar ko‗zda tutilgan: 
O‗zbekiston Respublikasining tovar ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar palatasi 
qoshida tovarlar va mahsulotlarni identifikatsiya qilish markazi «EAN O‗zbekiston» 
yaratish va bu bilan mahsulotni shtrix kodlashtiriladigan tadbirkorlik faoliyati 
ko‗rsatadigan sub‘ektlarini registatsiya qilish va xalqaro talablarga muvofiq 
identifikatsiya tizimidan foydalanuvchilar faoliyatini metodik boshqarish va 
O‗zdavstandart tomonidan shtrixkodlar maketini yaratish. 
Shtrix kodlashni kiritish bo‗yicha O‗zdavstandart vazifasi. O‗zbekiston 
Respublikasidagi tovarlvrni shtrix kodlash to‗g‗risidagi formoyishlarga asosan 
O‗zdavstandart zimmasiga quyidagilar yuklangan: 
-O‗zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni shtrix kodlash 
tizimini kiritish bo‗yicha yagona siyosat olib borish; 
-O‗zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan tovarlarni davlat shtrix kodlar 
reestriga kiritish; 
-O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muofiq shtrix kodlash tizimini 
qo‗llash tartibini belgilab beruvchi me‘yoriy xujjatlar va metodik qo‗llanmalarni 
ishlab chiqarish; 
-Xo‗jalik sub‘ektlarni shtrix kodlar orginal maketlari bilan ta‘minlash. 
Shtrix kodlashni kiritish bo‗yicha me‘yoriy asoslar. Shtrix kodlashtirish faoliyat 
ko‗rsatishi uchun quyidagi me‘yoriy xujjatlar ishlab chiqarilgan. 
1. O‘z DSt 6. 17. 01 Davlat standartida shtrix kodlash tizimining asosiy 
nizomlari, termin va tavsiyalari, kodlashtirish ob‘ektlarni kodlashtirish bo‗yicha 
umumiy prinsplari o‗rnatilgan va bu yerda quyidagilar qayt etilgan; 
-O‗zbekiston Respublikasini shtrix kodlash tizimi ishlab chiqarilgan va EAN 
xalqaro tovar raqamlashtirish tizimi doirasida faoliyat ko‗rsatadi va informatsiya 


133 
almashinuvi uchun milliy va xalqaro kodlash tizimini yagona tilda bir – biri bilan 
bog‗lashini ta‘minlaydi; 
-Shtrix kod bilan kodlashtiriladigan ob‘eklar (raqamlar, harflar, mahsuz belgilar) 
shtrix va oraliq ko‗rinishida yoziladi; 
-Avtomatik 
identifikatsiya 
markazi 
– «EAN O‗zbekiston» predmet 
raqamlashtirish asossatsiyasining umumiy metodik boshqaruvini amalga oshiradi. 
O‗z standartning shtrix kodlash markazi esa O‗zbekiston Respublikasida shtrix 
kodlash bo‗yicha ishlarni bajarish va koordinatsiya qilishni amalgaoshiradi. 
2. O‘z DSt 6. 17/ 03 Davlat standarti quyidagi tartibni o‗rnatadi; 
-EAN shtrix kodlash xalqaro tizimdan foydalaniuvchi va EAN shtrix kodi 
simvoli bilan mahsulotni markalashtiruvchi korxonalarni registratsiya qilish; 
-korxonaga EAN kodini berish; 
-har bir xil tovar uchun EAN kodini yaratish; 
-shtrix kodlarning orgenal – maketini ishlab chiqish va uning sifatini nazorat 
qilish; 
EAN kodlarini qayta ko‗rib chiqish va bekor qilish;
3. O‘z DSt 6. 17. 05 Davlat standarti iste‘mol tovarlarning upokovkasi va 
tarasida EAN shtrix kod simvollari va ko‗rinadigan EAN belgilarni joylashtirish 
bo‗yicha qoidalarga umumiy talablarni belgilab beradi, standartda terminlarga 
tavsilotlar va iste‘mol mahsulotlariva shuninngdek transport upakovkalarida shtrix 
kod simvollarini joylashtirish misollari berilgan. 
Shtrix kodning xususiyati. Rasmda EAN – 13 iste‘molchi tovarning shtrix kod 
simvolikasi keltirilgan (1-rasm). 


134 
Ma‘lumotni kodlashtirish uchun simvollar, shtrixlar va oraliqlarning ma‘lum bir 
joylashish kengligi ishlatilgan. 
Rasmli sonning har bir qismi yoki ma‘lumotning har bir turi kodlashtirilishi 
shtrix kod shaklida yozilishi mumkin (Masalan, buyurtma soni yoki tovar 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə