Pedagogika


“Zinama-zina” texnologiyasi



Yüklə 240,5 Kb.
səhifə8/9
tarix17.03.2023
ölçüsü240,5 Kb.
#102766
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sojida kurs ishi tayyor chqarwga

1.4. “Zinama-zina” texnologiyasi.


Ushbu metod o‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash hamda xotirlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatadi. Bu metod o‘quvchilar bilan yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o‘tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Metodning maqsadi: O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil kilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish.
Metodning qo‘llanishi: ma’ruza (imkoniyat va sharoit bo‘lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o‘tkazish hamda nazorat darslarida qo‘llanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatli qog‘ozlarda tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzular soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam)lar.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:

    • o‘qituvchi o‘quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani ma’qul);

    • o‘quvchilar mashg‘ulotning maqsadi va uning o‘tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga kog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo‘lgan varaqlar tarqatiladi;

    • o‘qituvchi a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida kog‘ozdagi bo‘sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi;

    • guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm, yokio‘quvchizma) ko‘rinishida ifoda etadilar. Bunda a’zolari kichik mavzu bo‘yicha imkon boricha to‘laroq ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi.

    • tarqatma materiallar to‘ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, auditoriya (sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi; o‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni

baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
Venn diagrammasi. Venn diagramma-grafik ko’rinishda bo’lib, olingan natijalarni umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqarishga, ikki va undan ortiq predmetni (ko’rinish, fakt, tushuncha) tahlil qilish va o’rganishda qo’llaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil bo’ladi.
Maqsad: ikki va undan ortiq predmet va tushunchalarni taqqoslashda, turli va umumiy tomonlarini aniqlashda bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Amalga oshirish bosqichlari:

  1. bosqich. O’quvchilar (sheriklari bilan) ikki doirani to’ldiradilar, har bir doiraga ikki tushuncha (predmet)ni e'tiborli tomonlari sanab o’tiladi.

  2. bosqich. O’quvchilarni kichik guruhlarga (4-5 kishidan iborat) birlashtirib, diagrammalarni taqqoslaymiz va to’ldiramiz.

  3. bosqich. Kichik guruh o’quvchilariga bu tushunchalarning (predmet, ko’rinishlarning) umumiy xossalarini aniqlashni taklif etamiz.

  4. bosqich. Biron bir guruh vakili har bir tushunchaning o’ziga xos tomonlarini o’qiydi. Boshqalar zarurat bo’lganda uni javobini to’ldiradilar.

  5. bosqich. Boshqa guruh vakillari ikki tushunchani birlashtiruvchi (umumiy) xususiyatlarni o’qiydi. Boshqalar zarurat paydo bo’lganda bu javoblarni to’ldiradilar.

“T-sxema” metodi. T- sxema metodida bahs davomida javoblarni (haG`yo’q, tarafdorG`qarshi kabi) yozib borishda universal grafik vosita bo’lib xizmat qiladi.
Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan so’ng, quyidagi ko’rinishdagi T- sxemani tuzish kerak:

Tarafdor


Muammo

Qarshi







Besh minutdan so’ng sxemaning chap tomonini to’ldirish lozim. Unda besh minut davomida o’quvchilar mavzuga oid nechta kategoriya o’ylab topishgan bo’lsa, shuncha kategoriya ko’rsatiladi. Keyingi besh minutda o’quvchilar sxemaning o’ng tomonini to’ldiradilar. Va nihoyat, yana besh minut mobaynida o’quvchilar o’zlarining T- sxemalarini boshqa juftlik yoki kichik guruhning T- sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar.


“Klaster” metodi. Klasterlarga ajratish – o’quvchilarga biror mavzu bo’yicha erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir.
Bu metod biror mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish, umumlashtirish hamda o’quvchilarni shu mavzu bo’yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Klasterlarga ajratish metodini qo’llash quyidagicha amalga oshiriladi:

  • tarqatma materialda mavzuga oid ochiq so’z yoziladi;

  • o’quvchilar ushbu so’z bilan bog’liq xayollariga kelgan so’z va jumlalarni uning atrofiga yoza boshlaydilar;

  • so’zlarni yozish jarayoni o’qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha so’z va qoidalar tugaguncha davom etadi.

Klasterga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e`tibor bermasdan yozib borish.

  2. Orfografiya va boshqa omillarga e`tibor bermaslik.

  3. Vaqt tugaguncha ko’proq bog’lanishlar hosil qilishga harakat qilish.

  4. G`oyalar va so’zlar sonini cheklab qo’ymaslik.

Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, informatika fanlarini o’qitish jarayonida interfaol metodlarni qo’llash o’quvchilar o’quv – biluv faoliyatini faollashtirishga yordam beradi va informatika fanlarini o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib keladi. Interfaol metodlarni o’quvchilarni guruhlarga bo’lib o’qitishda ham qo’llash orqali ularning o’quv – biluv faoliyatini yuksaltirish va mustaqil fikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin ekan. Bu metodlarni informatika darslarida qo’llash uchun esa fanning o’qitish hususiyatlarini yaxshi bilish lozim. Ya’ni har qanday informatika o’qituvchisi o’z mutahassisligi bo’yicha yetarli bilimlarga ega bo’lganidan so’ng, shu fanni o’qitish hususiyatlarini – kursni o’qitishning dolzarbligini, fanning o’qitilish sabablarini, o’qitish uslubiyotini va usullarini, o’qitish texnologiyasini, darslarda ma’ruza, seminar, amaliyot mashg’ulotlarini qanday tashkil etish kabi malakalarni yaxshi egallagan bo’lishi lozim.

informatika va dasturiy ta`minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga dasturlashni o‘rgatish zaruriyatidan voz kechish lozim;



  • informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish didaktik s’iral tamoyili asosida qurilishi kerak;

  • ishlab chiqilayotgan o‘quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urg’u berish asosidagina amalga oshirish mumkin;

  • shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo‘naltirilganlik;

- o‘qish vaqti resurslarini o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o‘quv ijodiy faoliyatini tashkil etish foydasiga qayta taqsimlash.
Innovatsion pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o‘z-o‘zini boshqarishi va o‘zini-o‘zi safarbar qilishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo‘nalishlaridan biri talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish bo‘lib, u talabalarning o‘kuv ishlarini faollashtirish va kasbiy ixtisoslashi -vuning faollashuviga olib keladi.
Amaliy mashq – mavzuda bayon qilingan nazariy bilim, qoida, formulani amalda, mashqlar ishlash jarayonida qo’llay olish ko’nikmasi (uquvi )ga ega bo’lish maqsadida tashkil qilinadi. Matematik darslarning deyarli hammasida amaliyot bilan bog’liq mashqlar bajariladi.
Mustaqil ishlash – ma’lum mavzular guruhi (bloki) tugagach, ularni bir tizimga solish, mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga mustaqil amaliy ish, faoliyat bilan shug’ullanish, darslik, masalalar to’plami bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish. Masalan, mustaqil ish algebraic kasrlar ustida to’rt amalgam oid bo’lishi mumkin. Mustaqil ish yozilgan varaq har bir o’quvchiga alohida berilishi mumkin. Uni muallim avvaldan tayyorlab qo’yadi.
O’quvchilarning juft-juft muloqotda bo’lishi – biror mavzuga oid masalani hal etishda o’quvchi o’zining qilayotgan ishini yonida o’tirgan (u bilan juftlikda bo’lgan) o’quvchiga tushuntiradi. Masalan, juftlikdagi biro’quvchi masalaning sharti va savolini tahlil qilishdan uni to’la yechishga olib boruvch barcha ishlarni, mulohazalarni o’rtog’iga tushuntiradi. U o’z navbatida, masalaning yechilishini birinchi o’quvchiga tushuntiradi ya’ni juftlikdagi o’quvchilar navbatma-navbat o’qituvchi vazifasini (rolini) bajaradilar.
Umumiy o‘rta ta’lim DTS o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya, ta`lim dasturlari, umumdemokratik printsiplarda tashkiliy – boshqaruv funktsiyalarni rivojlantirish, o‘quvchilarga shaxs sifatida qarash, o‘quv-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy muassa sifatida maktab huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib umumta`lim maktablarining asosiy yo‘nalishlarini aniqlaydi.
O’quvchilarni guruhlarga bo’lib ishlash orqali o’rgatish – bunda sinfdagi o’quvchilar guruhlarga ajratildi. Har bir guruhda 5-6 tadan o’quvchi bo’lishi mumkun. Guruhlarga vazifa aniq va ravshan qo’yilishi kerak. Guruhdagi o’quvchilar qo’yilgan vazifa bo’yicha fikr-mulohazalarini o’rtaga tashlab, umumiy bir fikrga keladilar. Bu fikrni guruh nomidan biror o’quvchi sinfga taqdim etadi.
O’qituvchi guruhlarni faolyatini izohlaydi va baholaydi.
Bunday ishlashda o’quvchilar: bir-birlarini o’rganadilar, har bir guruhni nuqtai nazarini, fikrini hurmat qilishga; o’z fikirlari, mulohazalarini asoslashga, ko’pchilikka etkaza olishga o’rganadilar.
O’qituvchi mavzu, topshiriqlar ro’yxatini avvaldan tuzib qo’yadi.
Rolli o’yinlar- mavzuga mos vaziyatni sahnalashtirish, rollarga bo’lib ijro etish. Ssenariy shunday tuzilishi kerakki, sahnadagi ijrochilarning bilim olishlariga, ko’nikmalarini egallashlariga yordam bersin. O’qituvchi qaysi mavzularni sahnalashtirish uchun qulayligini har tomonlama o’ylab ko’radi; ular ro’yxatni tuzadi va a’lochi o’quvchilar birlashib ssenariy yozadi.
Matematik diktantlar – o’quvchi bilimining baholashning joriy nazorat shakllaridan biri. Bunda soda mashqlar bilan bir qatorda, ma’lum bir mavzular majmuasiga oid va tushunchalarni o’quvchining qay darajada o’zlashtirilgani aniqlanadi.
Tanlovlar – ma’lum bir mavzular guruhi bo’yicha olingan bilimlarni, ko;nikmalarni tekshirish, baholashni maqsad qilib qo’yiladi. Bu tadbir savol- javoblar musobaqasi, viktorina, matematik devoriy gazetalar(ro’znomalar), mavzu bo’yicha yozilgan referatlar tanlovi (konkrusi) ko’rinishida o’tkaziladi.
Konferensiyalar – har chorakda o’takazilishi mumkun, ularni ham oraliq nazoratning bir turi deb qarasa bo’ladi. Bunda, o’quvchilar o’zlari mustaqil yozgan ishlarini sinfga ma’ruza shaklida taqdim etadilar.
Ishlar ma’lum mavzularga bag’ishlangan bo’ladi. Har bir sinfdan bir nechta maqbul deb topilgan ishlar bo’yicha o’quvchilarning maktab informatika koonferensiyasini o’tkazish ham mumkun.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men ushbu kurs ishida o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq kilish” mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritdim.
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizni Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek,
«Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki , zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor…».
Zero ta’lim jarayonini tashkillashda axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan ma’lumotlar esa bu axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega.
Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib, ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga erishish ko’p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta’limda o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini o’rgatadi. U nafaqat o’quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi, predmetlararo bog’lanish tufayli maqsadlar turli darajada namoyon bo’ladi: masalan informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va darajalari kuydagilardan iborat:

  • Informatika va axborot texnologiyalariga bog’liq bir necha fanlarni birlashtirib, maxsus kurslar yaratish;

  • Informatika va axborot texnologiyalar o’quv fanlarining turli bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish;

  • bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish;

  • bilimlarni umumlashtirish asosida axborot texnologiyalar bo’yicha yaratilgan kurslarni o’rganish.

Yüklə 240,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə