Ziyonet doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/67
tarix14.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#89451
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
tarix falsafasi va metodologiyasi majmua

Birinchidan, 
mustaqillikning dastlabki yillarida, avvalo, odamlar yangicha 
turmush tarziga ko’nikma hosil qilishlari kerak edi. Islohotlarning mazmun- 
mohiyatini anglab, mustaqil taraqqiyot afzalliklari va beqiyos imkoniyatlarini 
tushunib olishlari lozim edi. Busiz hech qanday natijaga erishib bo’lmasdi. 
Chunki har qanday sharoitda, har qanday jamiyatda ham inson asosiy hal 
qiluvchi omil, jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Shuning uchun 
ham hayotdagi yangilanishlar dastlab har bir fuqaroning qalbidan, ongi va 
tafakkuridan o’tkazilishi lozim. 
Ikkinchidan, 
jamiyatni tubdan yangilash, turmushimizning barcha sohalarida 
keng miqyosli islohotlarni amalga oshirish va shu asosda demokratik 
tamoyillarni turmush tarziga aylantirish uzoq davom etadigan uzluksiz jarayon. 
Bu kundalik hayotimiz bilan bog’liq bo’lgan va umuman mamlakat taqdirini 
belgilashda izchillikni taqozo etadigan, sobitqadamlik bilan turli qarshiliklar va 
to’siqlarni engib, eskicha qoliplarni bartaraf etib, yangicha tafakkur tarzini joriy 
qilishni o’z ichiga olgan murakkab jarayon. 
Qolaversa, jamiyatni demokratlashtirish bu iqtisodiy islohotlardan tortib 
huquqiy, siyosiy va ma’naviy yangilanishlarga bevosita tayangan voqeliqdir. 
Sessiyada takidlanganidek, «demokratiyalash jarayonining ayni ana shu huquqiy, 
siyosiy va ma’naviy jarayonlari iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolmoqda». 
Buning sababi, Prezident aytganidek, «talay muhim qonunlar tegishli qonun 
hujjatlari bilan mustahkamlanmaganligida, qabul qilingan huquqiy me’yorlar 
va kafolatlarni ro’yobga chiqarishning aniq mexanizmi etarli darajada ishlab chi- 
qilmagan»idadir. 
Uchinchidan, 
qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning 
tengligini ta’minlash lozim. Buning uchun, eng avvalo, huquq-tartibot ishlarini
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni xalqaro mezon va andozalarga 
moslashtirish zarur. Hozirgi paytda jahonda mazkur masalaga doir etmish xil 
andoza mavjud. Bularning hammasi jahon hamjamiyatida tan olingan tamoyillar 
hisoblanadi. O’zbekiston hozir ana shu andozalardan o’n beshtasiga qo’shilganligi 
uning juda qisqa muddatda demokratiyani turmush tarziga va tobora shakllanib 
boradigan jonli hodisaga aylantirish borasida erishgan katta yutuqdir. 
To’rtinchidan, 
aholining siyosiy faolligi bevosita uning jamiyat ijtimoiy- 
siyosiy jarayonlariga qanchalik daxldorligi bilan belgilanadi. Agar fuqaro siyosiy 
va ijtimoiy jihatdan faol bo’lsa, u o’z-o’zini boshqarishga va shu orqali jamoa 
harakatini shakllantirishga, uning mazmunini chuqurlashtirishga qodir bo’ladi. 
Yangilanayotgan jamiyat aholini kundalik tashvishlar va har xil ikir-chikirlar 
girdobidan olib chiqadi, uni hayotga teranroq va sergakroq qarashga o’rgatadi. 
Agar har bir fuqaro hayotda o’zini ana shunday tutsa, ana shunday qobiliyatga 
ega bo’lsa, demokratiya o’z-o’zidan jamiyatning tarkibiy qismiga aylanadi, 
ijtimoiy turmushimizda mustahkam qaror topadi. Bunday hodisani Prezident Islom 
Karimov «Bir so’z bilan aytganda, mustaqillik, hurriyat xalqimizga nihoyatda 


121 
qimmatga tushgan. Hurriyatning bahosi doimo avlodlar taqtsiri, iymoni, vijdoni 
bilan o’lchanadi», – deb to’g’ri baholagan. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə