Pedagogik (qoʻshimcha tarbiya oʻquvchisi ) bakalivriat taʻlim yoʻnalishining zaruriy mazmuni va bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar Reja



Yüklə 62,94 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü62,94 Kb.
#167858
  1   2
Pedagogik (qoʻshimcha tarbiya oʻquvchisi


Pedagogik (qoʻshimcha tarbiya oʻquvchisi ) bakalivriat taʻlim yoʻnalishining zaruriy mazmuni va bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan talablar
Reja:
1. Pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari va maqsad vazifalari
2. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Pedagogik jarayonlarni tadqiq qilishning ustuvor jihatlari.
3. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va bog’liqligi. Pedagogik fanlar tizimi.
4. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning turkumlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari va maqsad vazifalari. Pedagogika atamasi qadimiy bo’lib, "bola yetaklovchi" degan ma’noni bildiruvchi grekcha "paydogogos" so’zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarda ko’rstilishicha, qadimgi Yunonistonda o’z xo’jayinlarining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini "pedagog" ("bola yetaklovchi") deb atashgan. Keyinchalik esa bu tushuncha keng ma’noda ishlatilib, maxsus bilimlarni egallagan mutaxassislarga nisbatan qo’llanila boshlandi. Shu bilan birga ta’lim - tarbiya ishlari bilan shug’ullanuvchilar kasb - hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar. Ularning ta’lim - tarbiya borasidagi faoliyatlari va to’plagan tajribalaridan o’rinli foydalanishlari PEDAGOGIKA fanini vujudga kelishiga olib keldi.


Pedagogikaning rivojiga IX-XVI asrlar (Sharq uyg’onish davri)da yashab ijod etgan Al-Buxoriy, At- Termiziy, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yassaviy, Bohouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug’bek, Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk daholar, XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining yirik namayondalaridan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Saidahmad Siddiqiylar, Ovro’pa davlatlarining buyuk mutafakkir va pedagog olimlaridan Yan Amos Komenskiy, Jan Jak Russo, I.G. Pestolotssi, Adolf Disterveg, K.D. Ushinskiy, A. S. Makarenko, J. Lokk, Jon. Dyui, Edvard Torndayk, S. T. Shatskiy, B. Blumlar ulkan hissa qo’shdilar.
Pedagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta’lim - tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi fanga aylandi.


1.3. chizma


Ko’p vaqtlar pedagogika ilmiy fan sifatida faqat o’sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini o’rganadi, deb qaralgan. Ammo hayot amaliyoti tarbiyasiga emas, balki kattalar tarbiyasiga ham taalluqli ekanligini ko’rsatdi. Shuning uchun ham keyingi paytlarda pedagogikani yosh avlodni va katta yoshdagi odamlarni tarbiyalash va o’qitish, ularga ma’lumot berish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan, deb belgilash odatga aylandi.
Pedagogikaning ob’ekti asosan o’quvchilar hisoblansa, predmeti esa, o’quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti hisoblanadi.
Pedagogika fanining maqsadi:

  • Respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun holatdagi muammolarini xal qilish;

  • Ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va Dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;

  • Umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish;

  • Pedagogika-tarbiyashunoslik qoida, qonunlarni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlashga tadbirlar belgilash;

  • Uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlashtirish muammolarini hal qilish;

  • “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirish.

Pedagogika fanining vazifalari:

  • Sharq va G’arbda xalq yaratgan xalq og’zaki ijodiyoti, pedagogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka doir ilg’or g’oyalarini o’rganib, tahlil kilib, komil insonni tarbiyalash jarayonini o’rganish;

  • Komil insonni tarkib toptirishning qonuniyat, qoida va zaruriy sifatlarini aniklash;

  • Pedagogikadagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi darv xususiy metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chikish va yangi pedagogik texnologiya qonunlariga amal qilish;

  • Ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qoida, qonun, tamoyil, metod va usullarini maktab amaliy hayoti bilan bog’lab, bo’lajak O’qituvchilarga urgatish;

  • Xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o’rganib bo’lajak O’qituvchilarni qanday tayyorlash muammolarini xal qilish.

O’zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g’oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor haratiladi:

  1. Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish.

  2. Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.

  3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o’rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.

  4. Ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.

  5. Ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.

  6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish.

  7. Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish.

  8. O’qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.

  9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.

Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Pedagogik jarayonlarni tadqiq qilishning ustuvor jihatlari.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon, bilish, o’rgatish, ta’lim-tarbiya metodlari, prinsiplari va boshqalar kiradi. Biz ularni pedagogik tushunchalar ham deb ataymiz.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga haratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Tarbiya - deb tarbiyachi o’zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko’ra tizimli ta’sir ko’rsatishiga aytiladi.
Ta’lim –o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon. Ta’lim - maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan bilim qobiliyatlarini o’stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Pedagogik faoliyat- estetik, axloqiy, siyosiy, iqtisodiy maqsadlarga muvofiq ravishda yosh avlodni hayotga tayyorlashning aqlan o’ylab ko’rilgan, katta yoshdagilarning ijtimoiy zarur bo’lgan mehnatining o’ziga xos turidir.
Pedagogik jarayon - ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan kattalarning pedagogik faoliyati ta’sirida tashkiliy shakllantirilgan va mazmunan boyitilgan hamda tarbiyachining yo’naltiruvchi va olib boruvchi rahbarlik roli natijasida bolaning o’z-o’zini taraqqiy ettirishidir.
Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va bog’liqligi. Pedagogik fanlar tizimi.
Shaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o’ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o’rganiladi. Ular quyidagilardir:

  1. Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.

  2. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.

  3. Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – boshlang’ich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.

  4. Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi.

1-4.chizma



  1. Metodika – xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi.

  2. Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o’rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o’rganadi.

  3. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.

  4. Pedagogik mahorat – bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.

9. Ta’limni boshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi.
10. Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi.
Pedagogikaning rivojlanib va boyib borishiga qaysi fanlar ta’sir ko`rsatadi?

Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta’lim-tarbiya jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o’rganiladi.


Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o’rganish va o’rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo’lib, ular o’zaro uzviy bog’liqdir.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning turkumlari.
Har qanday fan fan sifatida o’zining ilmiy tadqiqot usullariga ega. Bu usullari orqali o’z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Pedagogika fani o’z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real jarayonlariga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo’llari, uslublari va vositalari majmuni tushuniladi. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot usullari qanchalik to’gri tanlansa ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.
Pedagogik kuzatish usuli qanday qo’llaniladi? Kuzatish usuli ta’lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig’ish imkonini tug’diradi. Bu usul ancha murakkab bo’lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo’llaniladi.
Tabiiy kuzatish orqali o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi.
Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o’quvchilarning tabiiy faoliyatini balki ularning ilmiy dunyoqarashlari shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi. Bunday kuzatishlar oqibat natijada pedagogika fani mazmunini boyishiga sabab bo’ladi.
Pedagogik tadqiqotda suhbat metodining o’rni qanday? Ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli maktab o’qituvchilari va o’quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo’llaniladi. Bunda suhbat usulini tadbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi.
Bolalar ijodi qay shaklda o’rganiladi?
Bolalar ijodini o’rganishda maktab o’quvchilarining o’ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Bunda o’quvchilarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari, she’r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari ularning dunyoqarashi va ma’naviyatini o’rganish uchun manba bo’lib xizmat qiladi.
Bu usul orqali o’quvchilar orasidan yetishib chiqayotgan iste’dodli , iqtidorli yoshlar aniqlanib, ular bilan alohida ish olib boriladi. Bolalar ijodini quyidagi jarayonlarda ham aniqlash mumkin: fan olimpiadalari, mavzular bo’yicha konkurslar; maktablar bo’yicha ko’rgazmalar; musobaqalar; sayohatlar va boshqalar.
Ilmiy tadqiqotda test, so’rovnomalar usuli yetakchi usul sanaladi. So’rovnoma - anketa usuli qo’llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o’quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi.
Test sinovlarini o’tkazishdan maqsad oz vaqt ichida o’quvchilarning bilimlarini yoppasiga aniqlash va baholashdir. Test savollarining o’rni va ularning mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, o’quvchilarning mustaqil fikrlarini o’stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish usuliga nimalar kiradi?
Bu usul orqali o’qituvchilar va o’quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma’lumotlar olinadi. Maktab hujjatlari deyilganda, o’qituvchi va o’quvchilarning soni, o’quvchilarning shaxsiy hujjatlari| sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi.
Eksperiment - tajriba-sinov usulining ahamiyati qanday?
«Eksperiment» so’zi lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish» ma’nosini anglatadi. Eksperimental tajriba ishlari, asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Eksperiment usuli sharoitga qarab 3 xilda o’tkaziladi: 1. Tabiiy eksperiment, 2. Laboratoriya eksperimenti, 3. Amaliy tajriba.
Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli nima uchun kerak?
Pedagogik tadqiqot statistika ma’lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o’zligini namoyon etolmaydi. Nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta’limi sohasidagi, jumladan ajratilgan mablag’larning oshirilishi, xalq ta’limi muassasalarining o’sib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali qurollar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo’jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’lar statistika usuli orqali aniqlanadi. Statistik omil aniq, hayotiy bo’lsa bajarilayotgan ta’lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo’ladi.
Pedagogik tadqiqotda matematika va kibernetika usulining ahamiyati
«Kibernetika» grekcha rolni bajaraman, idora etaman degan ma’nolarni anglatadi. Kibernetika ishlab chiqarishni, texnikani, tirik organizmlarni, kishilik faoliyatini boshqarishning umumiy qoidalarini va vositalarini ishlab chiqadi. Uning mazmuni axborot berish, dasturlashtirish, algoritmlar, boshqaruvchi tizim, model yasash singari asosiy nazariyalarda o’zligini namoyon etadi. Mazkur usuldan bugungi kunda pedagogikada ham keng foydalanilmoqda.
O’qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetika mashinalari yordamida bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o’qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, differensial va individual ta’lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida tuzish kabi jarayonlar bajarilmoqda.
“Rivojlanayotgan ilmiy tajribaga asoslanmagan tushuncha tadqiqotga oid loyiha va tajribalar bilan bir xil nazorat qilinishi mumkin. Tadqiqot usullari ilmiy loyiha bilan bahslashadi, shuning uchun talabalar metodik qurilgan hajmda tajribalar o’tkazishadi, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishadi. Shuningdek, laboratoriya hisobotlari talabalarning malakali olimlar kabi o’ylashlari, analiz va sintez qila olishlarini ta’minlashga qaratilgan. Undan tashqari, talabalar boshqarilgan yoki ochiq tadqiqotlarda qatnashayotgan paytda, ular ilmiy tajribalarni toppish, taxminlarga asoslangan mulohazalarini sinab ko’rish va mukammallashtirish uchun tadqiqotlar o’tkazishmoqda - ular mantiqiy usulda o’z tushunchalarini rivojlantirish uchun himoyalanadi. Ta’sirli ilmiy o’qituvchilar talabalarga mustaqil o’rganuvchi bo’lishlariga yordam beruvchi faoliyatlar yaratadilar”1.

XULOSA:


Demak, pedagogika fani o’z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik xodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o’rganadi.
Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari qanchalik to’g’ri tanlansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. Shu sababli pedagogik ilmiy-tadqiqot usullariga dogmatik yondashish mukin emas. Ikkinchi tomondan, ilmiy tadqiqot usullari tizimi hali hozircha fanda to’la yaratilgan, ishlab chiqilgan emas.


Yüklə 62,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə