faoliyatining yangi pritsipi-abstraktsiyalash
va bu bilan birga, oldingi tizimning
behisob signashtarini umumlashtirish vujudga keladiki, bunda ham o`z navbatida
ana shu umumlashtirilgan yangi signallar tag`in analiz va sintez qilinaveradi.
Fikr yuritishning umumlashtirish operatsiyasi har xil asoslarga ko`ra turlarga
bo`lib o`rganiladi.
Umumlashtirish
Mazmuniga ko`ra
Elementar
Empirik
Tushunchali
Nazariy
Fikrning yo`nalishiga ko`ra
►
Xususiydan umumiyga
►-
Umumiydan xususiyga
►
---
►
Yakkadan umumiyga
va undan xususiyga
Umumiydan xususiyga
va o`sha umumiydan
yanada umumiyga
Kamrok umumiydan
yanada umumiyga
Yagona
umumiy
holatdan yanada
umumiyroqqa
Umumlashtirishni mazmuniga ko`ra tushunchali umumlashtirish va yaqqol-
ko`rgazmali yoki elementar umumlashtirish turiga ajratish qabul qilingan.
Tushunchali umumlashtirish orqali ob’ektiv qonuniyatlarni muhim belgilari
bo`yicha birlashtirish amalga oshiriladi. Bunda muhim belgilar
umumlashtirilib, ob’ektiv qonuniyatlarni ochish mumkin bo`ladi. Yaqkol-
ko`rgazmali umumlashtirishda narsa va hodisalar tashqi hamda yakqol
belgilari bo`yicha umumlashtiriladi.
95
Konkretlashtirish. Umumiy, mavhum belgi va xususiyatlarni yakka, yolg`iz
ob’ektlarga tatbiq qilish bilan ifodalanadigan fikr yuritish operatsiyasi insonning
barcha faoliyatlarida aktiv ishtirok etadi. Voqelik qanchalik konkret (yaqqol)
shaklda ifodalansa, inson uni shunchalik oson anglab yetadi. O’zining genetik
qilib chiqishiga qaraganda, kishilar dastavval tevarak-atrofni
konkret belgilariga
asoslanib, konkret holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib, tasavvur
qilish imkoniyatiga ega bo`lganlar. Shu boisdan to hozirgi kunga qadar
konkretlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo`lib hisoblanadi.
Chunki konkret voqelik kishini aqliy zo`r berishlikdan, irodaviy tanglikdan va
stress holatdan xolis qiladi. Shuning uchun bo`lsa kerak, odam eng murakkab
qonun hamda tushunchalarni konkretlik darajasiga aylantirishga harakat qiladi.
Masalan, inson «qiymat» tushunchasini konkretlashtirib «odamning qadr-
qimmati», «tovarning qiymati» shaklida konkretlashtiradi va hokazo.
Psixologiya fanida mazkur fikr yuritish operatsiyasiga quyidagicha ta’rif
beriladi: Konkretlashtirish hodisalarni ichki bog`lanish va munosabatlardan qat’i
nazar, bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir.
Psixologlar tadqiqotlarining ko`rsatishiga qaraganda, konkretlashtirish
odatda ikki xil vazifani (funktsiyani) bajaradi. Dastlabki funktsiyasiga taalluqli
ko`pgina misollarni keltirish bilan uning psixologik mexanizmini ko`rsatishiga
harakat qilamiz. Masalan, o`quvchilar «qora» degan so`zni ishlatgan paytlaridan
ko`z
oldida bitum, chaqich, asfalьt kabi qora rangdagi narsalar va hayvonlarni
gavdalantirishlari mumkin. Shuningdek, ular «xarakat» degan iborani ishlatsalar,
odamni, mashinani, hayvonlarni suv va samolyot kabilarni tasavvur qila oladilar.
Keyinchalik esa harakat tushunchasining ko`lami kengayib boradi, biologik,
ijtimoiy va hokazo harakatlarni nazarda tutadi.
Konkretlashtirishning ikkinchi funktsiyasi quyidagi misollarda o`zining
yorkin ifodasini topadi. Masalan, kishilar ketmon, belkurak, panshahani
dehkonchilik
asboblariga; igna, bigiz, angishvona va tikuv mashiiasini tikuv
asboblariga; lola, atirgul, binafsha, bulьdanejni gulga; daftar, ruchka, chizg`ichni
o`quv qurollariga kiritiladilar. Demak, bu misollarda konkretlashtirish
operatsiyasi umumiy va yakka belgilari kam bo`lgan umumiylikni ochishda
namoyon bo`ladi. Umuman konkretlashtirish abstraktsiyalashni kontrast xolati
bo`lib, inson bilish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Klassifikatsiyalash. Insonning bilish faoliyatida muhim rolь o`ynovchi fikr
yuritish operatsiyalaridan biri klassifikatsiyalash xisoblanadi. Bir turkum ichidagi
narsalarning bir-biriga o`xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq
qilishiga qarab, narsalarii turkumlarga ajratish tizimi klassifikatsiya deb ataladi.
Fan olamida buyuk hissa bo`lib qo`shilgan D. I. Mendeleevning «Elementlarning
davriy tizimi» jadvali klassifikatsiya uchuts yorqin misoldir. Bunda olim
elementlarni atom og`irligi ortib borishiga, kimyovim sifatlarining
bir tipligiga va
boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan.
Fanda narsa va hodisalarning tabiatni ifodalovchi muayyai belgi (alomat)
asosida qilingan klassifikatsiya deb atash qabul qilingan. Tabiiy klassifikatsiyaga
zoologiya fanidagi hayvonlar klassifikatsiyasi (sudralib yuruvchilar, sut
96
emizuvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar, parrandalar, qushlar va hokazo),
botanikadagi o`simliklar klassifikatsiyasi (bir yillik, ko`p yillik, butalar, daraxtlar,
o`tlar, ildizdan ko`payuvchilar, igna barglilar, tikanli o`simliklar, dukkaklilar,
poliz o`simliklari va boshqalar) kabi qator misollarni keltirib o`tish mumkin.
Mabodo klassifikatsiya asos kilib olingan belgi narsa va hodisalarning tabiatini
ifodalamasa, bunday klassifikatsiya sun’iy klassifikatsiya deb ataladi. Ijtimoiy
hayotimizda klassifikatsiyaning mazkur turi doimi qo`llanib turadi. Masalan,
kutubxonadagi kitoblar mazmuniga, shakliga, noyobligi va shunga o`xshash
belgilarga qarab tokchalar va peshtoqchalarga teriladi. O’quvchilarning alifbe
tartibi bilan tuzilpsh ro`yxati yoki
xususiyatlari, jinsiy belgilari, ulgurishlarini,
qiziqishlarini nazarda tutib turkumlarga ajratish ham sun’iy klassifikatsiyalashga
misol bo`la oladi.
Lekin ijtimoiy turmushda va fan olamida oddiy klassifikatsiyalash holatidan
tez-tez foydalaniladi. Jumladan, adabiyot, tarix, geografiya, psixologiya-
gumanitar fanlari: falsafa, iqtisod, huquq, pedagogika, tarix, ijtimoiy fanlar:
matematika, fizika, biologiya, kimyo, tabiiy-matematik tsikldagi fanlar. Xuddi
shuningdek, asosga suyanib psixologiya sohalari ham klassifikatsiya qilinadi.
Injenerlik, aviatsiya,
kosmos psixologiyasi, mehnat psixologiyasi,
patopsixologiya, oligofrenopsixologiya, surdopsixologiya, tiflopsixologiya-
maxsus psixologiya; bolalar, o`smirlar, o`spirinlar, katta yoshdagilar
psixologiyasi, gerantopsixologiya-yosh davrlary psixologiyasi; sud ishi
psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitentsiar psixologiyasi, yuridik
psixologiya va boshqalar. Psixologiya fanida psixik holatlar, bilish
jarayonlari,
shaxsning individual tipologik xususiyatlari ham klassifikatsiya kilinadi. Aks
ettirish xarakteriga va retseptorlarning o`rniga qarab, sezgilar uch gruppaga
bo`linadi: eksterotseptiv sezgilar, interotseptiv sezgilar, propriotseptiv sezgilar.
Klassik bo`linishga binoan sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi: ko`rish,
eshitish, taktil, maza, hid, organik, harakat va hokazo.
Maktab ta’lim tizimida murakkab bilimlar qulayroq yo`l bilan o`zlashtirish
uchun klassifikatsiya operatsiyasidan keng ko`lamda foydalaniladi. Masalan, ot,
sifat, fe’l, son-so`z turkumlari; ibtidoiy jamoa, quldorchilik, feodalizm,
kapitalizm, ijtimoiyizm-kishilik formatsiyalari; proza, poeziya, drama, komediya,
tragediya, adabiy janrlar; briz, musson, passat-shamollar va boshqalar.
Shunday qilib, klassifikatsiya biz tekshiradigan ob’ektlarning muayyan
tartibini topishda, o`rganishimizda zarur bo`lgan narsa va hodisalarni yaxlit
holda tekshirishimizda, o`zlashtirmoqchi bo`lgan
materiallarni puxta esda
qoldirishimizda muhim rolь o`ynaydi.
Sistemalashtirish. Fikr ob’ektiv hisoblangan narsa va hodisalarni zamon
(vaqt), makon (fazo) va mantiqiy jihatdan ma’lum tartibda joylashtirishdan
iborat fikr yuritish operatsiyasi bilimlarni o`zlashtirishda, ko`nikma va
malakalarni tartibga solishda muhim rolь o`ynaydi. Odatda, sistemalashtirish
operatsiyasi yordamida narsa va hodisalar, faktlar, fikrlar va ob’ektlar
makondagi, vaqtdagi egallagan o`rniga qarab yoki mantiqiy joylashtiriladi.
Shuning uchun tizimga solish makoniy (fazoviy) xronologik belgi va
97