Pedagogika va psixologiya


Egotsentrizmning kelib chiqish sabablari



Yüklə 70,1 Kb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü70,1 Kb.
#133676
1   2   3   4   5   6   7
Axmedova Charos “Maktabgacha yosh davrida egotsentrizmning shakl-fayllar.org

2.2. Egotsentrizmning kelib chiqish sabablari
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar pozitiyasi (holati) sifatida egotsentrizm ildizi nimadan iborat? J.Piaje ularni bolalar faoliyatining o‘ziga xos xarakterida (masalan, ota-onaning g‘amxo‘rligi bolaning barcha moddiy ehtiyojlarini oldindan bajarib qo‘yadi va u deyarli ziddiyatli narsalar bilan uchrashmaydi) bolani nisbatan kechroq ijtimoiylashuvida, ijtimoiy muhitga 7—8 yoshdan oldinroq moslashmasligida ko‘radi.
Egotsentrizmni bartaraf etish uchun subyekt sifatida o‘z «Men»ini anglash va obyektdan subyektni ajratish boshqalar bilan o‘z nuqtayi nazarini muvofiqlashtirishga o‘rganish zarur. Egotsentrizmni pasayishiga yangi bilim qo‘shilmasdan, balki oldingi yondashuv o‘zgarganligi bilan izohlanadi. Kattalar bilan munosabat ko‘proq majbur qilish munosabatidir u bolani o‘z subyektivligini anglashiga olib kelmaydi. 0 ‘zi haqidagi bilimlarni rivojlantirishi ijtimoiy o‘zaro ta’sirdan sodir boladi, bu munosabatda bolaning tengdoshlari bilan hamkorlik qilish juda muhimdir. Bunday tarzda asta-sekin bilish tendensiyasi markaziy ba’zi bir vazifalarni mahalliyga berilishi sodir bolib ijtimoiylashgan fikr egotsentrizmni siqib chiqaradi va egotsentrik nutq yo‘qolib, yo‘q bolib ketadi.
J.Piaje qarashlarini L.S.Vigotskiy tomonidan tanqidiy tahlili.
J.Piajening egotsentrik nutq vazifasi va taqdiri haqidagi farazidan gumon qilib, L.S.Vigotskiy rus psixologiyasida birinchi bo’lib bolalar egotsentrizm fenomenining nazariy tahlili va eksperimental tadqiqini (o‘tkazgan) ochib bergan. L.S.Vigotskiy bolaning rivojlanishida egotsentrik nutqni yuzaga kelishi haqida o‘z farazini taklif qilgan. U egotsentrik nutqni «o‘zi uchun nutq» sifatida tashqi ijtimoiy nutqdan ichkiga o‘tish bosqichi sifatida talqin qilgan. Bundan kelib chiqib ichki nutq rivojlanishining boshlang‘ich shakli sifatida egotsentrik nutqning tuzilish shakli sifatida o‘ziga xos xususiyatlari xarakterlidir: vaziyatda chetda bo‘lgan atrofdagilar uchun tushunarsizlik, qisqartirilganlik, tushirib qoldirishga moyillik, egotsentrik nutq kattalarning ichki nutqi bilan uni yaqinlashtiruvchi, juda muhim vazifani bajaradi: bola xulq-atvorini rejalashtirish, tashkillashtirish va boshqarish (funksiyasi) vazifasi. L.S.Vigotskiy egotsentrik nutq vazifalarini bunday izohlanishini isbotlash uchun qator o‘ziga xos eksperimental usullarni qollagan. Masalan, bolalarning erkin faoliyati jarayoniga buzilishlar va qiyinchiliklarni kiritish ma’lum bir vaziyatni bolada kerakli qalam, qog‘oz bo'yoqni mavjud emasligi. Ma’lum bo‘lishicha, qiyinchilik vaziyatida egotsentrik nutq koeffitsienti deyarli ikki martaga oshgan. Bola yuzaga kelgan vaziyatni anglashga harakat qilib o‘z-o‘zi bilan mulohaza yuritadi: «Qalam qayerda endi qizil rangda chizib suv bilan ho‘llayman (namlayman), u qorayadi va ko‘k rangga o‘xshab qoladi». Singan qalam tramvay g‘ildiragini to‘g‘ri chizib tugatishga imkon bermasligi rasm sujetini o'zgartirishga undaydi, keyin gap tramvayning ishdan chiqishi va uni sozlash haqida ketadi. Egotsentrik nutq funksiyasi xulq-atvorning murakkab uyg‘unligidir (ritmligi) yanada keng ma’noda murakkab vaziyatdan chiqish rejasini ishlab chiqish kelgusidagi xatti-harakatlarni fikrlash, rejalashtirish va boshqarish vositasidir. 4
Shu o‘rinda bunday rol haqida J.Piaje quyidagi fikrlarni bildirgan: bola o‘zining xatti-harakatlari xususida faqat ovoz chiqarib o‘ylasaa, sira hech nimani hech kimga aytishni xohlamaydi. Bunday tarzda egotsentrik nutq taqdiri uning xususida butunlay ichki nutqqa tubdan o‘zgartirish bilan bog‘liq. J.Piajening egotsentrik nutq haqidagi dastlabki tasavvurlarini (J.Piaje egotsentrik nutqni ta’limotining negizi sifati ko‘rib chiqqan) L.S.Vigotskiy buzib, egotsentrizm fenomenining o‘zini inkor qilgan. J.Piaje hamkasbining egotsentrik nuqtayi nazarini rivojlanish yo‘llari haqidagi aytgan farazining ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etgan. U egotsentrizm individualizm emasligini o‘z «Men»ini anglashni haddan ortiq oshib ketmasligini, balki bilish istiqbollarini o‘zgartirishini oldindan detentratsiya qila olmaslik ekanligini e’tirof etib, yana bir bor egotsentrizm tushunchasiga oydinlik kiritgan. J.Piaje fikriga ko‘ra, egotsentrizm fenomeni umumiy xarakterga ega bo‘lib, nutq sohasida faqat uni ifodalash
bilan bog‘lab berilmaydi. Bilish egotsentrizmi, xususan kattalarda fikr-mulohaza yuritganda yoki bilish jarayonida o‘zining obyektiv holatini hisobga olmaganda (dastlabki faoliyat davrida ma’ruza o‘qiyotgan o‘qituvchi o‘zi qay darajada bilsa, taxminan shu darajada talabalar biladi, deb o‘ylashi mumkin) kuzatiladi.

Yüklə 70,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə