Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari



Yüklə 19,49 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü19,49 Kb.
#152210
diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari



Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy asoslari.
Mutaassiblik – o‘z g‘oyasini «to‘g‘ri» deb, boshqacha fikr egalarini tan olmaslik va ularni buzg‘unchilikda ayblash.
Aqidaparastlik (arab. – “ishonch” so‘zidan olingan) – biron g‘oya yoki tamoyilni mutlaqlashtirib konkret ob'ektiv sharoitni hisobga olmagan holda ko‘r-ko‘rona qo‘llash buni ijtimoiy hayotning istagan sohasidan topish mumkin. Keyingi davrlarda diniy aqidaparastlik faollashib ketdi. Barcha dinlarda shak keltirmasdan, muhokama qilmasdan e'tiqod qilish lozim bo‘lgan fikrlar – aqidalarni mutlaqlashtirib ularni saqlab qolishga, tiklashga urinishlar kuchaydi.
Ekstremizm (lot, extremus – “ashaddiy”) — siyosatda ashaddiy qarash va choralarga moyillik. Ekstremizmni vujudga keltiradigan omillar ko‘p va xilmaxil. Ular orasida bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tish davrida yuz beradigan ijtimoiy tuzilmalarning buzilishi, aholi katta guruhlarining qashshoqlaShuvi, iqtisodiy va ijtimoiy tanglik kabi omillarni ko‘rsatish mumkin. Bu omillar aholi turmush sharoitlarining yomonlaShuviga olib keladi. Davlat hokimiyatining zaiflaShuvi, davlat organlarining obro‘sizlanishi, ijro intizomining pasayib ketishi, qadriyatlar tizimining emirilishi, aksil ijtimoiy kayfiyat va harakatlarning kuchayib borishi ham ekstremizmni vujudga keltiradigan sabablardan hisoblanadi. Ekstremizm aholining siyosiy va ijtimoiy kayfiyatidan mavjud ijtimoiy tuzilmalarni vayron qilish maqsadida foydalanadi. Ekstremistik tashkilotlar Konstitutsiya va boshqa qonuniy hujjatlarga zid tarzda faoliyat yuritadi. Shu ma'noda, ekstremizm — huquqiy nigilizmning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
XX asrning 80-90 - yillarida siyosiy ekstremizmning namoyon bo‘lish ko‘lami kengaydi. Bu davrda odamlarni garovga olish, siyosiy qotilliklar, siyosiy partiyalar a'zolariga qurolli hujumlar uyushtirish, anarxistik, shovinistik va neofashist guruhlarning faollaShuvi kuzatildi. Ekstremizm siyo­siy, psixologik, maishiy va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Siyosiy ekstremizmning ashaddiy ko‘rinishi — terrorizmdir. Ekstremistlar odamlarga qiyinchiliklarni tezda bartaraf qilish, tartibni kafolatlash, ijtimoiy ta'minotni yaxshilash singari va'dalar beradi. Siyosiy ekstremizm "so‘l" va "o‘ng" ko‘rinishlarga ega. So‘l ekstre­mistlar marksizm, leninizm, sul radika­lizm, anarxizm va Shu kabilar, mafkuralar bayrog‘i ostida harakat qiladi. So‘l ekstremizmga misol tariqasida Italiyadagi "Qizil brigadalar", Kampuchiyadagi polpotchilar, Rossiya Federatsiyasidagi e. Limonov boshchilik qilayotgan natsional bolsheviklar, singari oqimlarni keltirish mumkin. O‘ng ekstremistlar aksilkommunizm, avtori­tarizm, millatchilik va shovinizm ruhida harakat qiladi. O‘ng ekstremistlar qator xalqaro tashkilotlar — Evropa ishchi partiyasi, Evropa o‘ng kuchlari, Qora In­ternatsional, Frantsiyadagi "Milliy front" kabilarga birlashgan. O‘ng va so‘l ekstremistlar olib borayogan faoliyat vakillik demokratiyasi manfaatlariga ziddir. Shuning uchun ham G‘arb siyosatShunosligida "YAgona ekstremizm", "Ikki ekstremizm" va "Uch ekstremizm" konpeptsiyalari mavjud. "YAgona ekstremizm" kontseptsiyasi kommunistik va fashistik diktaturalarning mavjudligidan kelib chiqadi. "Uch ekstremizm" kontseptsiyasiga ko‘ra, fashizm – tsengristlar ekstremizmi, kommunizm – sullar ekstremizm, gollizm esa – o‘nglar ekstremizmidir. Portugaliyadagi Salazar rejimi o‘nglar rejimi hisoblanadi. Diniy asoslarda vujudga kelgan ekstremistik guruh va oqimlar G‘arbda ham, Sharqda ham mavjud. O‘rta Osiyo mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda "Hizb ut-tahrir", «Akromiya», «Nurchilar» singari diniy ekstremistik oqimlar vakillari qonunga zid holda faoliyat olib borishga urinmoqda.
Diniy ekstremizm (ekstremizm – “o‘ta” degani) – xavfsizligimizga tahdid soluvchi tashqi omillardan biri bo‘lib, u barcha diniy tashkilotlarda faqat o‘zi sig‘inadigan dinni to‘g‘ri deb, boshqa har qanday dunyoqarashning to‘g‘riligini inkor etuvchi (keskin choralar va harakatlar tarafdorlari bo‘lgan), o‘ta fanatik (mutaassib) dindor yoki dindorlarning faoliyati tuShuniladi.
Diniy fundamentalizm (lotincha – “asos” degani) – barcha dinlarda o‘z ilohiy yozuvlarini ishonch uchun asos sifatida “so‘zsiz” qabul qilib, ushbu dinlar paydo bo‘la boshlagan dastlabki fundamental g‘oyalarga qaytish, me'yorlar va tamoyillarga asoslangan davlat barpo qilish, diniy aqidalarni har qanday yo‘llar bilan joriy qilishga urinishdir.
Islom fundamentalizmi – Qur'on va hadislarga so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan aqidalarni targ‘ib qiluvchi diniy-konservativ ruhdagi oqim. Islom fundamentalizmi vakillari islomning fundamental (asosiy) tamoyillari jamiyatning taraqqiyot yo‘lini belgilab beradi, deb hisoblaydilar va faqat ularga amal qilishga da'vat etadi. Keyingi paytlarda mutaassib musulmonlar “fundamentalistlar” deb atalmoqda.
Terrorizm (lot, terror – “qo‘rquv”, “dahshat”) — yuksak ma'naviy tamoyillarga zid ravishda yovuz maqsadlar yo‘lida kuch ishlatib, odamlarni garovga olish, o‘ldirish, ijtimoiy ob'ektlarni portlatish, xalqni qo‘rquv va vahimaga solishga asoslangan zo‘ravonlik usulini anglatuvchi tushuncha. Qo‘rqitish va dahshatga solish orqali o‘z hukmini o‘tkazishga urinish terrorizmga xosdir. U siyosiy, iqtisodiy, diniy, g‘oyaviy, irqiy, milliy, guruhiy va individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ta'qib, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik va qotillik terrorizmning har qanday ko‘rinishi uchun umumiy xususiyat bo‘lib, bularning barchasi insonparvarlik g‘oyalari, demokratiya, adolat tamoyillariga ziddir. Shuning uchun terrorizm qanday niqob ostida amalga oshirilmasin, mohiyatan, insoniyatga, taraqqiyotga, ezgulikka qarshi jinoyatdir. Terrorizmga hozirgi kunda aniq, hamma uchun tuShunarli va mukammal ta'sirif berish oson emas. CHunki u o‘ta murakkab fenomendir. Bundan tashqari, terrorchi kuchlarga bo‘lgan turlicha munosabat unga aniq ta'sirif berishni ham qiyinlashtirmoqda. Terror usullaridan konservativ, inqilobiy, diniy, millatchi ruhdagi kuchlar ham foydalanishi mumkin, lekin ularning asosiy mohiyati va maqsad-muddaolari siyosiy tusga egadir.
Terrorizmning umumiy jihatlari va asosiy ko‘rinishlarini o‘rganishda, avvalambor, uning ta'sirifini nisbiy bo‘lsa ham, aniqlashtirib olish kerak. Terrorizm muayyan guruhning ruxsat etilmagan holatda ongli ravishda kuch ishlatishidir. Bunda terrorchilar aniq, maqsadni ko‘zlaydi va o‘zini to‘la xaq deb biladi. Bundan Shu narsa aniq bo‘ladiki, terrorchilardagi mavjud kuch maqsadni amalga oshirishda ijtimoiy-siyosiy muhit bilan bevosita aloqadorlikda bo‘ladi. Shuning uchun biron-bir sababga asoslangan yovuz maqsad terrorizmga olib boradi. Terrorizm ko‘p holatlarda keng miqyosdagi harbiy kuchlar bilan aloqador bo‘ladi va bunday misollar tarixda bir necha bor kuzatilgan. Bundan tashqari, u ba'zi davlatlarning o‘zi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ikki xil shaklda kuch ishlatiladi: jazo berish organlari yoki harbiy kuchlar tomonidan. Bunda terror siyosiy maqsadlarni amalga oshirish yoki aniq bir rejimni joriy qilish uchun amalga oshiriladi.
«Terrorizm» tushunchasi hamisha terroristik harakatning tez sur'atda amalga oshirilishini bildiradi. Bunday hodisa siyo­siy, etnik, diniy va boshqa ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. G‘oyaviy terrorizm siyosiy etakchilar tomonidan yaratiladi. Bunga rasmiy tor doiradagi istisno qilingan ichki sabablar ko‘rsatiladi. Etnik terrorizm sub'ekti g‘oyaviy bo‘lmasdan, jamiyatning milliy va etnik jihatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Diniy terrorizm muayyan bir diniy sekta yoki guruh ta'limotining jamiyatda mutlaqlashtirilishi oqibatida paydo bo‘ladi. Bunda ushbu g‘oya tarafdorlari boshqalar fikri va g‘oyalarini keskin tanqid ostiga olib, rad etadi va g‘oyaviy mafkuraviy parokandalikni keltirib chiqaradi. Diniy terrorizmning xatarli jihati u qo‘llaydigan amaliy choralarda ko‘rinadi. CHunki diniy terrorizm tarafdorlari aksariyat hollarda qo‘lida kurol va ba'zan harbiy guruhlarga tayanib harakat qiladi. Bugungi kunda yadroviy, biologik, bakteriologik qurollarning terrorchilar qo‘liga tushib qolishi ehtimoli eng katta xavfdir.
Hozirgi tahlikali zamonda kishilar boshiga mislsiz kulfat solayotgan va ularning hayoti, farzandlari, mol-mulkiga tahdid qilayotgan jinoiy terrorizm kundan-kunga kuchayib bormoqda va jahon hamjamiyatida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlaydigan va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishni maqsad qilib olgan bu terrorizm korruptsiya kabi katta jinoiy tizim bilan uzviy bog‘lanib ketgan. Unda raqiblari yoki ularning yaqinlarini o‘ldirish, o‘g‘irlab ketish, zo‘ravonlik, tajovuz bilan qo‘rqitib, o‘z hukmini o‘tkazishga urinish, mol-mulkini o‘zlashtirib olish yo‘llaridan foydalaniladi. Buning yana bir tomoni - ba'­zan bu terror siyosiy, etnik, ba'zan esa diniy xarakter kasb etmokda. Mana Shunday vaziyatda terrorchilarning maqsadi hokimiyatni egallashga ham qaratilib, piramidasimon xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Individual terrorizmning sub'ekti, boshqa terrorizm harakatlaridan farqli o‘laroq, jamoa emas, yagona shaxsdir. Individual terror ham o‘ta xavfli kuch xisoblanadi, negaki u jamiyatning boshqa a'zolariga ta'sir qilishi va buning oqibatida terrorning ommaviy turlarini keltirib chiqarishi mumkin. U o‘z g‘oyalarini singdirish orqali boshqalarni ham jamiyatga qarshi qo‘yishi mumkin.
Keyingi yillarda hatto ommaviy axborot sohasida ham terrorizm elementlaridan foydalanilmoqda. Mu­ayyan mafkuraviy poligonlar tarqatayotgan axborotlardagi yovuz va zararli g‘oyalar oqimi, teleekranlar orqali uzluksiz namoyish etilayotgan jangari filmlar, bolalarga mo‘ljallangan, buzg‘unchi g‘oyalar asosida yaratilgan o‘yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan chiqaradigan viruslar tarqatish Shular jumlasidandir. O‘zining yovuz niyatlariga erishish uchun hokimiyatni qo‘lga kiritishni ko‘zlaydigan kuchlarning zo‘ravonligi va qo‘poruvchiligi siyosiy terrorga misol bo‘ladi. Siyosiy terrorizm nafaqat jinoyatchi guruhlar, hatto ba'zi tajovuzkor ruhdagi rasmiy reaktsion siyosiy doiralar va kuchlar tomonidan uyushtirilishi va qo‘llanishi ham mumkin. CHorizm imperiyasining kolonial va shovinistik siyosati, sovet imperiyasining g‘oyaviy qatag‘onlari xalqimizga qarshi o‘ziga xos terror edi. Bugungi kunda ham mustaqil rivojlanish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizga nisbatan g‘araz niyat bilan qarovchi yovuz kuchlar terrorizm yo‘li bilan taraqqiyot yo‘limizdan chalg‘itishga, bizni yana qaramlik va asoratga solishga urinmokda. Ular vatanfurush xoinlardan ham, terrorizmni kasb qilib olgan, buyurtma bo‘yicha qo‘poruvchilik va bosqinchilik bilan Shug‘ullanadigan yollanma xalqaro terrorchi, jinoyatchi guruhlardan ham foydalanmoqda. Bugun jahon hamjamiyati bu baloqazolarning echimini topish ustida bosh qotirmoqda. Terrorizmga qarshi kurash hozirgi davrda muhim vazifa, tinchlik va barqarorlikni saqlash omiliga aylandi.
2. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash.
Har qanday ekstremistik va terroristik faoliyatning moxiyati o‘zgalar ustidan xukmronlikka yoki mavjud siyosiy-mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy tartibotga qarshi zo‘ravonlik, daxshat solish, jismoniy kuch ishlatish orqali o‘zlarining g‘arazldi maqsadlariga erishishdan iboratdir. Shuning uchun ham ekstremizm va terrorizm butun jahon afkor ommasi, progressiv kuchlari tomonidan qoralanmoqda.
O‘zbekistonda ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib borilmoqda. YA'ni bu borada avvolo yoshlarning ongu tafakkurini yod g‘oyalardan saqlashga, yoshlarning chuqur diniy va dunyoviy bilim olishiga alohida e'tibor qaratmoqda.

Yüklə 19,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə