Pedagogs international research journal


Qalamda yozdi. Borgani haqida gapirib bеrdi - Borganini gapirib bеrdi. Biroq



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix15.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#105671
1   2   3   4   5
4-8

Qalamda yozdi. Borgani haqida gapirib bеrdi - Borganini gapirib bеrdi. Biroq 
hamma vaqt ham ko‘makchi o‘rnida kеlishik qo‘shimchasi ishlatilavеrmaydi: 
Do‘stiga yordamlashdi gapida jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida 
ko‘makchini qo‘llab bo‘lmaydi. 
1.2 Yordamchi so'zlar ichida bog'lovchilar guruhi ham uyushiq bo'laklari va 
qo'shma gap tarkibidagi soda gaplarni bir-biriga bog'lashda katta o'rin 
tutadi.Bog'lovchilar gap bo'lagi vazifasida kelmaydi, biroq mazmun va gap 
tushunarliligini ta'minlaydi. Masalan: Tanalaridagi ozgina namlik bilan ularga hayot 
baxsh eta boshlashdi, ammo kunlar o'tgan sari bargchalar kattalashib ko'proq suv, 
ko'proq ozuqa so'ray boshlashdi. (X.To'xtaboyev) Mazkur mavzuni o'rganishda 
ohang va bog'lovchilarning o'zaro vazifadoshligini unutmaslik kerak.
Yordamchi so'zlarning yana bir katta guruhini yuklamalar tashkil etadi. Bu 
guruhdagi so'zlarni o'rganishda berilgan gaplarni o'zaro qiyoslab, ma'no farqlarini, 
bu farq nima bilan berilayotganligini aniqlash lozim. Masalan: qushlarga uy qurib 
berdim/ qushlarga uy qurib berdim-ku. Sinfda badiiy kitob o'qildi/ Sinfdagina badiiy 
kitob o'qildi/Azizagina raqs to'garagiga qatnashadi. Berilgan yuklamalarning 
ma'nosiga ko'ra guruhlarga bo'linishi ham muhimdir.
 
 


PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-6, Issue-1, March-2022
 
8 
Xulosa 
Boshlang‘ich ta‘limning davlat ta‘lim standartlarida ,,ona tili ta‘limi 
bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, hozirgi davrda yosh 
avlodning yuksak intellektual salohiyatli, zukko va ma'rifatli, barkamol shaxslar 
bo‘lib hayotda munosib o‘rnini topishi madaniyatlilik va ma'naviyatlilikning 
shartlaridan biri hisoblangan imlo savodxonligiga ham bevosita bog‘liqdir. Imlo 
qoidalarini yaxshi bilish ya'ni imloviy savodxonlik jamiyatning teng huquqli a'zosi 
bo‘lish uchun ham zarurdir. 
Hozirgi maktab grammatikalaridagi So‘z turkumi yaʼni so‘zlarni 
turkumlariga ajratish qadimgi davrlarga borib taqaladi. Milloddan avvalgi 4-asrlarda 
Aristotel So‘z turkumini 7 ga, mil. av. 5-asrlarda hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 
ga boʻlganlar. Keyinroq, milloddan avvalgi 2—1-asrlarda aleksandriyalik filologlar 
Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, 
semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (otism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, 
ko‘makchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son 
guruhlarini qamrab olgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab 
grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil 
so‘zlarni "ism" termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (o‘rta asrlar va 19—20-
asrlarda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga 
oshirilgan bo‘lsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda 
bajarilgan. Turli tillarda so‘z turkumi soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. 
Masalan: So‘z turkumi soni hozirgi rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 
10—12 ta deb (turli darsliklar) ko‘rsatiladi. Bular 6 ta mustaqil (ot, sifat, son, 
olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta 
alohida (undovlar, taqlid soʻzlar, modal so‘zlar) so‘z turkumlaridir. So‘z turkumi 
sonining barqarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish 
zarurligini ko‘rsatadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə