O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti neft va gaz fakulteti


 Jarayonning о‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan xavfsizlik



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/33
tarix15.05.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#87051
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
3.3. Jarayonning о‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan xavfsizlik 

choralari 

1.

 



Vodorodning  havo  bilan  portlashga  xavfli  aralashmasining  hosil 

bо‘lishidan  saqlanish  uchun,  tizimga  tarkibida  vodorod  bо‘lgan  gazni  uzatishdan 

oldin uni inertli gaz bilan puflab tozalash lozim. 

2.

 



Tarkibida  vodorod  bо‘lgan  gazning  sirqib  chiqib  ketishiga  yо‘l 

qо‘yilmasin.  Apparatlar  va  truboprovodlarda  zichlashtirilmagan  joylarning 

borligida qurilmani avariyaga oid tо‘xtatish zarur (sex rahbariyati bilan kelishilgan 

holda). 


3.

 

Adsorbentlarni  SNG  adsorberiga  yuklagandan  sо‘ng,  hamda  GFQ   



(gazni  fraksiyalash  qurilmasi)  tizimidagi  istalgan  apparatlarni  ta’mirlagandan 

keyin, tizim, apparatlar, truboprovodlarning germetikligini inertli gaz bosimi ostida 

tekshirish lozim. 

4.

 



GFQ    apparaturasi  va  truboprovodlarini  ochish  faqatgina  inertli  gaz 

bilan  tozalash  va  bug‘latish  orqali  tarkibida  vodorod  bо‘lgan  gazni  butunlay 

ketkizgandan keyingina ruxsat etiladi. 

5.

 



Rezervdagi  nasoslarni  ishga  tushirishdan  oldin,  ularga  qaynoq    neft 

mahsulotini  doimiy  kiritish  yо‘li  bilan  dastlab  isitish  zarur.  Dastlab  isitmasdan 

turib, nasoslarni ishga solish ta’qiqlanadi. 

6.

 



Barcha  texnologik  parametrlar  nazoratining  blokirovkali  va  signalli 

moslamalari doimo ishga yaroqli holatda bо‘lishi kerak. 

7.

 

Gazli  nasoslarning  barcha  birikmalari  va  ularning  gaz  quvurlari  vaqti-



vaqti bilan germetiklikka sovunli eritma bilan tekshirilishi lozim. 

8.

 



Gazning  sirqib  chiqib  ketishi  sezilganida  nasos  tо‘xtatilishi  va  defekt 

bartaraf etilishi lozim. 

9.

 

Seksiyalardagi  ulovchi  naychalarning  zichlashtirilgan  joylaridan 



gazning  sirqib  chiqishida,  ventilyatorning  tо‘suvchi  qismlarining  nosozligida, 


50 

 

ventilyatorning  vibratsiyasida,  havoli  sovitish  apparatlaridan  foydalanish 



ta’qiqlanadi.  

10.


 

Qurilma  maydonida  ochiq    о‘tning  (gulxanlar,  mash’allar  va  boshqa 

isitish  va  yoritish  manbalari)  qо‘llanilishi  ta’qiqlanadi.  Muzlagan  truboprovodlar 

va  boshqa  jihozlarni  isitish  uchun  о‘tkir  suv  bug‘i  qо‘llanadi.  Yoritish  uchun 

portlashdan  himoyalangan  kо‘rinishdagi  statsionar  yoritgichlar  yoki  shu 

kо‘rinishdagi kо‘chma akkumulyatorli fonarlar qо‘llanadi. 

11.

 

Qishki  sharoitda  yonuvchi  gazli  va  suyuqlikli  truboprovodlarning 



barcha joylari va ayniqsa ularning boshi berk, suv muzlab qolishi ehtimoli bо‘lgan 

joylari isitilgan va ishonarli isituv bilan ta’minlangan bо‘lishi lozim. 

12.

 

Muzlagan  drenaj  jо‘mrakli  apparatlar  va  truboprovodlarni  ishga  solish 



man etiladi. 

13.


 

Qishki vaqtda о‘t о‘chirgichlarni isitiladigan xonalarda, biroq  isituvchi 

asboblarga  yaqin  bо‘lmagan  joylarda  saqlansin.  Kо‘pik  hosil  qiluvchi  harorati 

+5

0



S dan past bо‘lmagan xonada saqlansin. 

14.


 

Apparatura,  truboprovodlar  va  armaturalarning  muzlagan  qismlarini 

ochiq  о‘t yordamida isitish ta’qiqlanadi. Isitish faqat bug‘ yoki qaynoq suv bilan 

olib  borilishi  lozim.  Muzlatilgan  armaturani  ochish  uchun  uning  vayron 

bо‘lishining  oldini  olish  maqsadida  uzaytirgichlarni  (ilgaklarni)  qо‘llash 

ta’qiqlanadi. 




Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə