Pedagogs international research journal


PEDAGOGS   international research journal



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix25.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#90092
1   2   3   4   5
321-325

PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-6, Issue-1, March-2022
 
324 
edilar. 1843 yilda mahalliy yahudiylarga Samarqandning sharqiy qismidan 2,5 
gektar yerni 10000 kumush tangaga sotish haqida shartnoma tuzildi. Bu shartnomani 
yahudiylar jamoasining 32 a’zosi imzoladi, davlat uning haqiqiyligini to‘rt muhr 
bilan tasdiqladi. Shunday qilib, yahudiylar o‘zlarining birinchi mahallalariga ega 
bo‘ldilar. Jamoa boshlig‘i Moshe Kalontar sotib olingan yerda qurilishlar qilish 
uchun yahudiylardan pul yig‘di. Ular yangi joyda birinchi bo‘lib Bani Isroil 
qabilalari soniga mos 12 ta hovlida uy-joy, maktab, hammom, sinagoga qurdilar. 
XIX asrning 80-yillarida buxoro yahudiylaridan 1,5 mingga yaqini, XX asrning 20-
30-yillari esa - 4 mingga yaqini yahudiy tilida o‘qish uchun Falastinga ko‘chib 
ketgan. O‘rta Osiyoda 1940 yilgacha yahudiylarning ivrit tilidagi maktablari, davriy 
va maxsus nashrlari mavjud bo‘lgan. 1932 yilda Samarqandda yahudiylar teatri 
tashkil qilingan. Keyinchalik yahudiy tilida o‘qitish va madaniy faoliyat yuritish 
to‘xtatilgan. SSSR parchalanib ketguniga qadar Buxoro yahudiylari asosan (28396 
kishi) O‘zbekiston hududida istiqomat qilganlar. Yahudiylarning turmush tarzlari, 
urf-odatlari qadimiy yahudiy, fors va mahalliy madaniy an’analarning 
qorishmasidan iborat. Tarixning turli jarayonlarida bu uch madaniyatdan 
ba’zilarining ta’siri kuchayishi yoki aksincha, susayishi kuzatilgan. Yahudiylikda 
ovqatlanishda qat’iy cheklovlar (kosher qoidalari) mavjud. Iste’molda 
foydalaniladigan mol, qo‘y, echki kabi hayvon go‘shtlarini muayyan diniy qoidalar 
asosida so‘yilishi lozim hisoblangan. «Shoxet»lar (qassoblar) hayvonni so‘yishdan 
avval uning terisi, o‘pkasi, jigari sog‘lom bo‘lishi, qorni yorib ko‘rilganda uning 
ichida o‘limiga sabab bo‘luvchi jismlar (tosh, temir, oynak) bo‘lmasligini tekshirib 
ko‘radilar. Shuningdek, so‘yilgan hayvon go‘shti tarkibidan qoni butunlay chiqarib 
yuborilishi kerak bo‘ladi. Baliq go‘shtini tanovul qilganda, uning tangali va 
suzkichli bo‘lishiga e’tibor qaratilgan. Buxoro yahudiylari orasida islom dinini 
qabul qilganlar ham bo‘lib, bundaylar chala deb yuritilgan. Islomni qabul qilgan 
yahudiylar musulmonlar orasida yashaganlar. Biroq ko‘p hollarda ular o‘zlarining 
eski urf-odatlarini yashirincha saqlab qolganlar. Buxoroda Eshoni Pir mavzeida 100 
tacha, Chor karvonsaroy mavzeida esa bir nechta mana shunday chala yahudiy 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə