Pedagogik tizimlarni taqqoslash texnologiyasi va tadqiqot qilish bosqichlari. Qiyosiy pedagogika tizimni pog'onaviy xarakterda o'rganish. Reja



Yüklə 28,42 Kb.
tarix17.10.2023
ölçüsü28,42 Kb.
#127933
Pedagogik tizimlarni taqqoslash texnologiyasi va tadqiqot qilish bosqichlari. Qiyosiy pedagogika tizimni pog\'onaviy xarakterda o\'rganish.


Pedagogik tizimlarni taqqoslash texnologiyasi va tadqiqot qilish bosqichlari. Qiyosiy pedagogika tizimni pog'onaviy xarakterda o'rganish.


Reja:



  1. Pеdаgоgik tizimlаrni tаqqоslаsh.

  2. Pеdаgоgik tizimlаrni tаqqоslаsh tехnоlоgiyasi.

  3. Pеdаgоgik tizimlаrni tаqqоslаsh tехnоlоgiyasi vа tаdqiqоt qilish.

  4. Qiyosiy pedagogika fani haqida umumiy tushuncha

Qiyosiy pedagogika turli ijtimoiy tuzumdagi mamlakatlar o‘rtasidagi sotsial iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlarni aks ettirdi. Chet el mamlakatiarining pedagoglari mamlakatlarda maktabning rivojIanishini tobora sinchkovlik bilan kuzataboshladilar.


Ularning ko‘pchiligi qiyosiy pedagogikani o‘zlarining sohalari qilib oldilar. Umumiy ta‘limning rivojlanishi va majburiy ta‘lim muddatlarining uzayishi va darajasining oshishi, turli yo‘nalishi, tipi, darajasi, maktablarning rivojlanishi, ta‘lim-tarbiya metodlarini takomillashtirish zaruriyati Yevropa va Amerikadagi ko‘pgina mamlakatlar uchun bir qator umumiy muammolarni ilgari surdi.
Qiyosiy pedagogika bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan Amerikalik olim Pol Monro dunyoning turli mamlakatlar va hududlaridagi ta‘lim va pedagogik nazariyani tarixiy aspektda o‘rganadi va milliy ta‘lim tizimlariga ijtimoiylashtirish ta‘lim va tarbiyaning o‘ziga xos jihatl xizmati shundaki, ta‘lim va tarbiyaga turli xil yondashuvlardagi yutuq va kamchiliklarni qiyosiy-tahliliy o‘rganib, ta‘lim maqsadi va qadriyatlarini ajratadi. Aynan u 1911-1913-yillarda AQSHda birinchi bo‘lib, yaratilgan ta‘lim to‘g‘risidagi ensiklopediyaning ilmiy redaktori bo‘ldi.
Komparativistikaning rivojlanishi turli ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tizimlardagi qizg‘in o‘zgarishlar, ziddiyatlarga to‘g‘ri keldi. Bu davrda qiyosiy pedagogikaga oid tadqiqotlar bilan shug‘ullanadigan tashkilot tarmoqlari ancha kengaydi. Binobarin, xalqaro ta’lim byurosi tashkil etilib, u qiyosiy pedagogikaga oid tadqiqotlarni munofiqlashtiruvchi markaz sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Shuningdek, maxsus xalqaro davriy nashrlar: ―Ta‘lim va tarbiyaning xalqaro yillik nashri‖ ―Ta‘lim yillik nashri‖ (AQSh), ―Xalqaro pedagogik jurnal‖ (Germaniya) va b. Qiyosiy pedagogika metodologiyasi va aniq tadqiqotlar bilan I.Kendel, P.Monro, V.Rassel (AQSh), N.Xens (Angliya), F.Shnayder (Germaniya), P.Rosselo (Shvetsariya) kabilar jiddiy shug‘ullandilar.
1917 yildagi rus inqilobidan keyin qiyosiy pedagogika Rossiya u bosib olgan davlatlarda rivojlana boshladi. Maorif xalq maorif Xalq kommisariyati ariga alohida e‘tibor qaratadi. Monroningtizimida faoliyat ko‘rsatgan bir guruh pedagoglar xorij pedagogik nazariyasi va maktab amaliyotini o‘rganish bilan shug‘ullana boshladilar. Bu tahlilning ustivor yo‘nalishi xorij davlatlaridagi ta‘limning aynan maktab tizimi edi. Bu davrga kelib, pedagoglar va keng jamoatchilik uchun turli pedagogik jurnallar chop etila boshlandi. ―Boshlang‘ich ta‘lim‖ (―Nachalnaya shkola), ―O‘qituvchi‖ (―Uchitel), ―Tarbiya uchun jurnal‖ (―Jurnal dlya vospitaniya) va boshqalar shular jumlasidandir. ―Yangi maktab sari yo‘l (―Naputyax novogo shkole) jurnalida xorij ta‘lim tizimi tahliliga oid maqolalar doimiy ravishda chop etib borildi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, o‘sha davrda pedagoglar ―maorif‖ so‘zini juda ko‘p va tez-tez qo‘llaganlar. Zamonaviy pedagogik leksikonda esa, bu so‘z kamdan-kam qo‘llanadi. Maorif tushunchasi ta‘lim va bilimni tarqatish ma‘nosida qo‘llanilib, o‘sha paytda yangi ijtimoiy formastiyaga ko‘tarilgan davlat uchun juda zarur edi. Chunki o‘sha davrda aholining ko‘p qismi, shuningdek, kattalar orasida ham savodsizlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan. Shuning uchun ham ta‘lim boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi komissariyat (hozirgi sinonimi vazirlik) Xalq maorifi komissariyati deb nomlangan.
Ular XIX asrning II yarmida maydonga kelgan ma‘rifatchilik harakatining merosxo‘rlari sifatida butun o‘lkada katta obro‘ga ega bo‘lib, rusozarbayjon, tatar va boshqa qardosh xalq pedagoglarining ta‘lim-tarbiya haqidagi fikrlarini hamda darsliklarini o‘rganib o‘lka maktablarida keng yoyishda jonbozlik ko‘rsatdilar. Turkistonda ochilgan rus va tatar muallimlari boshchilik qilgan o‘zbek maktablarida qo‘llangan usullardan foydalanib o‘zlari tashkil qilgan maktablarda uzoq vaqt davom etgan ―Hijo‖ usuli o‘rniga ―usuli savtiya‖da ta‘limni tashkil qildilar va darsliklar yaratdilar.
Mamlakatimizda 20 asrning boshlarida yangi ta‘lim tizimi jadallashdi, o‘zbek ma‘rifatparvarlari tomonidan chet el pedagogik tajribasini o‘rganishga katta e‘tibor qaratildi. Davlatning qiyin iqtisodiy ahvoliga qaramay, pedagoglar va maorif arboblari ta‘lim sohasidagi yangi konsepsiyalar va haqiqiy o‘zgarishlar bilan tanishtirish maqsadida talabalarning chet el safarlari uchun mablag‘ toparedilar. O‘zbek maktabi amaliyotiga ba‘zi g‘arbiy didaktik yangiliklarni kiritishga urinishlar bo‘ldi. Bu urinishlar har doim ham samarali bo‘lavermas edi, ammo ular ta‘limni abstrakt xarakterini yengish uchun va o‘z maktablarida o‘quv jarayonini faollashtirish uchun chet el tajribasidan foydalanishga intilishni aks ettirar edi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G‘ozi Yunus, Xurshid va boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik ko‘rsatdilar va yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat olib bordilar.
Ma‘rifatparvarlar 1906 yildayoq ―Taraqqiy deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o‘z g‘oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko‘p o‘tmay, ―Xurshid‖, ―Shuhrat singari yangi gazetalar dunyo yuzini ko‘rdi. 1922—1923 yillarda Fitrat Buxoro Xalq Respublikasining maorif noziri sifatida barcha o‘zbek, tojik va boshqa millatlarning bolalari uchun maktablar ochish, o‘quvchilarga metodik qo‘llanmalar tayyorlash sohasida katta ishlar olib bordi. Xotin-qizlar maktablarini ko‘paytirishga, xotin-qizlarni ma‘rifatga tortishga alohida e‘tibor berdi.
Fitrat o‘sha yillarda Buxoro Xalq Respublikasidan Germaniyaga, Turkiyaga talabalar yuborish, u yerdagi ilg‘or Evropa ta‘lim-tarbiyasi, ilm-fan, texnika sirlarini o‘rganish, yangi Buxoro Xalq Respublikasi va Turkistonda maorif va madaniyatni rivojlantiruvchi mahalliy milliy kadrlar tayyorlash tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi. Ayni chog‘da Buxoro Xalq Respublikasi raisi Fayzulla Xo‘jaev ham Turkiston Sho‘rolar Respublikasi rahbarlari Turar Risqulov, Abdullo Rahimboev, Nazir To‘raqulovlar bilan birga Buxoro va Toshkent, Samarqand va Farg‘ona, Xo‘jand va Xivadan Sattor Jabbor, Sayidali Xo‘ja, Maryam Sultonmurodova, Hayriniso Majidxonova, Saida Sherahmad qizi Ahmad Shukriy, Ahmadjon Ibrohimov kabi o‘nlab mahalliy millat o‘g‘il va qizlarini Germaniyaga o‘qishga yuboradi.Ularning ahvoli, moddiy va ma‘naviy, tarbiyaviy ishlaridan xabardor bo‘lib turadi. Germaniyadagi o‘zbek talabalari ―Ko‘mak‖ nomli o‘zbekcha jurnal chiqarishadi.
O‘lkada olib borilgan siyosat tufayli o‘zbek xalqi o‘z tarixi, milliy urf-odatu an‘ana, umuminsoniy qadriyatlarini bilish va o‘rganish imkoniyatlaridan mahrum bo‘ldi. Millat taqdiri, maorif ravnaqi uchun jon fido qilgan, erkin, hur fikrli alloma ma‘rifatparvarlar — Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Elbek, Otajon Hoshimov, Shokir Sulaymon, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy qatl etildi. Usmon Nosir, Botu va boshqalar Sibirga surgun qilindi.
Turkiston o‘lkasida yuz bergan to‘ntarish ma‘rifatning, ijtimoiy tuzumning, ishlab chiqarishningsezilarli darajada rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. O‘lkada juda ko‘plab ziyolilar etishib chiqdi, savodsizlikka barham berildi. Lekin kezi kelganda shu narsani ham qayd etish kerakki, Oktabr to‘ntarishi o‘lkada, sobiq sovet ishlarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, o‘zbek milliy qadriyatlariga putur yetkazishga, milliy xalqni ruslashtirishga harakat qilingani, ma‘naviyatimizning yo‘qolayotganligiga, tariximizning toptalishiga urinishlar bo‘lganligini hech kim inkor etolmaydi, albatta. Chunki har qanday xalq o‘z milliyligi, qadriyatlari va madaniyati bilan buyukdir. O‘zbek xalqining ana shu buyukligi ruslar istilosi ostida ko‘p yillar davomida toptalib, oyoq osti qilindi.Endilikda shukrlar bo‘lsinki, mustaqillik sharofati bilan yo‘qotayozgan barcha milliy va ma‘naviy boyliklarimiz, qadriyatlarimiz tiklanmoqda.
Xorij davlatlari maktab tajribasi va pedagogik nazariyasi bilan yaqindan tanishish uchun chet el pedagoglari va olimlarining sobiq sovet ittifoqiga va sovet pedagoglarining xorij davlatlariga safari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu o‘sha davrda sovet pedagogikasining rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. XX asrning 30-yillarida sobiq sovet ittifoqiga dunyoning turli davlatlaridan ko‘pgina pedagog va psixologlar tashrif buyurardi. Ular orasida mashhur amerikalik olim, pedagog, psixolog, nazariyotchi va amaliyotchi, zamonaviy Amerika ta‘limining nazariy asosini yaratgan Djon Dyu ham bor edi. Uning jahon hamjamiyati ta‘lim tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilish uchun bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan qator asarlari va maqolalari rus tiliga tarjima qilindi.
O‘sha davrda xorij pedagogik tajribasini tahlil va tadqiq qilishga oid izlanishlar bilan P.F. Kapterev, P.G.Mijuev, A.P.Pinkevich va boshqa qator rus olimlari shug‘ullandilar. Shuningdek, A.P.Pinkevich redaktorligida ―Xorij pedagogikasi Byulleteni‖ chop etila boshlandi. A.P.Pinkevich rus ta‘limi muammolarini Amerika, Fransiya, Germaniya, Avstriya va boshqa davlatlar pedagogik muammolarini qiyosiy tahlil qilish barobarida o‘rgandi. Shubilanbirqatordaijtimoiymuhitvaundagio‘zgarishlarningo‘sibkelayotganyoshavlodtarbiyasiga ta‘siri muammolariga alohida e‘tibor qaratdi. P.F.Kapterev esa, umuminsoniy qadriyatlar xalq va milliy qadriyatlarni umumlashtirgan bo‘lib, ular tabiiy ravishda istalgan jamiyatning ijtimoiy mavqeiga ko‘ra farqlanishini ta‘kidlaydi. Shuning uchun ham uning fikricha, turli davlatlardagi ta‘lim tizimining umumiy, universal jihatlarini o‘rganib, ularni boshqa xalqlarning mental xususiyatidan qat‘iy nazar qo‘llash mumkin bo‘lsin. Shu ma‘noda uning pedagogik qarashlari kosmopolitik xarakterga ega edi. P.D.Mijuev – G‘arbiy Evropa, Amerika va Osiyo ta‘limi to‘g‘risidagi ko‘plab asarlarning muallifidir. U keng ko‘lamdagi tadqiqotlar olib borgan pedagog bo‘lib hisoblanadi. P.D.Mijuev taniqli chet el pedagoglarining faoliyatini tahlil qildi va umumlashtirdi, chet el ta‘limi muammolariga oid qator maqola kitoblar chop etdi. P.D.Mijuevning qiziqishlari sohasiga Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, AQSh, Angliya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarning ta‘lim tizimi ham kiradi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, qiyosiy pedagogika taraqqiyotining bu bosqichida o‘ziga xos jihat – bu ikki siyosiy tuzumning (sotsialistik va kapitalistik) g‘oyaviy qarama-qarshiligi yaqqol aks etib turar edi. Bu esa o‘z navbatida ta‘lim tizimlari mazmun-mohiyatiga o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. Bu qarama-qarshilik ayniqsa,1929 yildan boshlab keskin tus oldi. Shundan so‘ng qattiq senzurali taqiqlar xorij davlatlari ta‘limi to‘g‘risidagi obyektiv ma‘lumotlarni tadqiq qilish va nashr etishga yo‘l qo‘ymadi. Hatto xorij ta‘limini tadqiq qilgan ba‘zi olimlar repressiyaga uchragan edilar (A.P.Pinkevich).
Pedagog olimlarning xalqaro miqyosda zarurligi turli xil region va xalqaro ilmiy tadqiqot tashkilotlari tashkil topishiga olib keldi. Kolumbiya universitetining pedagogika kolleji qoshida xalqaro institut (AQSH), 1925 yildan boshlab Berlindagi ta‘lim-tarbiya markaziy institutning chet el pedagogikasi va maktabi bo‘limi o‘zining ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatini kuchaytirdi. Qator vaqtlinashrlar chop qilindi. Kolumbiya institutining AQSh ―Maorif yilnomasi‖ 1934 yilgacha nemis, ingliz va fransuz tillarida chop etilgan. ―Xalqaro pedagogik jurnal‖ (Germaniya) va boshqalar. Yevropa va Amerikada ilmiy konferensiya va seminarlar tashkil qilindi. Turli mamlakatlarda ta‘lim sistemasi bilan tanishish maqsadida chet ellarga borish, xalqaro uchrashuvlar va chet el maktabini o‘rganishning boshqa turlari keng rivojlandi.
Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning amaliy vazifasi kengaydi. Qiyosiy tadqiqot ishlari ancha chuqurlashib, maqsadga yo‘naldi. Mamlakatlarning madaniy-tarixiy va sotsial-iqtisodiy sharoti tufayli XX asrda qiyosiy pedagogika – pedagogikaning mustaqil sohasi bo‘lib ajralib chiqdi. Qiyosiy pedagogika nazariyasi masalalariga bag‘ishlangan bir qator ishlar e‘lon qilindi. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida xalq revolyutsiyalari g‘alaba qozonishi, sotsialistik mamlakatlarning o‘z mustaqilligini e‘lon qilishi, xalq maorifi sistemasiga ta‘sir ko‘rsatdi.
1945 yili Parijda BMT tashkiloti (YUNESKO) tuzildi. Xalqaro pedagogika sohasidagi tadqiqotlar uchun kerakli ma‘lumotlar ko‘paydi. Jahon mamlakatlarida maorifning ahvoli haqida yilnoma nashr qilina boshladi. Qiyosiy pedagogika muammolari bo‘yicha xalqaro anjuman uyushtirildi. 1956 yillarda AQSH qiyosiypedagogika jamiyati yuzaga keldi. Londonda Yevropa Qiyosiy pedagogika jamiyati tashkil qilinib, vazifalari belgilab olindi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQShdagi Qiyosiy pedagogika Jamiyati sohaga oid muammolarni o‘rganishga kirishdi. Shunday tashkilotlar jumlasiga: Buyuk Britaniya, GFR, Belgiya, Ispaniyada bo‘limlari bo‘lgan Londondagi Evropa Qiyosiy pedagogika Jamiyati, Avstriya, Kanada va Yaponiya jamiyati, Gamburgdagi pedagogika instituti, Zalsburg (Avstriya) dagi qiyosiy pedagogika instituti, Kyusyu universiteti qoshidagi qiyosiy pedagogika instituti hamda pedagogik tadqiqotlar davlat instituti (Yaponiya) va boshqalar ham kiradi. Bu davrda evropa qiyosiy pedagogika jamiyati hamda Butundunyo qiyosiy pedagogika jamiyati kengashi faol ish olib boradi, kongresslar tashkil etadi. Qator xalqaro jurnallar: ―Qiyosiy pedagogika, ―Qiyosiy pedagogika bo‘yicha axborot‖, ―Ta‘lim dunyosi kabilar chop etila boshlandi.

Qiyosiy pedagogika fanining maqsadi bo’lajak o’qituvchilarni tarbiyaviy imkoniyatlarga boy milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, xalq og’zaki ijodi namunalari va mutafakkirlarimizning ijodiy va milliy merosidan baxramand etish bilan birga ularning kelajakdagi ish faoliyatlarida Amaliy ahamiyat kasb etuvchi pedagogik bilim, kunikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.


Bu fanda har bir xalq yashash tarzi, tarixiy va ijtimoiy darajasi, milliy madaniyatiga ega ekanligiga mos ravishda, o’ziga xos takrorlanmas milliy-tarbiya madaniyatiga ega bo’lishi va bulardan hayotda foydalana bilishi kerak Qiyosiy pedagogika fanining bozor iqtisodiyoti jarayonidagi tutgan urni va ahamiyati, talaba yoshlarni milliy mafkuraviy karashlarni shakllantirish, jamiyatning ilg’or nufuzini kuchi sifatida sog’lom e’tiqodni , erkin fikrlovchi, komil insonlar bulish jarayonidagi urni va rolini aniqlash. Jahon pedagogikasida, ayniqsa taraqqiy etgan mamlakatlarda ta’limning amalga oshirilishi , istiqboli to`g`risida batafsil ma’lumotlar beriladi.
Fransiyaning ta’lim tizimi boy va qadimiy tarixga ega. bu yerda «Ta’lim haqida»gi Qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib, 1975 yilda unga bir qator o’zgartirishlar kiritilgan. 2004 yil 15 martda yangi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun qabul qilindi
Fransiyada ta’lim tizimining dastlabki bosqichini maktabgacha tarbiya tashkil etadi. Bu bosqichni «Onalar maktabi» deb ham yuritishadi. Bundan kuzlangan maqsad bolalarning maktabdagi sharoitini uz sharoiti Bilan yaqinlashtirish, ularga oiladagidek iliq munosabatni shakllantirishdan iborat.
Fransiya ta’lim tizimida bolalarning go`daklik chog’idanoq maktabda uqitish uchun tayyor xolda olib kelish g’oyat muxim masala hisoblanadi.
Germaniya maorifidagi asosiy muammo sobiq GDRdagi ta’limni bir xil milliy me’yorga solishdan iboratdir Asosiy vazifa sobiq GDR dagi ta’lim tuzilmasini Yangi me’yorga va ulchovga tushirish, oddiy usul bilan GFR dagi ta’lim tizimiga utkazib quyishdan iborat.
Ammo buning xam uziga xos muammolari bor. Birinchidan mablag’ masalasi bulsa, ikkinchidan sobiq GDR dagi ta’lim jarayoni qatnashchilarining bu uzgarishga munosabatidir.
Niderlandiya ta’lim tizimining shakllanish davri 1789 yilda Fransiya revolyutsiyasi natijasida paydo bo`lgan Bativ Respublikasi davriga to`g`ri keladi. Mamlakatning 75 foiz maktablari xususiy shaxslar, tashkilotlar va jamiyatlar tomonidan , jumladan xristian yoki katolik cherkovlari tomonidan tashkil etilgan. Bu mamlakat ta’lim tizimi 7-3-2 shaklidadir. Boshlang’ich ta’lim maktabgacha tarbiya bilan qushilgan.
Niderlandiyada qariyb 4 mln. yoshlar kunduzgi ta’lim oladi. Mamlakatda majburiy ta’lim pulsiz, katta yoshlar maktablari va oliygoxlari pullik.
O`qituvchi va tarbiyachilarning maoshlari davlat tomonidan tayinlanadi Ta’lim vazirligi Niderlandiyada eng qimmat turuvchi vazirlikdir. Unga davlat bir yilga 29,6 milliard gulden mablag’ sarf etadi. Bu davlat byudjetining 17 foizidir. Bu davlatning yer yuzida nufuzli o`rin olishida uning taraqqiy etgan ta’limi juda qo`l keladi.
Yaponiya ta’lim tizimlarining yuksak parvozi uz-uzidan bo`lgani yo`q. Uning xam o`ziga xos inqirozi va muammolari bo`lgan. Bularni to`liqroq tasavvur qilish uchun mamlakat pedagogik tamoyillari va maorif taraqqiyotining tarixiy bosqichlariga nazar tashlash maqsadga muvofiqdir.
Yapon ta’lim tizimining mumtoz shakllanishi 1867-1868 yillardagi mamlakat hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan isloxotlarga borib takaladi. Bu xukmdorning uz oldiga kuygan ilk qat’iy shiori bulib, biri «Fukkoki kioxsi» - boyish, mamlakatni mustaxkamlash va harbiylashtirish, ikkinchisi esa
«Siokusan kogio»-ilg’or G’arb ishlab chiqarish texnologiyasi asosida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish edi. Meydzi ikki maqsadni amalga oshirishning bosh omili ta’lim tizimlarini tubdan uzgartirish va yangilashda deb hisoblardi.
Yaponiya yuksak ilmiy kudratga ega mamlakatdir.U dunyoda ta’limni rivojlantirishga mablag’ sarf etishda AQShdan keyin ikkinchi urinda turadi.mamlakat ilmiy izlanishlarga xususiy sektorni qushib xisoblaganda, umumiy fanni rivojlantirishga ajratilgan mablagning beshdan turt kismi ajratilmokda. Keyingi 10-15 yilda tabiatshunoslik va texnologiya soxasidagi oliy uquv yurtlari rivojlantirildi, bunga ilmiy izlanishlarga muljallangan mablag’ning qariyb 60 foizi sarf etiladi.
Texnika taraqqiyoti yuqori saviyali mutaxassis va ishchilarga bo`lgan extiyojni kuchaytirib yubordi.
Rivojlangan mamlakatlarda 12-13 yoshgacha bo`lgan bolalarni umumiy majburiy va bepul uqitish joriy qilindi. Bu omil axoli savodxonligining oshishiga olib keldi, imtiyozli uquv yurtlari tarmog’i kengaydi. Biroq xalqning asosiy qismi qashshoq yashaganligi, yomon uy-joy sharoitlari, bolaligidan tirikchilik uchun pul topish zarurligi bir kator mamlakatlarda kuplab bolalarni ukishni oxiriga yetkazmasdan maktabni tashlab ketishiga majbur qilardi. Ayni paytda , ta’lim soxasidagi salbiy jixatlarni xam kurmaslik mumkin emas edi.
Chunonki, ba’zi mamlakatlarda yoshlarni millatchilik, irkchilik ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgandi.
Xususan, AQShda xalq maorifi tizimi irqchilik ruhida edi. Negrlarning bolalari uchun aloxida maktablarda oq tanlilarning bolalari uchun tashkil etilgan maktablardagiga qaraganda katta xajmda bilim berilar edi. Mamlakatda hukm surayotgan irqchilikka qarshi kurash masalasi Garriyut Bicher- Stounning «Tom tog’aning kulbasi» asarida uz ifodasini yaqqol topdi. Bu davrda Sharqda xalq ta’limi soxasida G’arbning yutuqlari tashviq qilina boshlandi. Yevropa ta’siri kuchaydi.
XX asr boshlariga kelib, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan tabiiy fanlarning jadal rivojlanishi, texnikaning yanada ildam taraqqiyoti diniy xurofotlardan xoli bo`lgan ilmiy dunyoqarashning mavkei mustaxkamlanishi uchun sharoit yaratdi Gumanitar fanlarda , birinchi navbatda, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, adabiyot va sotsiologiyada realistik vokelikni aks ettiruvchi asarlar yuzaga keladi. Bir qator olim va yozuvchilar insonlarning yaxshi yashashi uchun, demokratiya, tenglikni ta’minlovchi jamiyatni barpo qilish maqsadida shunga intiluvchi g’oyalarni ifodalovchi va ulug’lovchi asarlarni yuzaga keltirdilar.
Lekin, qanday qilib bulsa xam boylik tuplashga xarakat qilishni tasvirlovchi asarlar xam paydo bul- di. Bu davrda madaniyati , adabiyot va san’atning demokratik asosda rivojlanishi uchun sharoit yaratildi.Ayniqsa, bu narsa adabiyotda yaqqol uz ifodasini topdi, shu sababli tanqidiy realizm va naturalizm yuzaga keldi.
Tarixchilar insoniyat taraqqiyotining turli davrlari xaqida juda katta ashyoviy dalillar tupladilar . Bu davrda xam azaliy kurash yaxshilik va yomonlik urtasidagi kurash-mafkuraviy , g’oyaviy hayotning asosini tashkil qildi.
Gumanitar soha olimlari XX asr boshida ruy berayotgan Yangi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni urganishni kuchaytirdilar.
Bu davrda falsafa Fani xam rivojlanib davrga moslashdi. Ilgari ma’rifatparvarlik kuchli bulsa, endi inson huquqlariga e’tibor kuchaydi. Fanning rivojlanishi Bilan uning jamiyatdagi urnini belgilash, barcha ijtimoiy muammolarni xal etishda fanning ijobiy xodisa ekanligini asoslash kuchaydi.
Bu davrning mashxur faylasuflaridan biri Fridrix Nitshe (1844-1900) inson irodasi masalasiga katta e’tibor berdi. Inson borlig’ida maxluqlik va xoliqlik birlashib ketganini asoslashga harakat qildi U zardushtlik ta’siri ostida «Zardusht tavallosi» asarini yozdi. Bu asarda kuchli shaxslarni tarbiyalash g’oyasi ilgari suriladi.
Z.Freyd ( 1856-1939) - psixoanaliz nazariyasining asoschisi , dunyoga tanilgan olim. Uning asarlari XIX asr oxiri XX asr boshlarida yevropada adabiyot va san’atning rivojlanishiga katta ta’sir kursatdi . Freyd qilgan buyuk inqilobining mohiyati shundaki, u Dekartning inson to`g`risidagi tasavvurlarini inkor etib fenomenologik ( favqulodda, nodir) yondashuv yordamida ongsizlikni tahlil qilish mumkinligini asoslab berdi. Psixoanaliz an’analarga muvofiq ongsizlik bilib-bulmas jarayon deb tushuntiriladi.
Tarixiy taraqqiyotining davriy modeli, Dune dinlari ( buddaviylik, xristian, islom)ning barcha xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil ekanligi g’oyalari ilgari surildi. Shu tariqa cherkov vijdon erkinligi, diniy e’tiqod erkinligi , barcha dinlarining tengligi tamoyillariga toqat Bilan kunika boshladi.
Bu davrda jahon demokratik madaniyatining fondi Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari yozuvchilarining ijodi Bilan xam boyidi. Atoqli Yapon yozuvchisi A.Ryuneske novellalarida parazit mulkdorlar axloqining inqirozi, xalq ommasining umuiy kuchini anglash uz aksini topdi.
Hind gumanisti yozuvchisi R.Tagor ( 1861-1941) falsafiy teranligi va badiiy barkamolligi Bilan ajralib turuvchi romanlar, hikoya va she’rlar Bilan butun dunyoga mashxur buldi.
Frantsuz adibi Viktor Gyugo ( 1802-1885) uzining «daxshatli yil, « Dengiz zaxmatkashlari», «Xurlanganlar», «Tuqson uchinchi yil» kabi asarlarda zulmga , jaxolat va adolatsizlikka qarshi norozilik , bosqinchilikka nafrat , kurashchan xalqqa xayrixoxlik bildiradi va haqoratlangan mehnatkash insonning fojiali hayoti va kurashini tasvirlaydi.
Bu davrda, Yaponiyalik mashxur yozuvchi Simey Ftabateyning «Suzayotgan bulutlar», Roka Tokutominning «Kurasivo», «Yashamagan yaxshi» romanlari feodal qoldiqlariga qarshi, milliy qadriyatlarni asrashga xorijning ma’naviy tasviriga qarshi qaratilgan edi. Hindistonda bengal yozuvchisi Shorotchandra Chattopadnoy, shoir Muxammad Iqbol asarlari shaxar va qishloq xayotini yerkin tasvirladi, xalqni uyg’onishga undadi.
Shunday qilib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Fan va madaniyat ancha yuksalib insonlarning yaxshi hayot kechirishlari uchun xizmat qila boshladi.
Yüklə 28,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə