Pedagogik aksiologiyaning ijtimoiy pedagogik ahamiyati


Qadriyatlarning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati



Yüklə 3,3 Mb.
səhifə4/4
tarix09.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#104795
1   2   3   4
aaaaaaaaaa

Qadriyatlarning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati.

  • Qadriyatning kundalik hayotdagi ma`nosi kishilar o’rtasidagi muloqotlarda, ommaviy ahborot vositalarining habarlarida o’ziga hos tarzda namoyon bo’lmoqda. Kundalik hayotda, ko’pchilik nazarida narsalar (masalan, qimmatbaho buyumlar, taqinchoqlar), tabiat hodisalari, ijtimoiy voqealar, jamiyatdagi talablar, orzu-umidlar, an`ana va marosimlar, madaniy boyliklar va boshqalar qadriyat sifatida tushuniladi. Bundan tashqari, odamlar o’zlari ishonib, gohida intilib, qiziqib yoki orzu qilib yashaydigan maqsad, orzu yoki ideallarga ham «qadriyat» tushunchasini qo’llaydilar. Hullas, kundalik hayotda ko’pchilik tomonidan qo’llaniladigan «qadriyat» iborasi, odamlar uchun biror zarur ahamiyat kasb etadigan ob`ekt, narsa, hodisa va boshqalarga nisbatan ishlatiladi. Tabiat va madaniyat buyumlarining inson ehtiyojini qondirishi va uning maqsadlariga hizmat qilishi ta`kidlanganida, asosan ularning foydasi, qimmati nazarda tutiladi. Haqiqatan ham, buyumlarning iqtisodiy qimmati kishilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ammo buyumning qadri hisobga olinmasa, masalaning aksiologik jihati ochilmaydi.

Shu ma`noda qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo’llanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini va ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir. Bu kategoriya o’zida qadriyat ob`ektining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyatini, falsafiy-aksiologik mazmunini, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi. Qadriyat, baho va qadr. Qadriyatlar muammosiga bag’ishlangan (asosan rus tilidagi) ilmiy-falsafiy manbalarning ko’pchiligida qadriyat (cennost’) tushunchasini baho (ocenka) tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir hil daraja va ko’lamdagi tushunchalar sifatida qarash hollari uchraydi. Bu ikki tushuncha qiyoslanayotganda, qadr tushunchasi e`tiborga olinmaydi. Balki, bunday holga rus tilidagi «ocenka» va «cena» so’zlarining o’xshash ma`noli (ko’proq iqtisodiy) tushunchalar ekanligi sabab bo’lishi ham mumkin.

  • Shu ma`noda qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo’llanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar va boshqalarning qadrini va ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir. Bu kategoriya o’zida qadriyat ob`ektining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyatini, falsafiy-aksiologik mazmunini, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi. Qadriyat, baho va qadr. Qadriyatlar muammosiga bag’ishlangan (asosan rus tilidagi) ilmiy-falsafiy manbalarning ko’pchiligida qadriyat (cennost’) tushunchasini baho (ocenka) tushunchasi bilan qiyoslash, ularga bir hil daraja va ko’lamdagi tushunchalar sifatida qarash hollari uchraydi. Bu ikki tushuncha qiyoslanayotganda, qadr tushunchasi e`tiborga olinmaydi. Balki, bunday holga rus tilidagi «ocenka» va «cena» so’zlarining o’xshash ma`noli (ko’proq iqtisodiy) tushunchalar ekanligi sabab bo’lishi ham mumkin.

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə