Pedagogik texnikani shakllantirish uslublari va uning psixologik xususiyatlari



Yüklə 420,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix05.06.2022
ölçüsü420,56 Kb.
#88882
1   2   3   4   5   6   7
pedagogik-texnikani-shakllantirish-uslublari-va-uning-psixologik-xususiyatlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
584 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
3. Ma’ruzadan talabalarda motiv hosil qilish va umumiy yо‘naltirish uchungina 
foydalanish. 
4. О‘quv axborotlarini bayon qilish uchun nashr etilgan о‘quv qо‘llanmalaridan 
foydalanish. 
5. О‘quv materialining bо‘limlarini о‘zlashtirganini aniqlashda yordamchi – 
assistent (aspirant, a’lochi student) lar kuchidan foydalanish. 
Pedagogik texnologiya metodining bu shaklida о‘qituvchi kursni bir necha 
bо‘lim (modul)larga ajratadi, odatda ularning soni 15 – 20 ta bо‘ladi; ular darslikdagi 
boblarga teng, mos bо‘lishi mumkin. Har bir talabaga qanday о‘qish uchun qо‘lanma 
beriladi, unda bо‘lim (mavzu)ni о‘rganish maqsadi kо‘rsatilgan, о‘quv ishining 
ma’lum shakllari tavsiya etilgan, nazorat va о‘z – о‘zini nazorat etish uchun savollar 
majmui keltirilgan bо‘ladi. Ishlash tartibini о‘qish shaklini talabaning о‘zi tanlaydi. 
О‘zlashtirilgan bо‘lim bо‘yicha imtihondan oldin har bir talabani yordamchi – 
assistent о‘qituvchi ishlab chiqqan aniq talab – mezonlarga binoan “о‘tadi”, 
“о‘tmaydi” shaklida sinovdan о‘tkazadi. Sinovdan о‘tmagan talaba yordamchining 
tavsiyasiga binoan о‘quv materialini qо‘shimcha ishlab chiqadi. Sinovdan о‘tish 
keyingi bо‘limni о‘rganish uchun о‘ziga xos ruxsatnoma hisoblanadi. Ma’ruzalar 
soni juda kam (bir semestrda 6 tadan oshmaydi), ularga qatnashish majburiy emas. 
Keller rejasi AQShdagi oliy о‘quv yurtlarida tabiiy – ilmiy fanlarni, shuningdek 
ijtimoiy – gumanitar fanlarni о‘qitishda qо‘llaniladi. 70-80 yillarda pedagogik 
eksperimentlar Keller rejasi an’aanviy ta’lim usuliga nisbatan samarali ekanligini 
kо‘rsatadi. 
Rossiya Federatsiyasida V.Guzeyev integral pedagogik texnologiya metodini 
ishlab chiqdi, uning asosiy qismlari, umumlashgan holda quyidagilardan iborat: 
1. Har bir ixtisosolik bо‘yicha ta’limning rejalashtirilgan natijalari kо‘p darajali 
diagnostik va amallar bо‘yicha bajariladigan о‘quv vazifalari shaklida taqdim etiladi. 
2. Ta’lim jarayonining yirik tuzilmasi darslar bloki shaklida birlashtirilib, ta’lim 
mazmunining katta birligini tashkil etadi. 
3. Jamoaviy о‘qitishni guruh faoliyatining monitoringi asosida tashkil etiladi: 
ta’limning har bir qadami oldingisining natijasiga binoan rejalashtiriladi. 
4. Ta’lim jarayonini boshqarish va о‘qitish kompyuterlarda amalga oshiriladi. 
Yuqorida bayon etilgan ta’limga texnologik yondashuvning shakl va 
kо‘rinishlari xilma – xilligidan dalolat beradi. Rossiya Federatsiyasida “Shkolniye 
texnologii” nomli yangi pedagogik jurnal ham chiqarilmoqda. О‘zbekiston 
Respublikasida ham pedagogik texnologiya sohasida chet el tajribalarini о‘rganish, 



Yüklə 420,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə