Pascalda qism bilan ishlash. Satriy kattaliklar bilan ishlash



Yüklə 29,42 Kb.
səhifə1/3
tarix25.09.2023
ölçüsü29,42 Kb.
#123654
  1   2   3
16.Pascalda qism bilan ishlash. Satriy kattaliklar bilan ishlash.


PASCALDA QISM BILAN ISHLASH. SATRIY KATTALIKLAR BILAN ISHLASH.

Dasturlash jarayonida shunday holatlar bo‘ladiki, bir xil operatorlar ketma-ketligini dasturning bir necha joylarida takroran yozishga to‘g‘ri keladi. Bunday takrorlanishni yo‘qotish maqsadida dasturlashning ko‘pgina tillarida qism dastur tushunchasi kiritilgan. Ular mustaqil dastur bo‘lagi sifatida dasturning bosh qismida bir marotaba yoziladi.


Paskalь tilida qism dastur protsedura yoki funksiya ko‘rinishida beriladi. Asosiy dastur bilan protsedura orasida o‘zgaruvchilar qiymat almashuvi formal va faktik parametrlar yordamida amalga oshiriladi. Protsedura ichida yana bir necha protsedura yoki funksiya ishlatilishi mumkin. Dasturda e’lon qilingan o‘zgaruvchilar, shu dasturdagi protsedura va funksiyalarga nisbatan global deyiladi. Protsedura va funksilar ichida e’lon qilingan o‘zgaruvchilar lokal deyiladi. Ularning ta’sir doirasi shu qism dastur ichida bo‘ladi.
 2.Protseduralar
Protseduralarni e’lon qilish quyidagicha bo‘ladi.
Procedure
();


Begin

End;
Formal parametrlarni shu protsedura bosh qismida yoki sarlavhada e’lon qilish mumkin. Masalan. Procedure AB (x,y: Real);
Har qanday protsedurani kichik bir dastur deb qarash mumkin. Protsedura ham dasturga o‘xshab bosh va asosiy qismlardan toshkil topadi. Bosh qismda protsedura nomi va uning parametrlari e’lon qilinadi. Asosiy qism operatorlar ketma-ketligidan tashkil topgan bo‘lib, ular Begin - End ichiga olinadi. Protsedura nomi foydalanuvchi tamonidan beriladi.
Misol. Procedure Dr(Var x,h1,h2,z1,z2 : Real);
Var h,z: Real;
Begin
h:=h1/z1+h2/z2; z:=z1/z2; x:=(h+z)/2;
End;
Bu protsedurada h1,z1,h2,z2 parametrlar qiymati protseduraga murojat qilinganda aniqlangan bo‘lishi kerak. Natijani esa x- parametr uzatadi. h va z o‘zgaruvchilar ichki o‘zgaruvchilardir. Bu protseduraga dasturdan quyidagicha murojaat qilinadi Dr(x,h1,h2,z1,z2). Protseduraga murojaat qilinganda mos parametrlar qiymati bir biriga uzatiladi. Beriladigan formal va faktik parametrlar soni teng va ular turlari bir xil bo‘lishi shart. Lekin parametrlar nomlari har xil bo‘lishi mumkin.
3.Funksiyalar
Funksiyalardan foydalanish va ularni tashkil qilish xuddi protsedura kabi bo‘lib, u quyidagicha bo‘ladi:

Yüklə 29,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə