ayrim viruslarda genetik modda sifatida keng tarqalgan. Uning hujayradagi asosiy
qismi yadro xromosomalarida, qisman sitoplazmada (0.1-0.2%) bo`ladi. Sitoplaz-
matik DNK yoki setelit (sayyor ) DNK yirik organoidlar – mitoxondriy,
23
xloroplast, kinetoplast (bir hujayrali organizmlarda) va boshqalarda uchraydi.
Lekin u plazmatik membranada ham juda oz miqdorda bo`lishi keyingi
tekshirishlarda aniqlangan. DNKning hujayradagi umumiy miqdori organizmning
evolyutsion pog`onada rivojlanganlik darajasiga bog`liq, ya’ni organizm qancha
sodda tuzilgan bo`lsa, ularda DNK miqdori oz, qncha murakkab tuzilgan bo`lsa,
aksincha, ko`p bo`ladi. Uning ayrim orgazmlar hujayrasidagi (xromosomalarning
gaploid to’plami bo`yicha) jadvalda keltirilgan. Lekin shuni eslab o`tish kerakki,
ayrim sodda tuzilgan qadimgi organizmlarda (masalan, ikki yoqlama nafas oluvchi
baliqlarda, amfibiyalarda) DNK miqdori sut emizuvchilardagiga nisbatan bir
necha marta ko`p bo`lishi aniqlangan .
1-jadval
Ayrim organizmlar hujayrasidagi DNK miqdori(gaploid to`plami bo`yicha )
Oganizmlar
DNK miqdori 10
-12
g
Ichak tayoqchasi(bakteriya)
Bulutlar
Kovakichlilar
Baliqlar
Amfibiyalar
Toshbaqalar
Qushlar
Ignatanlilar
Sut emizuvchilar
0.01
0.06
0.3
50
84
2.5
1.0-2.0
0.9
2.9-3.2
DNK ning o`rtacha miqdori ayni oraganizmning turli to`qimalari hujayrasida
deyarli bir xil. Faqat jinsiy hujayralarda somatik hujayralardagiga nisbatan ikki
marta kam bo’ladi (3-jadval). Masalan tovuq jigari hujayrasidagi DNK miqdori
2,6*10
-12
g,uning spermasida 1,3*10
-12
g. Uning hujayradagi miqdori tashqi
sharoitiga, organizmning oziqlanish darajasiga bog`liq emas.
Dostları ilə paylaş: