Pedagogs international research journal


PEDAGOGS   international research journal



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#90092
1   2   3   4   5
321-325

PEDAGOGS 
 international research journal
www.pedagoglar.uz
 

Volume-6, Issue-1, March-2022
 
322 
dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir 
xildagi 
shartlar 
qo‘yilishini 
ta’minlovchi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi: 
«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan 
dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. 
Diniy 
qarashlarni 
majburan 
singdirishga 
yo‘l 
qo‘yilmaydi». 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasida 
vijdon 
erkinligining 
ta’minlanishi, barcha fuqarolarning bir xil huquq va erkinliklarga, jumladan, e’tiqod 
erkinligi huquqiga egaligi, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi 
ko‘rsatilgan. 
XIX asrda paydo bo‘lgan bir tarafdan «din — afyun», ikkinchi tarafdan 
«Darvinning o‘zi maymundan tarqagan» kabi da’volar asorati hozirgi kunda ham 
seziladi. Fan va din o‘rtasidagi kurashga siyosatning aralashuvi bir qancha fojialarni 
keltirib chiqardi. Ayniqsa, hokimiyat «jangovar» ateistlar yoki teokratlar qo‘liga 
o‘tgan paytlarda o‘rta asrlar jaholatidan qolishmaydigan zo‘ravonlik qo‘llanildi. 
Insonlar majburiy ravishda dindan chiqarildi, dinning soxta ta’limot, jamiyat uchun 
zararli ekanini targ‘ib qilish ishlari keng olib borildi.
MAVZUNING DOLZARBLIGI: XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyoda 
xonliklar hukmronligining inqirozli davrida diniy siyosat. 
MAVZUNING YANGILIKLARI: 
XIX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek xonliklarining ayniqsa tarqoqligi
mudofaa masalalarida mustahkam bitim tuzmaganligi, turkiy mamlakatlar 
musulmon davlatlari bilan diplomatik aloqalarni kuchaytirmagani barcha 
noxushliklarga sabab bo‘ldi. Shuning uchun ham bu davrdagi ijtimoiy-siyosiy va 
iqtisodiy hayotni an’anaviy shaklda o‘rganishimiz maqsadga muvofiqdir. O‘sha 
zamonlarda o‘zbek xonliklarida boshqaruv usulining eskicha shakli yuritilar edi. 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə