Pedagogik psixologiyadan 2 topshiriq



Yüklə 22,74 Kb.
tarix05.05.2023
ölçüsü22,74 Kb.
#108670
pedagogika


Pedagogik psixologiyadan 2 topshiriq
1. Pedagogik psixologiyada aniq va gumanitar fanlarda o’zlashtirish o’quvchining psixologik xususiyatlari qanday namoyon bo’ladi?
2. O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari .
3. Hayvonlarda emotsianal holatlar ko’rinishlari .
4. Biogenetik nazariya va uning yo’nalishlari.
5. O’qitishning texnik vositalari. Psixologiyadan bironta mavzuni o’tkazish bo’yicha metodik ko’rsatmalar .
6. O’qitishning aktiv va inovasion metodlari tavsifi.
7. O’qitishni tashkil etish shakllari .
8. O’qitish vositalari .
9. O’qitish maqsadlari va o’quv fani mazmuni
10. O’qishning mohiyati va uning qonuniyatlari.
11. O’qish, o’qitish, tarbiya va kasbiy tanlash tushunchalarini tahlil qilishni izohlang.
12. O’qish va aqliy rivojlanish. Talimni intensivlashtirish va faol, mustaqil, ijodiy tafakkurni tarkib toptirish .
13. O’qish tiplari va ularning o’ziga xos xususiyatlari .
14. Akademik psixologiyaning metodlari (kuzatish, so’rov, eksperiment, test, sotsiometriya, statistik tahlil .
15. Nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarining xususiyatlarini.
Javoblar

  1. O'qitish maqsadlari va o'quv fani mazmuni har doim ham o'zaro bog'liqdir. Fanning mazmuni bari-bir borib o'quv maqsadlarini tarkib topishiga turtki bo'ladi. Psixologiya o'qitish maqsadlari gumanitar fan sifatida uning mazmuni, xususiyatlari bilan belgilanadi. Psixologik idrok etishning o'ziga xosligini har doim ham gumanitar bilim sohasi bilan bog'lamaydilar. Bu borada boshqa nuqtayi nazarlar ham mavjud. V.Ya.Lyadus fikricha, psixologiyani ijtimoiy — tarixiy fan sifatida talqin etish kerak, bu esa uning tarkibidagi tadqiqotlar tabiiy fanlar usullarini rad etmaydi. Ammo uning asosiy mohiyatida ijtimoiy fanlar va gumanitar idrok etish usullari o'ynaydi.

Gumanitar idrok etish — ilmiy idrok etishning alohida turi, bo'lib tabiiy fanlarga o'xshash o'rganilayotgan obyektga subyektning boshqacha munosabatini ko'zda tutadi. Gumanitar idrok etishning diqqat markazida buyumlar boidi. Shuningdek, u quyidagicha izohlanadi. Shaxs emas, subyekt — obyekt emas, subyekt — subyekt munosabatlari bo'ladi deb ta'kidlaydi M.Vaxtinning fikricha, buyumni idrok etish va shaxsni idrok etish — ikki har xil narsalardir. Buyumni bir tomonlama subyektni oxirigacha idrok etiladi. Shaxs idrok etiluvchi sifatida idrok etish «aniqligini», talab etmaydi, balki «kirib borishni» talab etadi. Idrok etish — anglanganlik har doim ham ikki tomonlama harakat. Idrok etuvchi subyekt — idrok etiluvchi subyekt munosabatlari — dialogdan iborat. Dialog esa vaziyatda bo'ladigan ko'rinishlarinigina ko'rsatishni ko'zda tutmay, kontekstlari tugatilmas turlarida berilgan ma'nolarini ham ochib berishni ko'zda tutadi. Shuning uchun dialogning oxiri yo'q, chunki haqiqiy tushunish tarixiylik va shaxslashtirilgan. Bu holat gumanitar tushunchada aniqlik va tushunish ko'rsatkichlariga tabiiy fanlar ko'rsatkichlaridan farqli o'ziga hoslikni beradi.


  1. Dars tiplari quyidagilardan iborat:

Aralash dars. Uning tuzilishi: tashkiliy qismi, uy ishini tekshirish, yangi materialni o'rgatish, yangisini ilgari o'rganilgan material bilan solishtirish va mustahkamlash, amaliy topshiriqlarni bajarilishi, darsga yakun yasash va uyga topshiriqlar berish.Yangi materiallarni o'rganish darsi odatda, katta sinf o'quvchilarini o'qitishda qo'llaniladi. Ushbu turdagi dars doirasida quyidagi darslar olib boriladi - ma'ruza, muammoli dars, dars — konferensiya, kino dars, dars — tadqiqot. Bilimlarni mustahkamlash, ko'nikma va malakalarni shakllantirish darsi seminar, amaliy, ekskursiya, mustaqil ishlar hamda laboratoriya amaliyoti ko'rinishida olib boriladi. Umumlashtirish va tizimlashtirish darsi fanni to'liq o'zlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan dasturning asosiy masalalari bo'yicha o'quv materialining katta qismlarini tizimli takrorlashga qaratilgan. Bunday darsni o'tishda o'qituvchi o'quvchilar oldiga muammoni qo'yadi, qo'shimcha ma'lumotlar olish manbalarini ko'rsatadi hamda o'xshash masala va amaliy mashqlar beradi, topshiriqlar va ijodiy xarakterdagi ishlarni topshiradi. Bunday dars paytida o'quvchilarning uzoq vaqt davomida — chorak, yarim yillik, o'quv yili davomida bir necha mavzular bo'yicha bilim, mahorat va ko'nikmalari tekshiriladi, baholanadi. Bilim, mahorat va ko'nikmalarni nazorat qilish hamda tuzatish darsi o'qitish natijalarini baholash uchun, o'quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, o'quvchilarning o'z bilimlarini qo'llashga tayyorliklari, o'qitishning turli vaziyatlarida mahoratlari va ko'nikmalarini tekshirish uchun moijallangan. Bunday darslarning ko'rinishlari og'zaki yoki yozma so'rov, diktant, masala va misollarni ifoda etish yoki mustaqil yechish, amaliy ishlarni bajarish, imtihon, mustaqil yoki nazorat ishi, test olish bo'lishi mumkin. Yakuniy dars natijalariga qarab keyingi mashg'ulot odatiy xatolarni, bilimdagi kamchiliklarni tahlil qilishga, qo'shimcha topshiriqlarni belgilashga bag'ishlanadi.


  1. Hayvonlar olamida psixikaning taraqqiyot shakllari, instinktlar, konikmalar, intellektual hatti - harakatlar. Psixik funktsiyalarning muhit va organlarning tuzilishi bilan bogliqligi. Ong taraqqiyotida mehnatning roli. Ongning psixologik xarakteristikasi va tuzilishi. Psixikaning paydo bolishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo’lmish aks ettirish xususiyatiga, yani ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bog’liqdir. Jonsiz tabiyatda harakat jism yoki moddalarning o’zaro mexaniq, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida nomoyon bo’lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg’oqlarini, qoyalarni yuvishi va emirishi, quyosh nurining oynadan aks etishi (sinib qaytishi). Tirik materiyaga o’tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o’zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo bo’ladi. Materiyaning evoltsiyasida jonsiz materiyadan jonli materiyaga o’tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar. Shular orasidan akademik A.I.Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani ko’rsatib o’tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organiq moddalarda fotoximik reaktsiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bolgan. Oqibatda KOATSERVATLAR deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bolgan. Koatservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bo’lgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi "ozuq" moddalarni tanlab o`zlashtirganlar.



  1. Biogenetik nazariyada insonning biologik etilishi bosh omil sifatida qabul qilingan, qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo‘lib, ana shu omil bilan o‘zaro bog‘liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirish bosh maqsadi biologik determinantlrga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi. Rivojlanish jarayonining o‘zi, dast avval biologik universal bosqichich sifatida talqin qilinadi. Biogenetik qonun F.Myuller va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetik qonun organning rivojlanishi nazariyasini tashviq qilishda hamda antidarvinchilarga kurashdi muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq unda organning individual va tarixiy rivojlanishi munosabatlarini tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, biogenetik qonunlarga ko‘ra, shaxs psixologiyasining individual rivojlanishi (ontogenez) butun insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi. Nemis psixologi V.Shterining fikricha, chaqaloq (yangi tug‘ilgan bola) hali odam hisoblanmaydi, balki faqat sut emizuvchi hayvondir; olti oylikdan oshgach u psixik rivoji jixatidan faqat maymun darajasiga tenglashadi, ikki Yoshida oddiy odam holiga keladi, besh yoshlarida ibtidoi gala holidagi odamlar darajasiga etadi, maktabga kirgandan boshlab ibtidoi davrni boshdan kechiradi, kichik maktab yoshida uning ongi o‘rta asr kishilari darajasiga, nihoyat etuklik davri (16-18 yoshlari)dagina hozirgi zamon kishilarining manaviy darajasiga erishadi. S.Xoll “rekapitulyasiya qonun”ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) psixologik o‘sishning bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenez filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqinicha, go‘daklik hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas. Bolalik esa asosiy mashg‘uloti ovchilik va baliqchilik bo‘lgan qadimgi kishilarning davriga aynan mos keladi. 8-12 Yoshlardagi o‘sish davri yovvoyilikning oxiri va sivilizatsiyaning boshlanishidagi etilishidan (12-13 Yoshdan) boshlanib etuklik davrigacha (22-25 Yoshgacha) davom etadi, romantizmga barobardir. S.Xollning talqinicha, bu davrlar “bo‘ron va tazyiqlar”, ichki va tashqi nizolar (ziddiyatlar)dan iborat bo‘lib, odamda “individullik tuyg‘usi” vujudga keladi. Yosh davrlarini tabaqalashning bu turi o‘z navbatida tanqidiy muloxazalar manbai vazifasini o‘taydi, chunki inson zotidagi rivojlanish bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas. Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis konstitutsion psixologiyasi (insoning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi)tipologiyasining negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipii va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipii Bilan o‘sishining xussiyati o‘rtasida o’zviy bog‘liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta toifaga: (sikloid (tez qo‘zg‘aluvchi, his-tuyg‘usi o‘t beqaror) va shizion (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‘usi cheklangan)Larga ajratadi. Bu taxminni Yosh davrlari, xususiyatlariga ham tadbiq etib, o‘smirlar sikloid xususiyatli, o‘spirinlar esa shizoid xususiyatliligini takidlaydi. Lekin insonning kamol topishida biologik shartlardan sifatlar hamisha etakchi va hal qiluvchi rol o‘ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan mos tushmaydi. Biogenetik nazaryaning namoyondalari - amerikalik psixologlar A.Gezelli va S.Xoll rivojlanishning biologik madeliga tayanib ish ko‘radilar, bu jarayonda muvozanat, integratsiya va yangilanish sikllari o‘zaro almashinib turadi, degan xulosaga keladilar.



  1. «O’qitishning texnik vositalari» fanini o’rganishdan maqsad talabalarni zamonaviy texnik vositalarni qo’llashning pedagogik asoslari, bilimlari bilan qurollantirish va ularni amaliy ish faoliyatida samarali qo’llashga o’rgatishdir. O’qitishning texnik vositalari mahsus didaktik materiallar (ahborot manbala- ri) va ko’rilmalar (turli hil apparatlar va mashinalar) majmuidan iborat bo’lib, o’qitish jarayonida to’g’ri va teskari bog’lanish kanallarini jadal ishlashini taminlaydi.O’qitishning texnik vositalari fanini o’rganish va uni o’quvchilar tomonidan mashgulotlarda kullash kuyidagi imkoniyatlarni beradi:

- ko’rgazmalilik principini ukitish jarayonida samarali kullash;
- uzatiladigan ahborotni optimallashtirish;
- o’quvchilarga bilim, ukuv va kunikmalarni uzlashtirish samaradorligini oshirish;
- o’qitish tehnik vositalarini asosiy vazifasi - ukitish jarayonini samaradorligini oshirishdir
.


  1. Bugungi shiddatli davr har bir insondan bolalik chog‘idan boshlab qunt bilan o‘qish, ilm va hunar o‘rganishni talab etmoqda. Ana shu talab asosida mamlakatimizda o‘ziga xos ta’lim tizimi yaratildi: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi. Ularda ta’limning boshqa sohalari qatori ona tili ta’limiga ham alohida o‘rin ajratilgan. Ona tili o‘quvchini mustaqil fikrlashga, mulohazalarni og‘zaki va yozma ravishda to‘liq bayon qilishga o‘rgatadi. O‘quvchining savodxonlik darajasini, uning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni ona tilidan hosil qilingan bilim va malakalari asosiga quriladi. Ma’lumki, har bir milliy til o‘zida moddiy olamni aynan, adyekvat aks ettirishdan tashqari ruhiy olamni, qayg‘u-alamlari-yu shodliklarini ham o‘rinda tugal ifodalaydi. Insonda har bir narsaga nisbatan o‘z munosabatini bildirish imkoniyati bor va bu imkoniyat har gal tilning muayyan shakllari orqali yuzaga chiqariladi. Tilning o‘ziga xos nafosatini o‘quvchilarga yetkazish, his qildirish, sezish va undan oqilona foydalanish maqsadida hozirda ona tili ta’limida an’anaviy usullardan tashqari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. Keyingi yillarda breynrayting, breynstorming, aqliy hujum, bumerang, blits-so‘rov, klaster, keys-stadi, germenektiv suhbat kabi turli tuman metodlar paydo bo‘ldi [1, 180-bet]. Shunday usullardan biri kakografiyadir.

  2. O'qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o'zaro o'rganishga asoslangan frontal, kollektiv va gurux.

  3. O‘qitish vositalari deganda o‘quv jarayonining xilma-xil materiallarini va qurollarini tushunish lozim bo‘lib, ulardan foydalanish tufayli o‘qitishning qo‘yilgan maqsadlariga ancha muvaffaqiyatli va oqilona qisqa vaqtda erishiladi, vositalarning bosh didaktik vazifasi – o‘quv materialining o‘zlashtirilishini tezlashtirish, ya’ni o‘quv jarayonini yanada samarali tavsiflarga yaqinlashtirishdir.

Vosita – ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchiga axboratlarni yetkazib berishda ko’rgazmalilikni ta’minlovchi jihozlar vajmuasi.
Vosita – ma’lum ishni bajarish yoki faoliyatini amalga oshirishda qo’llaniladigan moslomalar, qurollar, qurulmalar majmuasi.
Vosita – Biror maqsadga erishish yoki biror ishni amalga oshirish uchun dastak bo’lib xizmat qiladigan narsa qurol. Dastak – biror harakat uchun tayanch qilib olingan yoki tayanch bo’lib xizmat qiluvchi narsa.


  1. O'qitish maqsadlari va o'quv fani mazmuni har doim ham o'zaro bog'liqdir. Fanning mazmuni bari-bir borib o'quv maqsadlarini tarkib topishiga turtki bo'ladi. Psixologiya o'qitish maqsadlari gumanitar fan sifatida uning mazmuni, xususiyatlari bilan belgilanadi. Psixologik idrok etishning o'ziga xosligini har doim ham gumanitar bilim sohasi bilan bog'lamaydilar. Bu borada boshqa nuqtayi nazarlar ham mavjud. LJlar psixologiyani birinchi navbatda tabiiy, biologik yoki bioijtimoiy fan sifatida talqin etilishi natijasida, psixologiya fani haqidagi tortishuvlardan ancha aniq ifoda etilgan. V.Ya.Lyadus fikricha, psixologiyani ijtimoiy — tarixiy fan sifatida talqin etish kerak, bu esa uning tarkibidagi tadqiqotlar tabiiy fanlar usullarini rad etmaydi. Ammo uning asosiy mohiyatida ijtimoiy fanlar va gumanitar idrok etish usullari o'ynaydi.



  1. Ta’lim - insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni o’quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo’lishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir. O’qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o’quvchi, talabaga ta’sir ko’rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o’quvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta’limdagi yutuqlar avvalo o’qituvchiga bog’liq. Mutaxassis sifatida o’z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo’lish psixologik - pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallashi, xar xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o’rganish va baholash, pedagogik ta’sir ko’rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo’lish kerak. Ta’lim jarayoni- ma’lumot mazmuni hamda unga oid faoliyat usullarini o’quvchilarning o’zlashtirishi uchun o’qitish va o’qish faoliyatlarining real aloqalashuvi, sababiyatli bog’lanishi, bir-biriga muvofiqlashuvi asosida ta’limning aktlar, zvenolar, sikllar shaklida makon va zamonda harakatlanadigan maqsadga muvofiq shirkat faoliyatidir.



  1. O'qish - bu yozma matn bilan ishlash amaliyoti va protseduralari va undan ma'lumot olishga, matnni idrok etishga va tushunishga qaratilgan matnning o'zi bilan ishlash jarayoni . Keng ma'noda - har qanday ramziy tizimdan ma'lumot olish jarayoni ( Brayl belgilari , nota yozuvlari va boshqalar). O’qitish – bu muayyan fanni o’qitishga taaluqli bo’lgan metod, shakl va vositalar majmuasi.

Yüklə 22,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə