55
soxtalashtirish, chalkashtirish, voqeliklarni o’z
manfaatlariga moslashtirib
bayon etish kabi illatlarni keskin qoralaydi. Har bir millat va qavmning kelib
chiqishi, ularning taraqqiy topish yo’llari, tarixiy rivojlanish manbalarini chuqur
o’rganish millatning uygonishiga, o’z qadru qimmatini bilishiga va istiqbol
rejalarini aniqroq tuzishiga yordam berishini aloxida ta’kidlaydi.
Tarixda adolat ustuvorligi, tarix haqiqati hamisha bosh mezon bo’lishi, har
qanday voqea va hodisa taxlili to’g’ridan-to’g’ri munosabatni, odillik bilan
yondashishni taqozo etishini muhim fazilat deb biladi. Tarix haqida asar yozar
ekan, u o’zini tarixshunoslikka bo’lgan munosabatini va yondashish usulini
quyidagicha bayon etadi: «Bu kitobni tuzish va boblarga bo’lishda men hali
ma’lum bo’lmagan yo’ldan bordim, ajoyib yangi usul yaratdim, o’quvchi bo’lib
o’tgan voqealarning sababini o’rganishdan foyda olsin uchun tarixiy-ijtimoiy
voqealar va insoniyat jamiyati taraqqiyoti qonuniyatini sharhlab berdim», deydi.
Ibn Xaldunning ana shu «yangi usul»i tarixdagi bayonchilik,
oshirib-
toshirib yozishlar, safsatabozlik, xush ko’rmagan voqealarni keskin tanqid
qilish kabi illatlarga nuqta qo’ydi. Tarixshunoslikning fan maqomini
egallashiga doir o’ziga xos ilmiy-nazariy me’yorlarni yaratdi. Buni
quyidagilarda ko’rishimiz mumkin:
Birinchidan, har qanday voqea va hodisalarning sababini o’rganish, uning
mohiyatini ochish tarixiy voqelik mazmunini bilib olishga zamin yaratadi. Uning
atrofida fikr yuritib, aqlni ishlatish, fikrlash, tafakkur qilish imkonini beradi.
Ikkinchidan, Ibn Xaldun har qanday tarixiy voqelikka ijtimoiy tus beradi,
ijtimoiy mohiyat qatlarini ochish orqali o’sha davr mohiyatiga, ijtimoiy-siyosiy
muhitga, turmush tarziga baho beradi.
Uchinchidan, «kishilik jamiyati taraqqiyoti qonuniyatlarini sharxlab
berish» orqali davlat va jamiyat qurilishiga tegishli bo’lgan fanlar –
huquqshunoslik, fal-safa, sotsiologiya, siyosatshunoslik, mantiq singari
fanlarning rivojlanishiga turtki berdi. Ana shu sharhlash orqali Ibn Xaldun aqliy
takomil, fikriy rivojlanish yo’lini ochdi. Qachonki o’quvchi uning kitoblarini
ko’zdan kechirar ekan, tarixiy voqeliklarni o’rganish bilan birga voqealar atrofida
fikrlaydigan, unga munosabat bildiradigan, baholaydigan bo’lib qoladi. Bu esa
ayni tarix falsafasining o’ziga xos ko’rinishi edi.
Ibn Xaddun tarixnavislikda mavjud bo’lgan xilma-xil rivoyatlardan, turli
hikoyatlardan va afsonalardan foydalanishga chek qo’yib, real hayot va real
jarayon tahliliga ko’proq e’tibor berish tamoyilini ilgari surdi va shu tarzda
tarixnavislikning butunlay yangi yo’nalishini rivojlantirishga muhim hissa qo’shdi.
Uning xulosalariga ko’ra tarix «...o’rganilish ob’ekti insoniyat jamiyati va
odamlar jamoasi bo’lgan mustaqil fandir, uning faoliyat
maydoni birin-ketin
almashib keladigan voqealar sababi va vaziyatlar xususiyatlarini tushuntirishdir».
Ana shu tarzda Sharq tarix falsafasi shakllana bordi. Demak, tarixning
tadqiqot ob’ekti bevosita kishilik jamiyati xisoblanadigan bo’ddi. Jamiyatdagi
mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqeliklar, hukmron siyosat va boshqaruv
usulining tahlili orqali ma’lum voqelik asoslari o’rganildi. Tadqiqotning bunday
shakli tarix fani predmetiga aylantirildi. Natijada Ibn Xaldunning tadqiqot usuli
56
va tarixnavislik uslubi ana shu tarzda ijtimoiy fanlar taraqqiyotini belgilaydigan
muhim hodisaga aylandi.
Ibn Xaldun ilmiy faoliyatining va tarix falsafasining axamiyati shugina
emas. U inson va jamiyat, odam va olam, kishilik jamiyati tuzilishi,
vujudga
kelishi, shakllanishi va tanazzullari borasida o’ziga xos fikr yuritgan, o’ziga xos
talqin etgan va o’ziga xos falsafiy mushohada yuritgan yirik shaxsdir. Ibn Xaldun
yashagan davr hamda o’sha paytdagi mavjud musulmon madaniyati va falsafasi
namoyandalari uning falsafasini rivojlantirishdi va davom ettirishdi.
Yana bir narsani alohida ta’kidlash kerakki, bugun tarix falsafasi,
sotsiologiya, ijtimoiy falsafa borasida ilmiy maktab yaratgan G’arb olimlari o’z
davriga xos tsivilizatsiya nuqtai nazaridan yondashib, Sharq falsafasidan unumli
foydalanishdi. Jumladan, Forobiy, Beruniy, Ar-Roziy, Abulhasan Movardiy,
Nizomulmuluk, G’azzoliy, Ibn Bojja, Ibn Xaldun, Ibn Rushd va boshqalarning
ilmiy merosini, falsafiy qarashlarini musulmon dunyosi xalqlariga nisbatan ancha
chuqur o’rganishdi. Mahorat bilan o’zlashtirishdi va ularni yangi davr
tsivilizatsiyasi nuqtai
nazaridan tartibga solishdi, yaxlit tizimini ishlab chiqib,
yangicha ilmiy-nazariy uslub bilan ifodalab berishdi.
Ibn Xaldunning kishilik jamiyati qonuniyatlarini tadqiqotishga haratilgan
asarlari, xususan «Muqaddima»si shundan dalolat beradiki, uni «Islom fikriy
doiralarida, istibdod va despotizm tuzumining jamiyatshunosi deb atashimiz
mumkin. ...Darhaqiqat, diqqat qilsa, fikr biddirsa arziydigan yangi tasavvur va
talqinlarni taqdim etadi», deydi Sayyid Muhammad Xotamiy.
Ibn
Xaldun
jahon
tarixini
o’rganar
ekan,
madaniyatlar,
tsivilizatsiyalarning yuzaga kelishi, madaniyatlararo integratsiya va jahon
hamjamiyatining umumiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o’ziga xos tarzda tadqiq etadi.
Turli madaniyatlarning vujudga kelishi, ko’chmanchi xalqlarni, kichik etnoslar va
millatlarni
bir-biriga
qo’shib
yuborish
natijasida
kelib
chiqadigan
integratsiyalashuvning salbiy oqibatlarini aniq ko’rsatadi va har qanday kichik
madaniyatlar «madaniy integratsiya» oqibatida katta xalqlarga madaniy tobelik
orqali yo’q bo’lib ketishi mumkinligi kabi og’riqli g’oyalarni ilgari suradi. Asrlar
o’tib V. Shmit, O. Mengen, V. Koppers, A. Toynbi kabi Yevropa falsafasi
namoyandalari ayni ana shu g’oyani ilgari surdilar
va Ibn Xaldun nazariyasi
tarixiy haqiqat ekanligini ko’rsatdilar.
Ibn Xaldun tarix falsafasining biz sharqliklar uchun yoqimli bo’lgan va ayni
paytda katta ruh, rag’bat, kelajakka ishonch, buyuk istiqbolga imon keltirishga
da’vat etadigan yana bir g’oyasi borki, nazarimizda buni aloxida ta’kidlash zarur:
u bir joyda «dunyoda ikki millat hokim bo’lishga yaratilgandir: biri arablar,
boshqasi turklar» desa, boshqa bir joyda «Temur davri bashariyat tarixi
inkishofining eng yuksak nuqtasidir. Dunyo yaratilganidan beri bunday bir davlat
qurilmagandir. Bobil va Eron hukmdorlari va Iskandar bu buyuk turk hukmdoriga
nisbatan ko’laga bo’lib qoladi. Zero, davlat asabiya ruxi ustiga quriladi va uning
ahamiyati ham shu milliy asabiyatning qudrati darajasida bo’ladi. Asabiya xususida
esa dunyoda hech bir millat turklarga teng kelolmaydi», deydi.
Dostları ilə paylaş: