Pilik tayyorlashning maqsadi va mohiyati. Piliklash mashinalarining turlari



Yüklə 37,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü37,85 Kb.
#180360
1   2   3
6-laboratoriya-1

 
 
1-ta`minlash qurilmasi
2-cho’zish asbobi; 
3-buram taqsimlagich; 
4-rogulka; 
5-g’altakli karetka; 
6-g’altakni o’rnatish moslamasi; 
7-g’altakning harakat uzatmasi; 
8-g’altakli karetkaning harakat uzatmasi 
Zinser 668 piliklash mashinasining texnologik sxemasi.
 
Ishchi organlarga xarakat uzatishni o’rganishda, mashinaning kompyuter 
yordamida boshqarilishining o’ziga xos jixatlariga e`tibor qaratiladi. Mashinani 
yurgazish va to’xtatish tartibi bilan tanishiladi. dastlab cho’zish asbobiga, so’ngra 
rogulkalarga, g’altaklarga va karetkaga harakat uzatilishi o’rganiladi. Mavjud 
almashinuvchi elementlarning vazifasi va qayta shaylashda ularni tanlash shartlari 
aniqlanadi.
 
Cho’zish asbobi va ta`minlash 
qurilmasiga xarakat uzatish 
1-servomotor M31/32/B31, 
2,3-tishli shkivlar, 
4,5,7,8-shesternyalar, 
6-umumiy cho’zish konstantasini o’zgartiruvchi 
shesternya, 
9,10,11,12,13,14-ta`minlash qurilmasi harakat 
uzatmasining charxlar, 
AUW-chiqaruvchi tsilindr, 
MUW-oraliq tsilindr, 
EUW-ta`minlovchi tsilindr, 
NW-umumiy cho’zishni o’zgartiruvchi 
shesternya, 
NV- dastlabki cho’zishni o’zgartiruvchi 
shesternya, 
WV-dastlabki cho’zish konstantasini 
o’zgartiruvchi shesternya 



 
Rogulkalarning harakat uzatmasi
1-elektrodvigatel, 2-tishli tasma,
3-rogulkalarning tishli tasmasi, 4-oraliq 
ustun, 5-rogulka, 6-ustki karetka, 7-tishli 
shkiv, 8-tishli tasma
 
1-tishli tasma, 2- qo’shni rogulkalarga 
xarakat uzatuvchi tishli shkivlar 
 
a) 
b) 
G’altaklarning harakat uzatmasi 
a)
1-tishli shkiv, 2-g’altak, 
3-yetaklovchi (povodok) 
b) 1-tishli tasma, 2-yetaklovchi (povodok) 
 
G’altakli karetkaning harakat uzatmasi 
1-dvigatel, 2-reduktor, 3-g’altakli karetkani 
yurituvchi val, 4-biriktiruvchi mufti, 
5-karetkani ko’taruvchi shesternya,6-tishli 
reyka, 
7-yo’naltiruvchi, 8-konsolli tutgich, 9-konsollar
Piliklash mashinasining ta`minlash qurilmasini o’rganishda yo’naltiruvchi 
vallar, pilta 
ajratkichlar, pilta tugaganda 
va uzilganda avtoto’xtatish 
elementlarining vazifalariga e`tibor qaratiladi. talabalar ta`minlash qurilmasi 
parametrlarini (eni, balandligi) o’zgartirish imkoniyatlari bilan tanishadi. 
ta`minlash qurilmasining piltani yashirin cho’zilishini kamaytirishga xizmat 
qiluvchi konstruktiv jihatlari aniqlanadi. 


 
Piliklash mashinasining ta`minlash qurilmasi 
1-piltali tazlarning birinchi guruhi, 2-piltali tazlarning ikkinchi guruhi, 3-ta`minlash 
qurilmasining ustuni, 4-olti qirrali yo’naltiruvchi vallar, 5-pilta ajratkichlar, 6-fotorele (pilta 
tugashi va uzilishini sezuvchi), 7-kronshteyn 
Cho’zish asboblarini o’rganishdan oldin ularning vazifalari va cho’zish 
yuqoriligining ahamiyati tahlil etiladi. Tsilindrlar stoykasi, ularni brusga 
o’rnatilishi, podshipniklar, tsilindrlar stoykasida podshipniklarni siljitish 
imkoniyati va zarurati ko’rib chiqiladi. Tsilindrlarning tuzilishi, riflyasi, ularning 
o’zgaruvchan qadami, tsilindrlar diametri alohida tsilindr zvenolarini biriktirish 
usullari o’rganiladi. Yuklovchi valiklarning tuzilishi ularga qoyilgan talablar, 
hamda tsilindrlar va valiklar orasidagi razvodkani o’rnatish usullari tahlil etiladi. 
Yuklovchi valiklarni yuklash tizimi va yuk miqdorini o’zgartirish imkoniyatlari 
aniqlanadi.
Zinser 668 piliklash mashinasi cho’zish asbobi 
sxemasi 
I - chiqaruvchi cho’zish juftligi
II - oraliq cho’zish juftligi; 
III - ta`minlovchi cho’zish juftligi; 
А - dastlabki cho’zish zonasi; 
V – asosiy cho’zish zonasi;
 
Ustki valiklarni yuklash 
richagi sxemasi 
1-mahkamlovchi vintlar;
2- valiklar orasidagi razvodkani
rostlovchi vint
Pishitish mexanizmini o’rganishdan oldin cho’zish asbobidan chiqayotgan 
tolali tutamchaga buram berishning zarurati tahlil qilinadi. Pishitishga ta`sir 
etuvchi omillar ko’rib chiqiladi, so’ngra pishitishda ishtirok etuvchi detallar 
o’rganiladi (cho’zish asbobining oldingi juftligi, buram taqsimlagich, ustki karetka, 


urchuq, rogulka). Rogulkaning ikkala shohi (ishchi va muvozanatlovchi) 
taqqoslanib, lapkaning vazifasi va tuzilishi (vertikal va gorizontal qismlari) 
o’rganiladi. Rogulkaga qoyilgan talablar aniqlanadi (muvozanatlanganligi, 
tayyorlanish sifati, ishchi sirtining sayqallanganligi). Turli buram taqsimlagich va 
pishitish zonasiga (dastlabki va asosiy) alohida e`tibor qaratiladi. Buram 
taqsimlagich - chiqaruvchi juftlik zonasidagi dastlabki pishitilish (buram 
taqsimlagichning riflyalari ta`sirida hosil qilinadigan) o’rganiladi. Shuningdek
buram taqsimlagich-rogulka zonasidagi asosiy pishitilish (rogulkaning ishchi shohi 
elkasi hosil qilinadigan) ga e`tibor qaratiladi.
Piliklash mashinasining pishitish 
mexanizmi 
1- cho’zish asbobining oldingi juftligi; 
2- buram taqsimlagich; 3- ustki karetka; 
4- urchuq; 5- rogulka; 6- rogulka lapkasi
Talabalar buram taqsimlagichlarni tola turiga va pilikning chiziqiy zichligiga 
qarab tanlash qoidalari bilan tanishadi. Pilikning bir hil pishitilish burchagini va bir 
hil tarangligini ta`minlovchi ikkinchi qator rogulkalarining buram taqsimlagichlari 
o’rnatilish darajasiga e`tibor qaratiladi.

Yüklə 37,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə