Yillarda ta’lim-tarbiya, ma’orif va pedagogik fikr



Yüklə 211,57 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü211,57 Kb.
#135010
  1   2   3
1917 1945 yillarda O’zbekistonda maktab va pedagogika fani


1917-1945-yillarda O’zbekistonda maktab va pedagogika fani
  • O’zbekistonda 1917-1924-yillarda maktab va maorif.
  • Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o’tkazilganidan so’ng xalq ta’limi va pedagogik fikr (1924-1941).
  • Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda O’zbekistonda xalq maorifi va pedagogika.
  • Siddiq Rajabov.
  • XX asrning 70-80- yillarida O’zbekistonda xalq ta’limi.

Reja:

1917-yil to’ntarishidan keyin Markaziy Osiyo xalqlarining hayotida ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy ma’naviy-mafkuraviy va xalq maorifi soxalarida keskin o’zgarish yuz berdi. Bu davrda milliy ziyolilar faoliyati keng tus oldi, jumladan: jadidchi ziyolilar Maxmudxo’ja Behbudiy, Munavvar qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G’ozi yunus, Xurshid va boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar va yangi usul maktablarining keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat ko’rsatdilar.

1917-yil fevralda Turkistonning yirik shaharlarida turli tillarda dars beradigan xususiy maktablar ochiladi.

1918-yil Samarqandda musulmon o’qituvchilari uchun pedagogik kurslar ochildi. 1918-yil 9-aprel oyida Munavvar qori uyida to’plangan jadidlar Turkiston xalq dorilfununining musulmon bo’limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Ular 22 kun ichida musulmon bo’limi dasturlarini ishlab chiqadilar va bu dorilfununga Munavvar qori rais (rektor) qilib saylanadi.

1918-yil noyabrda Toshkentda Turkiston Sharq instituti tashkil qilinadi. Institut nizomida uning asosiy vazifalari qilib Turkiston mahalliy aholisi va qo’shni mamlakatlar tilini yaxshi biladigan sharxshunos olimlar tayyorlashdir deb belgilab qo’yilgan.

1920-yil Turkiston davlat universiteti (xozirgi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti) tashkil qilingan.

Uzoq tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqi ijtimoiy- siyosiy to’siqlarga qaramay Markaziy Osiyodagi boshqa xalqlar kabi, ilg’or fikr egalarini, buyuk olimlarni yetkazdi, insoniyatga ilm-fan ma’naviyat sohasida o’lmas durdona asarlar, fikrlar qoldirdi.


Yüklə 211,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə