O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti


 Texnologik jarayonni xavfsiz olib borishning asosiy qoidalari



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/33
tarix15.05.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#87051
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
3.2. Texnologik jarayonni xavfsiz olib borishning asosiy qoidalari 

Texnologik  jarayonni  loyihalash,  tashkil  etish  va  amalga  oshirishda  kо‘zda 

tutiladigan xavfsizlik choralari. 

Quyidagilar kо‘zda tutilishi lozim: 




46 

 

-



 

xavfli  va  zararli  ta’sir  kо‘rsatadigan  boshlang‘ich  materiallar,  tayyor 

mahsulot  va  ishlab  chiqarish  chiqindilari  bilan  ishchilarning  bevosita  aloqasini 

bartaraf etish; 

-

 

xavfli  va  zararli  ishlab  chiqarish  faktorlarining  kelib  chiqishi  bilan  bog‘liq  



jarayon  va  operatsiyalarni  kо‘rsatilgan  faktorlar  bо‘lmagan  yoki  cheklangan  yо‘l 

qо‘yilgan  konsentratsiyalar  va  sathlardan  oshmagan    jarayon  va  operatsiyalarga 

almashtirish; 

-

 



xavfli  va  zararli  ishlab  chiqarish  omillari  mavjud  bо‘lganida,  kompleks 

mexanizatsiya,  avtomatlashtirish,  texnologik  jarayonlar  va  operatsiyalarni 

masofadan boshqarishni qо‘llash; 

-

 



jihozlarni zich yopish; 

-

 



ishchilarni himoyalash vositalarini qо‘llashi; 

-

 



texnologik jarayonni nazorat qilish va boshqarish tizimi; 

-

 



zararli  ishlab  chiqarish  omillarining  manbasi  bо‘lmish  chiqindilarni  о‘z 

vaqtida  yо‘qotish,  zararsizlantirish  va  kо‘mib  qо‘yish;  aylanma  suv  ta’minoti 

tizimidan foydalanish; 

-

 



xavfsizlik uchun   rangli signal va belgilarni ishlatish; 

-

 



hamisha  bir  xil,  gipodinamika,  haddan  tashqari  jismoniy  va  asab-jismoniy 

zо‘riqishlarning  oldini  olish  maqsadida  oqilona  mehnat  va  dam  olish  rejimlarini 

qо‘llash; 

-

 



tabiiy  kо‘rinishdagi  va  ob-havo  sharoitlaridan    kutilishi  mumkin  bо‘lgan 

salbiy ta’sirlardan himoya qilish. 

Texnologik jarayonni olib borishda xavfsizlikning umumiy talablari. 

1)  Qurilmani  ishga  tushirishdan  oldin  jihozlar  montajining  tо‘g‘riligi  va 

shuningdek  truboprovodlar,  armatura,  yerlantiruvchi  moslamalar,  NО‘V, 

kanalizatsiya,  yakka tartibdagi himoya  va  yong‘inni о‘chirish vositalarining  ishga 

yaroq liligini tekshirish lozim. 

2) Qurilmaning ishlash vaqtida NО‘V kо‘rsatuvlari orqasidan qattiq  kuzatish, 

apparatlarning о‘zida о‘rnatilgan mahalliy asboblar bilan taqqoslash lozim. 



47 

 

3)  Apparatlardagi  harorat  va  bosimning  о‘zgarishi,  bо‘lishi  mumkin  bо‘lgan 



deformatsiyalarni  ogohlantirish  uchun,  sekinlik  bilan  va  ravon  amalga  oshirilishi 

kerak. 


4) Qurilmadagi texnologik rejim ustidan qattiq kuzatmoq, parametrlar (bosim, 

harorat,  sarf,  sath  va  boshqalar)  о‘zgarishining  о‘rnatilgan  meyorlardan  oshishi 

yoki pasayishiga yо‘l qо‘ymaslik. 

5) Ishlamaydigan apaparatlar, jihozlar yoki truboprovodlarda surma klapanlarni 

ochiq  qoldirish man etiladi. 

6) Sxemadan о‘chirilgan apparatlar, jihozlar va truboprovodlar ta’mirdan oldin 

tozalangan bо‘lishi kerak. 

7)  Truboprovodlardagi  surma  klapanlar  va  jо‘mraklar  tizimli  tarzda 

ta’mirlanishi lozim. 

8)  Barcha  ta’mirlangan  apparatlar  va  qurilmaning  alohida  tugunlari  ishga 

tushirishdan oldin bosim orkali zich yopilganiga tekshiriladi. 

9)  Faqat  ishga  yaroqli  jihozda  ishlash  lozim.  Jihoz,  kommunikatsiya  yoki 

о‘lchov  va  rostlovchi  asboblarning  har  qanday  buzuqliklarida  yoki  normal 

ishlashining buzilishida darhol bu buzuqliklarni bartaraf etish choralari kо‘rilsin. 

10)  Truboprovodlar  va  jihozlar  izolyatsiyasining  neft  mahsulotlariga 

tо‘yinishiga yо‘l qо‘ymaslik. Tuyingan izolyatsiyani almashtirish lozim. 

11)  Amaldagi    jihozlarda  salniklar,  flanetsli  birikmalarni  bosimni  atmosfera 

bosimigacha tushirmasdan turib zichlashtirish man etiladi. 

12)  Kanalizatsiyaga  tо‘kiladigan  bо‘shatish  suvlarida  neft  mahsulotlarining 

miqdori о‘rnatilgan meyoridan yuqori bо‘lmasligi kerak. 

13)  Nasosli  stansiyalardan  foydalanilganda  nasoslar  va  truboprovodlarning 

zich  yopilganligi  ustidan  tizimli  ravishda  nazorat  bо‘lishi  lozim.  Neft 

mahsulotining  sirqib  tо‘kilishini  payqaganda  nasos  tо‘xtatilishi,  amaldagi 

kommunikatsiyalardan  о‘chirilishi,  ta’mirga  tayyorlanishi  lozim.  Nasoslarni  ular 

ishlaganda ta’mirlash man etiladi. 

14)  Ta’mirdan  yoki  montajdan  qabul  qilingan  jihozlar  qurilma  boshlig‘i  yoki 

mexanikning ruxsatisiz ishga tushirilmasin. 



48 

 

15) Harakatlanayotgan qismli mexanizmlarga xizmat kо‘rsatganda quyidagilar 



man etiladi: 

a)  ish vaqtida tо‘siq  orqasiga kirmoq ; 

b) himoyalovchi tо‘siqlar bо‘lmaganida yoki ularning buzuqligida ishlamoq; 

v) harakatlanayotgan qismlarni yо‘lda har qanday tuzatmoq yoki ta’mirlamoq ; 

g) о‘rnatilgan maxsus kiyimsiz ishlamoq . 

16)  Yuqori  xavfli  ishlarni  faqat  о‘rnatilgan  shaklda  yozma  holdagi  naryad-

ijozatga (ruxsat) muvofiq  bajarmoq . 

17)  О‘chirilmagan  va  tayyorlanmagan  jihozlarda  ta’mirlash  ishlari  olib 

borilmasin. 

18)  Begona  shaxslarni  ish  joyiga  va  korxonaning  amaldagi  obyektlariga 

qо‘ymaslik. 

19)  Lavozim  yо‘riqnomasida  kо‘rsatilgan  barcha  ishlarni,  xavfsizlik  texnikasi 

yо‘riq nomalariga rioya qilgan holda о‘z vaqtida va puxta bajarmoq . 

20)  Qurilma,  bino  va  inshootlar  maydoni  toza  holda  saqlanishi  kerak.  Axlat, 

ishlab  chiqarish  chiqindilari,  barglar  va  shu  kabilar,  tizimli  ravishda  teritoriyadan 

maxsus  ajratilgan  joylarga  chiqarilishi,  neft  mahsulotlarining  tо‘kilishiga  yо‘l 

qо‘ymaslik,  tо‘kilganida  esa  bu  joy  tozalangan  va  qum  bilan  sepilgan  bо‘lishi 

lozim. 


21)  Bino  va  inshootlarga  kirish  yо‘llarda,  ostonalarda,  zinapoya  qafaslari, 

о‘tish  joylari,  binodan  chiqish  joylarida  yong‘in  jihozlari,  yong‘in  gidrantlari, 

yong‘in  aloqasi  va  signalizatsiyasi  vositalariga  kirish  yо‘llari  va  ostonalarini 

tiqilinch qilishga yо‘l qо‘yilmasin. 

22) Ishlab chiqarish binolaridagi pollarni tozalikda saqlamoq. Ishlatilgan artish 

uchun ishlatiladigan materialni qopqoqli maxsus yashikka yig‘moq. 

23)  Qurilmalar  maydonidagi  ishlab  chiqarish  kanalizatsiyasi  kuzatish  quduq 

lari  qopqoqlarini  doimo  yopiq    holda  va 10  cm  dan  kam  bо‘lmagan  qum  qatlami 

bilan qoplangan va halqalangan holda saqlamoq. 



49 

 

24)  Pol,  devor,  mashinalar  va  jihozlar  detallarini  yengil  alanga  oluvchi  va 



yonuvchan  suyuqliklar  bilan  yuvish  ta’qiqlanadi.  Bu  maq  sadlarda  yong‘inga 

xavfsiz yuvish vositalari qо‘llanilishi kerak. 




Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə