3- mavzu: Qadimgi turkiy til predmeti, maqsad va vazifalari Qadimgi turkiy yozuvlar



Yüklə 350,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix25.09.2023
ölçüsü350,69 Kb.
#123827
  1   2   3   4   5
3-ma`ruza



3- mavzu: Qadimgi turkiy til predmeti, maqsad va vazifalari 
Qadimgi turkiy yozuvlar 
Reja: 
1. Kirish 
2.Oltoy davri tili 
3. Xun davri tili 
4.Turkiy yozuvlar tarixi. 
Qadimgi turkiy til davri barcha turkiy urug„ va qabilalarning umumiy tili sifatida 
VII-XIII asrlarni o„z ichiga oladi. Qadimgi turkiy til o„zining kelib chiqishi va 
rivojlanishi jihatidan oltoy va xun tili davrlari bilan uzviy ravishda bog„langan. Bu davr 
tili haqida B.Ya.Vladimirtsov quyidagi fikrlarni bayon qiladi: «…mo„g„ul tili turk va 
tungus tillari bilan birga o„zlarining bir umumiy ajdodiga ega bo„lganki, uni shartli 
ravishda oltoy tili deb atash mumkin. Oltoy tili hozircha ma‟lum emas, ya‟ni oltoy 
tilining rivojlanishi jarayonida tashkil topgan mo„g„ul, turk, tungus tillari ma‟lum. Bu 
davr turkiy tillar taraqqiyotining birinchi, eng qadimgi bosqichi bo„lib, fanda u oltoy til 
birligi nomi bilan yuritiladi. Bu davrda hali turkiy tillar mo„g„ul tillaridan mo„g„ul tillari 
esa, o„z navbatida, tungus-manchjur tillaridan ajralib chiqmagan edi, ular bir til birligi 
sifatida qo„llanar edi. Shunday qilib, qandaydir eng qadimgi tilning bo„lganligi taxmin 
qilinadi. Bu tilga xos umumiy leksik, fonetik va grammatik belgi-xususiyatlar esa hozirgi 
mo„g„ul, turkiy va tungus-manchjur tillarida saqlanib qolgan». 
Oltoy davrining xarakteri, bu davrda yashagan xalklar va ularning tili haqida aniq 
ma‟lumotlar beruvchi tarixiy yodgorliklar yo„q. Bu davr tilining ayrim xususiyatlari 
qadimgi o„lik tillarning eng qadimgi belgilari bilan hozirgi jonli tillarni tarixiy-qiyosiy 
usul asosida qiyoslab o„rganish orqali taxminiy ravishda aniqlanishi mumkin. Tarixiy 
taraqqiyot jarayonida tillarning qo„shilishi, ajralib ketishi natijasida oltoy davrining 
oxirlarida bu tillar tabaqalanadi va ikkita katta til guruhlariga bo„linadi, ya‟ni tungus-
manchjur va turk-mo„g„ul tillar guruhlari ajralib chiqadi. O„z navbatida ijtimoiy-siyosiy 
munosabatlarning o„sishi, ajralib chiqishi, farqlanish jarayonining davom etishi asosida 
bu tillarning har qaysisi asta-sekin o„ziga xos leksik, fonetik va grammatik 
xususiyatlarga ega bo„lib boradi. Buning natijasida xun davrining oxirlarida turk-mo„g„ul 
til birligidan turk tillari va mo„g„ul tillari ajralib chiqadi. 
Turkiy tillarning eng qadimgi davrlardagi taraqqiyotining ikkinchi bosqichi xun 
davri hisoblanadi (eramizgacha III asrdan eramizning IV asrigacha). Bu davrda Markaziy 
Osiyodan Sharqiy Evropagacha bo„lgan katta hududda qudratli Xun imperiyasi tuziladi. 
Bu imperiya juda ko„p turk-mo„g„ul, tungus-manchjur va boshqa qabilalarni birlashtiradi. 
Eramizning I asri oxirlarida o„zaro ichki urushlar natijasida Xun davlati ikki qismga – 
G„arbiy xun va Sharqiy xun davlatlariga bo„linadi. Keyincha bular asosida g„arb va 
sharqda turklar boshchiligida bir qancha qabila ittifoqlari mustahkamlanishi ko„p jihatdan 
turkiy qabilalar va tillarning rivojlanishiga katta ta‟sir qiladi, ular umumiy belgilarini 
saqlagan holda, asta-sekin o„zlariga xos xususiyatlarni ham hosil qila boshlaydilar, 
natijada bu barcha turkiy tillarning ikki guruhga – sharqiy va g„arbiy turkiy tillarga 
bo„linishiga olib keladi. Bu davrdagi turkiy tillarning xususiyatini ko„rsatuvchi tarixiy 
manbalar yo„q. V.V.Bartolьd chuvash tili bo„yicha tadqiqotlariga asoslanib, xun 


davridagi til chuvash tili bilan umumiylikka ega bo„lgan, buni venger tilidagi turkiy 
unsurlarning chuvash unsurlari bilan o„xshashligi ham tasdiqlaydi, degan fikrni ilgari 
suradi. 
Xun davrida turlicha turk, mo„g„ul, tungus-manchjur qabilalari tillarining o„zaro bir-
biriga ta‟sir qilishi, qo„shilishi, chatishib ketishi va qayta tashkil topishi jarayonida o„sha 
vaqtda Markaziy va O„rta Osiyoda hamda Sharqiy Evropada yashagan qadimgi eroniy, 
xitoy, sanskrit va slavyan qabilalari tillarining ishtiroki ham bo„lgan. 
Xun davrida turkiy tillar ham ko„pgina urug„ va qabilalarning tillari sifatida mavjud 
edi va ularga xizmat qilar edi. Bu davrda ularning 
r-l
tillari (qadimgi avar, bulg„or va 
hozirgi chuvashlarning o„tmishdoshi) hamda 
z-sh
tillariga (qadimgi o„g„uz, qirg„iz, 
qarluq va qipchoqlar) ajralishi davom etardi. Fonetik qurilish va leksikadagi
-s/z
va 
l-sh/j
tarzida moslashish hodisasining qoldiqlarini hozirgi oltoy va bir qator turkiy tillarda 
uchratish mumkin: 
r-s/z, bas-bormoq
va 
bir-bormoq

kөz va kөr
(ko„rmoq), 
l-sh/j; besh
va 
belek-tirsak
(chuvashcha 
pilek-besh
), 
bïsh-bulg‘a
-
aralashtirmoq
kabi. Shu bilan birga, 
bu davrda mayda-mayda turkiy qabilalarning tabaqalanishi va bir-biriga qo„shilishi, 
birlashishi jarayoni ham davom etar edi. 

Yüklə 350,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə