"Pedagogik diagnostika va korreksiya"ning o‘quv fani sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi



Yüklə 16,58 Kb.
tarix03.01.2023
ölçüsü16,58 Kb.
#98145
korreksion pedagogika


“Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o‘quv fani sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi. Zamonaviy sharoitda “Pedagogika” fani har tomonlama rivojlangan, komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish masalasini hal qilishga yo‘naltirilgan. Asrlar davomida shakllangan ta’lim va tarbiya tizimi yuksak ong, tafakkur, dunyoqarash, axloqiy fazilatlar va hayotiy tajribaga ega shaxsni tarbiyalashga doir boy an’analarni o‘zida aks ettiradi. Kishilik taraqqiyotining turli bosqichlarida pedagogika amaliyotida ana shu boy an’analarga tayanib kelingan. Biroq, mavjud pedagogik an’analar turg‘un xarakterga ega bo‘lmay, o‘z g‘oyalarini ijtimoiy borliqda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, erishilayotgan yutuqlar asosida dinamik, dialektik ravishda boyitib boradi. Bu esa o‘z navbatida pedagogika jarayon, faoliyat va ilmiy-tadqiqot sohalarida yangidan yangi yo‘nalishlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Yangi yo‘nalish g‘oyalari, tamoyillarining tobora boyib, ko‘payib borishi esa pedagogik turkum fanlar sirasida mustaqil fanlarning shakllanishini ta’minlaydi. So‘nggi chorak asr mobaynida pedagogik turkum fanlarining soni “Ijtimoiy pedagogika”, “Pedagogik texnologiya”, “Innovatsion pedagogika”, “Pedagogik innovatika”, “Pedagogik konfliktologiya”, “Pedagogik diagnostika va korreksiya” kabi mustaqil fanlar hisobiga oshdi. Mazkur fanlarning amaliyotida o‘zining munosib o‘rniga ega va ular dolzarb pedagogik muammolarni samarali tadqiq qilishga yordam bermoqda. Garchi diagnostika va korreksiyalash masalalari juda qadimdan o‘rganilgan bo‘lsa-da, “Pedagogik diagnostika va korreksiya” nisbatan yangi o‘quv fan sanaladi. Jahon ta’limi amaliyotida o‘zining mustaqil o‘rniga ega bo‘lganiga hali unchalik ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramay, ushbu fan ta’lim jarayonining ishtirokchilarining ehtiyojlarini qondirish borasida muayyan tajribaga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida esa mazkur fanning o‘quv fani sifatida o‘qitilishi borasida daslabki tajribalar to‘plangan bo‘lsa-da, biroq, o‘qituvchilar “Pedagogik diagnostika va korreksiya”n o‘quv faniing barcha imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish bo‘yicha boy amaliy tajribalarga ega 6 emaslar. Shu bois ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida fan imkoniyatlaridan samarali foydalanishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda3 . Ushbu tushuncha ilk marta tibbiyotda qadimgi Gresiyada qo‘llanilgan4 . Qadimgi yunonlar muvaffaqiyatli davolash uchun kasallik va uning sabablarini to‘g‘ri anglash, bemor organizmi xususiyatlari, kasallikning kechishi tavsifidan xabardor bo‘lish, turli davo vositalarining ta’sirini bilish va shu sababli kasallikni davolashdan ko‘ra unga to‘g‘ri tashxis qo‘yish muhim ekanligini anglashgan. Ijtimoiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, sub’ektlarning hayot tarzidan kelib chiqqan holda “diagnostika” tushunchasi turli (texnika, iqtisodiyot, psixologiya) sohalarda ham qo‘llanila boshlandi5 . Kishilik jamiyatining ilk bosqichida tibbiyotda oddiy va ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan kasalliklarga tashxis qo‘yishda suyak sinishi, jarohat, qayt qilish, ich ketish, og‘riqni his qilish, isitma kabi belgilarga tayanilgan. Qadimgi Misr va Hindistonda tana haroratining ko‘tarilishi, yurak faoliyati eshitish, tanani paypaslab ko‘rishga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, qadimgi Xitoyda tomir orqali yurak pulsini o‘lchash, Gresiyada esa tashxis qo‘yish ilmiy klinik (ham tashxis qo‘yish, ham davolash ishlari birga olib boriladigan) tibbiyot uchun boshlang‘ich asos bo‘lib xizmat qildi. Tibbiy diagnostikaning asoschisi Gippokrat hisoblanadi. Uning tashxis qo‘yish uslubi bemor holatini kasallikning dastlabki va keyingi davrdagi holatini sinchiklab o‘rganish, kasallikning ayrim belgilariga ta’sir ko‘rsatish, ma’lum uskuna (masalan, naycha – naysimon asbob) yordamida ichki organlar holatini tekshirish, o‘pkadagi xirillash, o‘pka pardasidagi ishqalanishni eshitish, jigar va taloqni paypaslab ko‘rishdan iborat bo‘lgan. Tibbiyot sohasida kasallikka tashxis qo‘yish borasida o‘sha davrlardayoq izlanishlar olib borilgan. Xalqning boy hayotiy tajribasi, o‘ziga xos davolash iqtidoriga ega shaxs (tabib, kohin)larning izlanishlari natijasida turli kasalliklarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish amaliyoti ilmiy bilimlar bilan boyigan. Uyg‘onish davri, ayniqsa, VIII-XIX asrlarda tibbiyotda yangi, jumladan, harorat o‘lchovchi asbob (termometriya), tanaga barmoq bilan urib ko‘rib eshitish (perkussiya), yurak urushi va o‘pkani eshitib ko‘radigan asbob (stetoskop), Laennekning eshitib ko‘rish metodi va boshqa tashxis metodlari yaratildi.
“Pedagogik diagnostika” tushunchasining mohiyati. So‘nggi yillarda ta’lim va tarbiya amaliyotida pedagogik jarayon, holat, hodisalarni tashxislashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, tashxislash pedagogik jarayon, holat, hodisalarning mavjud holatidan kelib chiqqan holda istiqbol vazifalarni belgilash imkonini beradi. E’tiborli jihati so‘nggi o‘n yilliklarda “pedagogik diagnostika” tushunchasi ko‘plab tadqiqotchilarning e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Garchi mazkur tushuncha ular tomonidan shaklan turlicha talqin qilinayotgan bo‘lsa ham nazariy jihatdan umumiy mazmunga ega. K.Ingenkampning nuqtai nazariga ko‘ra, pedagogik tashxislash zarur o‘lcham (ko‘rsatkich)lardan foydalanish asosida hodisalar mohiyatini anglash va ularning muayyan vaziyatlardagi holatiga baho berish jarayonidir. Muallif, pedagogik tashxislashning o‘ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda uni mohiyati, maqsad va vazifalarini belgilash orqali pedagog tomonidan tashkil etialdigan faoliyatning mustaqil turi ekanligiga ham urg‘u berdi9 . Yaxlit tizim sifatida pedagogik jarayonining barcha bosqichlarida uni tarkibiy elementlari holatini aniqlash orqali istiqbolni belgilash, ta’lim strategiyalarini ishlab chiqish zamonaviy pedagogik diagnostika oldida turgan muhim vazifalar sanaladi. Mazkur tushuncha shunga ko‘ra ham nazariy jihatdan tavsiflanadi. Pedagogik diagnostika – pedagogik tizimning turli elementlari holati va uni barcha bosqchilarda bashoratlash, mo‘tadil rivojlanish tendensiyalarining buzilishini bartaraf etish uchun ularni amalga oshirish sharoitlarini tavsiflovchi belgilarini aniqlanash va o‘rganish
Yanada aniqroq qilib aytganda, pedagogik diagnostika – aniq maqsaddan kelib chiqqan holda muayyan holat (fazilat, bilimlarni o‘zlashtirish) bo‘yicha o‘rganiluvchi shaxs faoliyatini kuzatish, tekshirish va baholashga oid statistik ma’lumotlarni yig‘ish, ularni tahlil qilish, dinamik rivojlanishni aniqlashga qaratilgan nazorat yoki monitoringning tarkibiy qismi13; ta’lim oluvchilar, pedagog yoki ta’lim muassasasi rahbarining faoliyati darajasida jarayon yoki hodisani bir vaqtning o‘zida tezkor o‘rganish, baholash, yo‘naltirish va to‘g‘rilash14 demakdir
“Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining maqsadi – pedagogik ahamiyatga ega ma’lumotlarni aniqlash va ulardan foydalanish asosida o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, tarbiyalash, o‘quv hamda kasbiy faoliyatga psixologik jihatdan samarali tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat
Yüklə 16,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə