«Avesto» – ijtimoiy-tarixiy hodisa
Ko’hna Sharq juda katta tarixiy-madaniy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan,
insoniyat tafakkur olami tadrijiy rivojini rag’batlantiruvchi, ruhlantiruvchi,
boyitib boruvchi omillariga asos solgan muqaddas makon. Zotan, ana shu
tabarruk zaminda ilk odamlar ibtidoiy tasavvurlarining shakllanishi, ularning
hayot va yashashga intilish tuyg’ularining rivojlanishi, olamni idrok etish va
tasavvur qilishning dastlabki mo’’jizaviy holatlari yuzaga kelgan.
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti turli davrlarda, turli makon va zamonda
yuzaga kelgan katta siljishlar, g’oyaviy-ma’rifiy sakrashlar, kuchli ruhiy ta’sirlar
orqali takomillashish jarayonini boshdan kechirgan. Qadimiy Turonda esa ana
shunday holatlar va tub burilish hodisalari boshqa xalqlarga nisbatan birmuncha
oldinroq, shaklan va mohiyatan birmuncha xilma-xilroq tarzda yuzaga keddiki,
bu nafaqat ana shu hudud, balki butun dunyo xalqlari madaniy taraqqiyotida
alohida voqea sifatida ijtimoiy-tarixiy rol o’ynadi.
Bundan uch ming yil ilgari qadimiy Xorazmda dunyoga kelgan «Avesto»
zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sifatida katta ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy
voqelikka aylandi. «Avesto»ning ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatidagi qadriyati faqat
shugina emas. Balki u butun insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichi, tasavvur
va tafakkur olamining yangi sarchashmasi, inson, ijtimoiy hayot, yashash zavqi
va moxiyati bilan bog’liq bo’lgan g’oyat insonparvar g’oya sifatida yuzaga
keldi.
«Avesto»dagi ijtimoiy adolatga yo’g’rilgan, g’oyat insonparvar qarashlar
nafaqat inson, balki butun borliq, tuproq, havo, suv, koinot, yulduzlar, hayvonlar,
hasharotlar, parrandayu darrandalar yaxlit olamining o’zaro munosabatlari orqali
inson ma’naviy-axloqiy me’yorlarini ilk bor ishlab chiqdi. Inson faoliyati, xatti-
harakatlari va munosabatlarining qonuniyatlarini dastlabki ko’rinishlarda, ammo
qiymatini yo’qotmaydigan darajada yuzaga keltirdi. Xuddi ana shu
umuminsoniy, dunyoviy g’oyalar orqali «Avesto»ning tarixiy hodisa sifatidagi
mohiyati belgilanadi.
Ko’pdan-ko’p qirg’in-barot urushlar, mahv etishlar, vayronagarliklarni
ko’p ko’rgan Turonda «Avesto» tinchlik va hamkorlik, do’stlik va o’zaro hurmat
orqali inson va insoniyat tub mohiyatini yuksak darajada targ’ib qilish bilan birga
ana shu jangu jadallarning qurboniga ham aylandi. Uning dunyoga kelishi,
yaratilishi va jamiyatda tutgan mavqei atrofidagi munozaralar ham turli davrlarda
turlicha shaklga kirdi. Bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar o’rtaga tashlandi.
Abu Rayhon Beruniy «Avesto» va uning ayanchli takdiri haqida gapirar ekan:
«Podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) 12 ming qora mol terisiga tillo
47
bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda
xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o’sha
vaqgdan beri Abistoning beshdan uchi yo’qolib ketdi. Abisto 30 «nask» edi,
majusiylar qo’lida 12 nask chamasi qoddi. Biz Qur’on bo’laklarini haftiyaklar
deganimizdek, nask Abisto bo’laklaridan har bir bo’lakning nomidir», – degan
edi.
Albatta, Aleksandr Makedonskiyning O’rta Osiyoga yurishi nafaqat
«Avesto»ning boshiga solgan kulfat bilan, balki butun Sharq tsivilizatsiyasini
izdan chiqarib, bu erda yashovchi xalqlar madaniyati, ma’rifati, ijtimoiy hayot
darajasi va kishilik jamiyati taraqqiyotiga katta zarba bergani bilan izohlanadi. Bu
tarixiy jarayon sifatida O’rta Osiyo tsivilizatsiyasining bosqinchilar tomonidan
barbod etilganligi singari ko’pdan-ko’p va ayni paytda g’oyat iztirobli voqelikdir.
«Avesto»ning yaratilishi va uning buyuk qadriyati haqidagi ma’lumotlar
ko’p. Jumladan, muarrix Balxiyning «Forsnoma» kitobida «Avesto» 12 ming
oshlangan mol terisiga bitilgan hikmatlar kitobi ekanligi qayd etiladi. Abu Ali
Muhammad bin Muhammad Bal’amiyning «Tarixi Bal’amiy» kitobida esa
«Avesto» shoh Gushtasb farmoni bilan 12 ming mol terisiga podshoh mirzolari
tomonidan tillo suvida yozilgani haqidagi fikrlar bayon etilgan.
VII–VIII asrlarda O’rta Osiyoga arablarning bostirib kelishi juda ko’p
madaniy-tarixiy yodgorliklarning yo’qolishiga sabab bo’ldi. Jumladan,
«Avesto»ning mavjud nusxalari ham ana shunday fojialardan, mislsiz jaholatdan
chetda qolmadi.
Abu Rayhon Beruniyning xulosalariga ko’ra «Qutayba Xorazm xatini
yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va bilimini
boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo’q qilib yuborgan edi.
Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin, haqiqatni bilib
bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi... Keyin Qutayba Ibn Muslim al-Boxiliy
Xorazm-liklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va
daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qoldi. O’z ehtiyojlarida yodlash
quvvatiga suyanadigan bo’ddilar. Uzoq zamon shunday bo’lgach, ular ixtilofli
narsalarni unutib, kelishib olganlarini yodda saqlab qoldilar».
Ana shu tarzda O’rta Osiyo, jumladan, Xorazm jaholat, bid’at va xurofot
hukmron bo’lgan makonga aylantirildi. Mislsiz madaniyat, adabiyot, san’at,
falsafa va tafakkur taraqqiyotiga chek qo’yildi. Tobora shakllanib borayotgan
hayot, olam, jamiyat va uning mohiyati haqidagi tasavvurlar o’rnida fikrlamay
yashashga mahkum etilgan jamiyat yuzaga keldi. Biroq, har qanday zo’ravonlik,
xurofot o’z kuchini ko’rsatmasin, xotira quvvati, qalb hofizasi yuksak bo’lgan
ushbu makon odamlari xotirasida «Avesto»ning insonparvar g’oyalari saqlanib
qoldi.
«Avesto» ta’limotining zardushtiylik g’oyalari dunyoning qator
mamlakatlarida turli mutaxassislar tomonidan tadqiq etildi va zardushtiylik
dinining kishilik jamiyatini takomillashtirish, inson-jamiyat-jarayon yaxlitligi
va izchil taraqqiyoti, inson va tabiat o’rtasidagi yuksak axloqiy munosabatlarni
o’zida mujassam etgan islohchilik jihatlari ilmiy-nazariy tomondan ancha chuqur
o’rganildi va e’tirof etildi. Jumladan, V. A. Livpdning xulosalariga ko’ra «Ruhoniy
48
Zardusht eng qadimgi diniy tasavvurlarni isloh qilgan shaxs sifatvda maydonga
chiqadi, uning yashagan payti, vatani va qaerlarda o’z ta’limotini targ’ib
qilgani munozarali bo’lsa-da, uning afsonaviy shaxs emas, real inson
bo’lganligiga shubxa yo’q»
1
.
«Avesto» g’oyalarida inson va tabiat, hayot va uning mohiyati atrofidagi ilk
tasavvurlar ilgari suriladi va bu g’oyalar insoniyat tsivilizatsiyasining ilk
kurtaklari sifatida o’zini namoyon etadi. Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot shundan
dalolat beradiki, insoniyat tafakkuri va tasavvuri evolyutsion taraqqiyotining ilk
bosqichlari bevosita «Avesto»ga borib taqaladi va undan etarli darajada quvvat
oladi.
Bundan uch ming yil burungi odamlar tasavvuridagi ilk o’zgarishlar
bevosita «Avesto» orqali umuminsoniy qadriyatlar maqomini egalladi. Jumladan,
«Avesto» turli qabilalar, guruxlar o’rtasida mavjud bo’lgan ko’pxudolilikka nuqta
qo’yib, yakkaxudolik g’oyasini ilgari surdi. Bu bevosita diniy ta’limotda inson
qanday guruh, urug’, qabila yoki millatga mansub bo’lmasin, er yuzining qaysi
hududida yashamasin, u yolg’iz Allohning bandasi va yagona Alloh uning
asraguvchisidir, degan g’oyaga olib keldi. Yakkaxudolik orqali «Avesto» turli
qabila va urug’larni yagona e’tiqod, yagona maslak va yagona g’oya orqali
birlashtirib, umumiy manfaatlar atrofida jipslashishiga da’vat etdi.
Ikkinchidan, Allohning yagonaligi – yakkaxudolik orqali turli qabila va
urug’lar o’rtasidagi nizolar, kelishmovchiliklar hamda manfaatlar to’qnashuviga
chek qo’yib, umumiy maqsadlar, umumiy g’oyalar, yagona e’tiqod atrofida
birlashishga olib keldi. Natijada kishilik jamiyatining ilk shakllanish bosqichiga
asos solib, ilk boshqaruv tizimining vujudga kelishiga, ilk davlatchilik
boshqaruvining shakllanishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi.
Uchinchidan, odamlarni ezgulikka, yaxshilikka da’vat etuvchi ilohiy
manba bo’lib dunyoga keldi: «Zardusht iloh Ahura Mazdadan so’radi:
– Ey, Ahura Mazda!
Zaminni hammadan ham baxtiyor qiluvchi zot kim? Ahura Mazda javob
berdi:
–
Ey, Zardusht!
Kimki uni yaxshilab haydasa va ziroatga tayyorlasa!..
Ey, Zardusht!
Kimki g’alla eksa, u haqiqatni ekadi...»
Ana shu tarzda «Avesto» tuproqqa munosabat, zaminga mehr-muhabbat
orqali insonni ezgulikka da’vat etadi, bunyodkorlik, yaratuvchilikka chaqiradi va
to’kinlik, farovonlik, rizqu ro’z haqidagi g’oyalarni ilgari suradi. Shu bilan birga el
dasturxoniga baraka kirituvchi g’alla etishtirishni yuksak qadriyat darajasiga
ko’taradiki, uning mohiyatida mehnat va rohat, yaxshilik va ezgulik, farovonlik
va to’kin-sochinlik tuyg’ulari yotadi.
Zardushtiylik dini insoniyat tarixida yuzaga kelgan barcha dinlarning eng
qadimiysi, eng ko’hnasi va ayni paytda insoniyat taraqqiyotiga ilk
rag’batlantiruvchi, da’vat etuvchi ma’naviy-ma’rifiy, ruhiy-axloqiy qudrat bo’lib
dunyoga keldi. Sharqning juda katta hududidagi xalqlar ayni ana shu «Avesto»
49
g’oyalari orqali o’z turmush tarziga axloq va ma’naviyatning, komillik va
etuklikning o’ziga xos me’yorlarini qabul qildilar va turmush tarziga aylantirdilar.
Olov, suv zardushtiylik ta’limotida eng muqaddas va pokizalik timsoli. Uni
ifloslashtirishga, bulg’ashga intilishlar g’ayriinsoniy va g’ayriilohiy voqelik
sifatida talqin etilgan. «Pokiza suv va yonib turgan olov qarshisida gustoxlik
qilgan zotning do’zaxda tortguvchi jazosi bu dunyoning jamiyki dardu ozorlaridan
mudhishdir...» Ana shu tarzda suv va olov ruh pokizaligi, tuyg’u musaffoligi, qalb
go’zalligi va e’tiqodu umidlarning bezavolligi darajasiga ko’tariladi. Natijada
kishilik jamiyati ma’naviy qiyofasi, odamlarning ichki dunyosi, fikr-o’ylari va
amaliy xatti-harakatlarining madaniylashishiga olib keladigan qudratli mafkuraga
aylandi. Inson, jamiyat va hayot jarayonining mislsiz ravnaqiga asos bo’lib
xizmat qildi.
«Avesto» ana shu tarzda odamlarni ezgulikka da’vat etuvchi, yaxshilikni
himoya qiluvchi, yovuzlik va jaholatdan uzoqlashishga chaqiruvchi g’oyalarni
ilgari surdi:
«Zardusht Ahura Mazdadan so’radi:
–
Butun vujudi ilohiy kalom – mansaralar bilan qurollangan qudratli
iloh Surushning Sravashavarizi kim?
Ahura Mazda javob berdi:
–
Ey, Ashavan Zardusht!
U Pravdarsh qushidir (xo’roz)... Bu qush bomdod mahali erta tongda
shunday deb bong uradi:
–
Ey insonlar!
Oyoqqa qalqing! Devlarni itqitib tashlaguvchi eng go’zal Asha – haqiqatni
vasf aylang!..»
Bir necha ming yillarki, insoniyat tongni xo’roz qichqirig’i bilan kutib
oladi. Bomdod paytida xo’rozning qichqirig’i uyqudagi odam yuragiga qaysidir
holatda sirli, sinoatli tuyg’ularni junbushga keltiradi. O’sha qichqiriq orqali hayot
mavjudligini, hayot davom etayotganligini, inson ezgulik, yaxshilik va muhabbat
bilan yangi kun ton-gida yangi quvvat va tuyg’ular bilan qadam tashlashi
zarurligini eslatganday bo’ladi. Bu o’ziga xos ruhiy holat kishini ezgulikka da’vat
etishi tabiiy. Ana shu tarzda «Aves-to» insonning eng nozik hislariga ta’sir etadi,
uni uyg’otadi, yaxshilikka boshlaydi. Zardushtiylik ta’limotining mo’’jizaviy
qudrati va ijtimoiy-tarixiy mohiyati ana shunda ko’zga yaqqol tashlanadi.
«Haqiqat – oliy sharofatdir», deyiladi «Avesto»da. Zotan, haqiqat buyuk
mo’jiza. U asrlar mobaynida insoniyatning oliy maqsadi, inson qadru
qimmatining mislsiz o’lchovi bo’lib keldi. Odamlar har daqiqada haqiqatga
intiladilar, undan najot izlaydilar, Ayni haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan
buyuk qudrat. Ana shu qudrat «Avesto»da o’zining butun mohiyati bilan o’z
ifodasini topgan.
«Madh etaman ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal ila ezgu fikrat, ezgu
kalom, ezgu amalni. Jami ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amalga bag’ishlanaman,
jumla yovuz fikrat, yovuz kalom va yovuz amallardan yuz buraman». Bunday
mo’’jizakor da’vat – insonning ming bir hujayrasini, tizginsiz va chegarasiz
xayolotini, orzu-maqsadlarini junbushga keltiradigan ruhiy holat, axloqiy da’vat,
50
ma’naviy chaqiriq har qanday bag’ritosh insonning qalbini yumshatadi. Unda
mehr-shafqat, yaxshilik xislarini uyg’otadi. Oqibatda ezgu fikrat, ezgu kalom,
ezgu amal – xatti-harakat, munosabatlar, pokiza xayolot va yaxshiliklar bilan
yashash umidi odamni chulg’ab oladi. Inson o’zining hayotini, umrini mana shu
ezguliklarga baxshida etib, jamiki yovuz fikrat – yovuz xayolot, yovuz niyat,
yovuz kalom – yovuz so’z, munosabatlar, yovuz amal – yovuz xatti-harakatlar va
fe’l-atvorlardan yuz burib, komillikka intiladi. Bu insonning ichki go’zalligi,
botiniy kamoloti va zoxiriy amaliyoti jamuljami – yaxlit qiyofasining benuqson
suvrati emasmi? Ulug’ faylasuf Forobiyning «Inson mohiyati aqlda, aqlning
moxiyati xatti-harakatda bilinadi», degan xikmatining mazmuni undan ikki ming
yil burun dunyoga kelgan va bugun ham o’z qiymatini yo’qotmagan «Avesto»dagi
ezgu fikrat, ezgu kalom, ezgu amal tushuncha-laridan kelib chiqmaydimi? Bu uch
unsurning yaxlitligi, uyg’unligi ayni inson mohiyatini, uning butun borlig’ini,
qadriyatini belgilamaydimi?
Qariyb uch ming yil avval ko’hna Xorazmda dunyoga kelgan, bugungacha
nafaqat qadimiy Sharq, balki bugun Er shari ahlini ezgulikka da’vat etayotgan
mo’’jizakor hayqiriq-«Avesto»ning o’lmasligi, abadiyligi va buyuk qadriyati ana
shunda. Zotan, millat yashar ekan, hayot davom etar ekan, ezgulik va yaratuvchilik
abadiy. Millat qonida, xalq qalbi va tafakkurida an’analar, urf-odatlar, turmush
tarzi qatlarida «Avesto» g’oyalari yashayveradi.
Dostları ilə paylaş: |