Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə15/48
tarix21.10.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#129803
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
140342-Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan V

Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar.
Asar o’n to’rt bobdan iborat. Dostonning dastlabki to’rt bobi an’anaga ko’ra
muqaddima bo’lib, beshinchi bobdan asosiy qism boshlangan. Bu boblarda, asosan,
bilimning axamiyati, jaxolatning zarari, til odobi, dunyoning foniyligi, saxovat va
baxillik, kamtarlik hamda axloqlilikning eng muxim xususiyatlari tarannum etiladi.
Asarda boshqa ta’limiy-axloqning asarlar kabi insonni barkamol etishning
asosiy belgisi bu uning xushxulqligidir, deyiladi. Shuning uchun adib asarda axlokiy
tarkibiy kismi sanalgan tilni tiyish, mol dunyoga muxabbat qo’iishning oqibatlari,
saxovat va baxillik, kamtarlik, jinoyat yo’lidan saklanish xaqida, xarom va
xalollikning farzlari, ularni bir-biridan farklay olish, e’tiqod va sadoqat kabi
muxyam masalalar ustida fikr yuritadi.
Ulug’likka etsang unutma o’zing,
Agar atlas kiysang, unutma bo’zing.
Qora bosh yag’isi qizil til turur,
Necha bosh edi u, yana ham eyur.
Ming er do’sting ersa o’qish ko’rmagil,
Bir er dushman ersa, ani ozlama.
Ulug’lar ne bersa, emasmen dema,
Ilig sur, og’iz ur, emasang ema.
Tiling bekta tutg’il tishing sinmasun,
Qolu chiqssa bekta tishing siyur.
Harislik ma erg’a yovuz xislat bo’l,
Harislik so’ng g’am, o’kinch hasrat ul.
3.5. Kaykovusning “Qobusnoma” asari va uning tarbiyaviy ahamiyati.
Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta’rif berilgan
javonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus «... barcha fikr va
tushunchalarim sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har
peshakim bilur edim, hammasini qirq to’rt bobda bayon etdim», deyish bilan har bir
yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’langan
holda kamolga etkazish yo’llari va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar
egallashi zarur bo’lgan quyidagi yo’nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazariyasi
ko’zda tutilgan: 1. Bilim olish haqida. 2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
3.Turmush va xulq-odob qoidalari haqida. 4. Jismoniy etuklik haqida.
Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va maoni, ya’ni ham
sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo’lish zarur bo’lib, bu xislatlar
ana shu yuqoridagi to’rt yo’nalishda zikr etilgan. Kaykovus Pifagor aytgan quyidagi
o’n xislatni har bir kishi o’zida tarkib toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o’zidan zo’r
kishi bilan urishmaslik; hasadchi kishi bilan birga jamoat o’rtasida o’tirmaslik:
riyokor, ikki yuzlamachi kishi bilan do’st bo’lmaslik: yolg’onchi kishi bilan
muomala qilmaslik: baxil bilan suhbatda bo’lmaslik; g’ayr, dushman kishi bilan
sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir erda o’tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror
kishi aybingni aytsa, shu aybni yo’qotishga harakat qilish; biror kishini ortiqcha
maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik; muxtoj bo’lgan odamni gina, qahr bilan
qo’rqitmaslik; gunohkorning gunohini avf etish; kichiklarga mehribon bo’lish; bir
ishni ikki kishiga buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson o’z
hayotida har bir daqiqada bunday hatti harakatlarga duch keladi.

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə