38
qismida Sh. A. Yazdiy shunday yozadi: “Podishohlikning
birga tomonlaridan
Temur haqidagi turkiy va forsiy tillarda bayon etilgan hikoyalarning hamma sheriy
hamda nasriy nusxalari to’planib bo’lingach, ular bilan tanishish uchun 3 ta guruh
tuzilgan , turkiy va forsiy tillarning bilimdonlari ikki guruhni voqealarni o’z
ko’zlari bilan ko’rganlar esa bir guruhni tashkil etgan. Dastlab Temur haqidagi xar
bir hikoya o’qilgan, agar u voqea bayoni o’z ko’zi bilan ko’rgan kishining talqiniga
to’g’ri kelmay qolsa, Ibrohim Sulton haqiqatni topish
uchun turli shaharlarga
choparlar yuborib, mazkur voqeani Temurning boshqa zamondoshlaridan
surishtirgan yoki qo’shimcha malumotlar to’plagan. Ibrohim Sulton aytib turgan bu
asarning dastlabki xomakisi qalamga olingan. Ana
shu asosda Sharafiddin Ali
“Zafarnoma” asarini yozgan Ibrohim Sultonning buyurug’iga muvofiq kitobni
bitish vaqtida sanalar, joy nomlari, ular orasidagi masofa haqida barcha malumotlar
juda sinchiklab tekshirilishi shart bo’lgan” “Zafarnoma”
asarini yozishda
Sharafiddin Ali Yazdiyning shahsiy hujjatlaridan keng foydalanilgan. Asar
muqaddima, ikki fasl va xotimadan iborat, muqaddimada
Amir Temurga qadar
bo’lgan turkiy xonliklar tarixi bayon qilingan . Asosiy fasllarda esa amir
Temurning tarixi mukammal yoritilgan ”Zafarnoma”
asosiy qism avvalida
“Qissayi Sohibqiron” deb atalgan mutaqorib bahridagi sheriy qissa bor. Unda
sohibqiron Amir Temurning fazilatlari va sifatlari haqida ko’tarinki ruhda muhtasar
so’z yuritilib, Tarixiy Amir Temurning badiiy obrazini chizishga qadam qo’yilgan.
“Zafarnoma” fransuz, ingliz, usmonli turk tillariga ayrim qismlari rus tilida
nashr etilgan. “Zafarnoma” XV asrda Lutfiy nazmda o’zbek tiliga o’girilgan degan
xabar berishsada ammo uning o’zi hozirgacha topilgan emas. “Zafarnomaning
to’liq asl matni 1972 yilda A. O’rinboev tomonidan Toshkentda (“Fan nashriyoti”)
nashr etiladi.
Dostları ilə paylaş: