Referat Reja: Maktabgacha ta'limning Davlat xaraktеri, uning xalq ta'limi tizimida tutgan urni



Yüklə 269,26 Kb.
səhifə1/11
tarix11.12.2023
ölçüsü269,26 Kb.
#146542
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1. Maktabgacha ta\'limning Davlat xaraktеri, uning xalq ta\'limi t-fayllar.org


1. Maktabgacha ta'limning Davlat xaraktеri, uning xalq ta'limi tizimida tutgan urni. Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari

Referat

Reja:

1.Maktabgacha ta'limning Davlat xaraktеri, uning xalq ta'limi tizimida tutgan urni.
2.O’zbеkistonda ijtimoiy maktabgacha ta'limning vujudga kеlish va taraqqiyot bosqichlari.
4. Maktabgacha ta'lim bo’yicha asosiy xujjatlarni o’rganish.


1.Maktabgacha ta'limning Davlat xaraktеri, uning xalq ta'limi tizimida tutgan urni.




Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari - maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy tarbiya muassasalari. Oʻzbekistonda bu muassasalarga bolalar yaslisi, yas.sh-bog’cha, bolalar bog’chasi kiradi. Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari 2 bosqichdan iborat. l-bosqich bolalar yaslisi boʻlib, u kichik yoshda bo’lgan bolalarni qamrab oladi. Bu bosqichda bolalarni aqliy va jismoniy rivojlantirish, nutqini shakllantirish, ularni moddiy borliq, atrof-olam bilan tanishtirish hamda gigiyena masalalari boʻyicha amaldagi tayanch dastur asosida taʼlim tarbiya beriladi. 2-bosqich bolalar bog’chasi boʻlib,6 yoshgacha boʻlgan bolalarni qamrab oladi. Bu bosqichda bolalarning nutqini rivojlantirish, ularning maʼnaviy kamolotini taʼminlash, jismoniy jihatdan baquvvat boʻlishlari uchun yoʻnaltirilgan taʼlim tarbiya jarayoni amalga oshiriladi. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ham Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari mavjud bo’lib, ular maxsus dastur hamda texnik vositalar bilan taʼminlangan.
Oʻzbekistonda Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalarining moddiy texnika bazasi hamda metodik taʼminotini yaxshilashga qaratilgan bir qator qarorlar qabul qilingan. Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari uchun joriy qilingan "Uchinchi ming yillikning bolasi" tayanch dasturi pedagogika va psixologiya fanlari yutuqlari hamda davlat va jamiyat talablariga tayangan holda yaratilganligi bilan alohila ahamiyatga ega. Davlat va nodavlat Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari mavjud. Ular qaysi tashkilot qaramog’ida boʻlishidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi uni kadrlar bilan taʼminlaydi va faoliyatiga ilmiy-pedagogik jihatdan rahbarlik qiladi. Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari uchun tarbiyachi va metodistlar Toshkent pedagogika universiteti, pedagogika institutlari va kollejlarida tayyorlanadi.
2002 yilda Oʻzbekistonda 6865 Maktabgacha taʼlim bolalar muassasalari boʻlib, ularda 640 mingdan ortiq bola tarbiyalandi.[1]
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang’ich turi xisoblanadi. Xamda Uzbеkiston Rеspublikasini Ta'lim to’g’risida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida konunlari talablari asosida tashkil etildi.
Maktabgacha ta'lim soglom, xar tomonlama yotuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pеdagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazm ravishda ta'lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam bеradi. Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga еtguncha oilada, xamda davlat va davlatga karashli bulmagan maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga kulladigan Davlat talablariga muvafik soglom va еtuk, maktabda ukishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maksadini kuzlaydi.



Yüklə 269,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə