«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va


-jadval  «Davlat tashqi ishlari » missiyasi asosiy ajratmalarining tavsifi



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/38
tarix24.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#84683
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
UMIRQULOVA NILUFAR BAXODIR QIZI - FRANSIYADA DAVLAT BYUDJETI BYUDJET TIZIMI VA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH

 

3-jadval 



«Davlat tashqi ishlari » missiyasi asosiy ajratmalarining tavsifi

10

 

(million evroda) 

 

 

Dasturlar nomi 

 

Byudjet ajratmalari 

miqdori 

 

Ruxsat etilgan 

byudjet to’lovlari 

miqdori 

Dastur 


N°5. 

«Fransiyaning 

Evropa  va  butun  dunyodagi 

faoliyati» 

1459,0 

1417,9 


Dastur  N°185 .  « Ilmiy  va 

Madaniy yuksalish»  

518,7 

517,7 


Dastur 

N°151. 


«Xorijdagi 

frantsuzlar  va  Fransiyadagi 

xorijliklar» 

281,5 


281,5 

Dastur 


N°115. 

«Tashqi 


audiovizual» 

160,2 


160,2 

Missiyalar bo’yicha jami 

2419,3 

2377,2 

 

 Xarajatlarning  «turi»  bo’yicha,  ya’ni  har  bir  dasturning  ichidagi 



ajratmalarni  iqtisodiy  juhatdan  ma’lum  turkum  va  turlarga  bo’lib  guruhlashni 

nazarda  tutadi.  Bu  tur  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  xarajatlardan  tashqari 

umumiy  xarakterdagi  xarajat  turkumlari  va  turlaridan  tashkil  topgan. 

«MoliyaviyMe’yorlarBoshQonuni»  xarajatlarni  etti  guruh  va  o’n  sakkiz  turga 

ajratib guruhlashni ko’zda tutadi. 

I  guruh  –  davlat  hokimiyati  xarajatlari.  Bu  turkumga  kiruvchi  xarajatlar 

hech  bir  dasturga  va  samaradorlik  ko’rsatkichlariga  mos  kelmaydi.  Bunday 

xarajatlar  toifasiga  tabiiy  ofatlar  va  talofatlar  uchun  ajratmalar,  respublika 

Prezidenti,  Milliy  Assambleya  va  Senat,  Konstitutsiya  Kengashi,  Oliy  sud, 

Respublika sudi, Parlamentning faoliyati uchun sarflarni kiritish mumkin. 

II  guruh  –  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  xarajatlar,  bular  quyidagilardan 

                  

 

10

Eshnazarov T.Sh. O’zbekiston Respublikasida g’aznachilik tizimi asoslari. O’quv qo’llanma 



. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2012. –B.73. 

 



30 

 

iborat:  ish  haqi  va  mehnatni  rag’batlantirish;  moddiy  yordam  uchun  ajratmalar; 



boshqa ijtimoiy to’lovlar. 

  

IIIguruh – joriy xarajatlar. Ushbu xarajat turiga I guruh xarajatlaridan tashqari, 



tashkilotlar  o’z  faoliyatini  olib  borishi  uchun  zarur  bo’lgan  joriy  xarajatlar uchun 

ajratmalar va aholiga xizmat ko’rsatish yuzasidan subvensiyalar kiradi. 

IV  guruh  –  davlat  qarzlari  va  majburiyatlari  ya’ni  boshqa  moliyaviy 

majburiyatlar kiradi. 

V guruh – investitsiya xarajatlari, quyidagilarni o’z ichiga oladi: davlat moddiy 

aktivlari uchun xarajatlar; davlat nomoddiy aktivlari uchun xarajatlar. 

VI  guruh  –  davlatning  aralashuvi  xarajatlaridan  iborat:  uy  xo’jaliklariga, 

transfertlar; xususiy sektor tashkilotlariga transfertlar; hududiy jamoalarga transfertlar; 

boshqa jamoalarga transfertlar; davlat kafolatlari. 

VII guruh



 – 

moliyaviy operatsiyalar uchun xarajatlar, ya’ni qarz va avanslar.



 

Byudjetda  mablag’lar  byudjet  ajratmalari  (BA)  va  byudjet  to’lovlari  (BT) 

ko’rinishida  ifodalanganligi  uchun  byudjet  ajratmalarining  quyiga  qarab  o’tkazilishi 

ham byudjet ajratmasi va byudjet to’lovi tartibiga amal qiladi. Xulosa qilib aytganda, 

byudjet ajratmalari dastur rahbari tomonidan amalga oshiriladigan «Umumiy byudjet 

ajratmalarini  o’tkazish »  usuli  bilan  Dasturning  ishchi  smetalariga  mas’ul 

shaxslaro’rtasida  taqsimlanadi.  Ushbu  o’tkazmalar  smetada  ko’rsatilgan 

umumlashgan ajratmalarni asimmetrik tarzda harakatga keltirish maqsadida quyidagi 

ikkita  portfelga  ajratiladi.  Birinchisi-  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  xarajatlar 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə