Pedagogikaning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə5/6
tarix06.09.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#121378
1   2   3   4   5   6
Slayd umumiy ped

Test sinovlar metodi- bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig’ib olish metodidir; Test sinovlarini(anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon; Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to’ldirilgan anketalar soniga bog’liq bo’ladi; Maktab hujjatlarini tahlil qilish usuli – bunda o’quvchilarning umumiy miqdori, uning o’sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o’quvchilarning fanlar bo’yicha o’zlashtirish darajasiga, sinfdan qolishning oldini olish, Rag’batlantirish va jazolash choralari turlariga, maktabning moddiy bazasiga e’tibor beriladi Eksperiment-tajriba-sinov usuli- Ushbu tajriba asosan ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi;

Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli- xalq ta’limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag’larning doimiy o’sib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali qurollar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo’jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’lar statistika usuli orqali aniqlanadi; Matematika va kibernetika usullari- o’qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o’qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish differentsial va individual ta’lim berish, maktab hisobotini mashinalar yordamida to’zish kabi jarayonlardir;

Nazorat savollari

  • Pedagogika fani nimani o’rganadi?
  • Pedagogika fanining vazifalari nimalardan iborat?
  • Sharq pedagogikasi namoyandalaridan kimlarni bilasiz?
  • Pedagogika fanining tarmoqlari haqida tushuncha bering?
  • Tarbiya nima?
  • Ta’lim nima?
  • Ma’lumot nima?
  • Ta’lim va tarbiyaning birligi deganda nimani tushunasiz?
  • Asosiy ilmiy tadqiqot metodlarini tushuntiring?


Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə