3- mavzu: Qadimgi turkiy til predmeti, maqsad va vazifalari Qadimgi turkiy yozuvlar



Yüklə 350,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.09.2023
ölçüsü350,69 Kb.
#123827
1   2   3   4   5
3-ma`ruza

Qadimgi turkiy til davri
.
Bu davrda turkiy urug„ va qabilalar xun (ham sharqiy 
xun, ham g„arbiy xun) davlati tarkibiga kirar edi. VI asr o„rtalarida turklar kuchayib, yirik 
bir qabila ittifoqiga birlashadi, qo„shni qabilalarni engib, 552 yilda o„zlarining mustaqil 
davlatlarini – turk xoqonligini barpo qiladi. 555 yilga kelib, Markaziy Osiyodagi xalqlar 
Manjuriya va Enasoy qirg„oqlarigacha bo„lgan erlarni o„zlariga qaratib oladilar. Harbiy 
va va siyosiy qudrati asta-sekin kuchayib borgan turk xoqonligi eftalitlar davlatini tor-
mor qiladi, Amudaryo va Orolgacha bo„lgan joylarni, VI asrning 70-yillarida esa 
Shimoliy Xitoydagi Chjou va Tsi davlatlarini bosib oladi. Xoqonlikning chegarasi 
Amudaryodan Hindistongacha cho„zilar edi. Ammo qabilalar o„rtasidagi o„zaro urushlar 
hamda Xitoyning kuchayib ketishi va bu urushlarga aralashuvi natijasida VI asrning 80-
yillarida turk xoqonligi parchalanib, Sharqiy turk xoqonligi va G„arbiy turk xoqonligiga 
bo„linib ketadi. 
Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda o„z hokimiyatini o„rnatadi, VII asrning 2-
choragida Xitoyga qaram bo„lib qoladi. 681 yilda hoqon qutlug„ (Ilterin) va uning 
maslahatchisi Tonyuk mustaqillikni qo„lga kiritadilar. Sharqiy turk hoqonligining keyingi 
kuchaygan davri 682-745 yillarga to„g„ri keladi. Hoqon Qopog„on (691-716 yillar) 
davrida turklar Samarqandgacha borib etadilar. Hoqon Bilga vafoti (734 yil)dan keyin 
kuchaygan o„zaro urushlar natijasida Sharqiy turk hoqonligi parchalanib ketadi, 745 yilda 
esa uyg„urlar tomonidan bosib olinadi. 
Markazi Ettisuv bo„lgan G„arbiy turk hoqonligi esa mustaqil davlat sifatida VII 
asrning 1-yarmida Sharqiy Turkistondan Kaspiy dengizgacha bo„lgan erlarda o„z 
hukmronligini o„rnatadi. Qo„shni davlatlar bilan savdo-sotiq ishlari rivojlanadi. 
Samarqand, Buxoro, Choch (Toshkent), Marv, Chorjo„y kabi katta shaharlar obod 
bo„ladi. Ammo Xitoy va shimoliy qo„shni davlatlarning hujumi, ichki o„zaro feodal 
urushlar natijasida G„arbiy turk hoqonligi tugatiladi. Turklarning bir qismi Sharqiy 
Turkistonda o„zlarining ittifoqini barpo qiladi, Ettisuv va uning atroflarini esa turgeshlar 
qo„lga kiritadi. Keyinroq esa bu erlar Oltoydan ko„chib kelgan qarluqlar qo„liga o„tadi. 
O„g„uzlar esa g„arbga tomon yurish qilib, VIII asrda Sirdaryoning quyi qismi havzasida, 
Qoraqumgacha bo„lgan hududda o„z davlatlarini barpo qiladilar. 


Turkiy tillar taraqqiyotining uchinchi bosqichiga, ya‟ni qadimgi turkiy davrdagi 
turkiy urug„ va qabilalar, ularning tillariga oid juda ko„p yozma manbalar, tarixiy 
yodgorliklar mavjud. Jumladan, turk hoqonligi tarkibiga kirgan turkiy urug„lar va 
ularning tillari O„rxun-Enasoy yodgorliklari orqali aniqlangan. O„rxun-Enasoy 
yodgorliklarining ko„pchiligi rus olimlari tomonidan topilgan. Bular orasida, ayniqsa, 
sibirlik o„lkashunos N.M.Yadrinsev tomonidan 1889 yilda Mo„g„ulistonda O„rxun 
daryosi bo„ylaridan topgan yodgorliklar katta ahamiyatga ega. Xuddi shunday 
yodgorliklarning kattagina bir qismi Enasoy daryosining yuqori qismidan va 
Qirg„izistondagi Talas vodiysidan, shuningdek, Baykal ko„li atroflari, Lena daryosi 
sohillaridan ham topilgan. 
O„rxun-Enasoy yodgorliklari, asosan, toshlarga o„yib bitilgan yozuvlardan, idish, 
tangalar kabi buyumlarda va qog„ozlarga yozilgan bitiklardan iborat bo„lib, bir qancha 
vaqtlar olimlar uchun o„qilishi jumboq bo„lib qoladi. Shunga ko„ra, u qadimgi skandinav-
german tillariga oid run, runiy (runa-sirli, yashirin demakdir) yozuvi nomi bilan ham 
yuritiladi. Faqat XIX asrning 90-yillarida bu yozuvni dastlab daniyalik olim V.Tomsen 
va rus turkshunosi V.V.Radlov o„qiydilar. Ular bu yodgorliklarning til xususiyatlari 
turkiy xalqlarga tegishli ekanligini aniqlab beradilar. Shundan keyin ko„p yillar davomida 
bu yozuvlarni tarjima qilish, til xususiyatlarini o„rganish va nashr etish sohasida katta 
ishlar qilindi. 
Bu bitiktoshlar VII-VIII asrlarga tegishli bo„lib, turk xoqonligi davrida runiy 
yozuvda bitilgan. Ular grafik jihatdan bir-biriga ancha yaqin turadi. Sug„diy yozuvi 
asosida paydo bo„lgan qadimgi turkiy run yozuvi G„arbiy va Sharqiy turk hoqonligida 
keng tarqalgan edi. 
Eramizning 745 yilida turk hoqonligini bosib olgan uyg„urlar davlati, asosan, ilgari 
Sharqiy turk hoqonligi tarkibiga kirgan qabilalarni birlashtirar edi. G„arbiy turklarning 
ajralib ketishi uyg„urlar davlatini kuchsizlantiradi. Buning natijasida 840 yilda uyg„ur 
davlati qirg„izlar tomonidan bosib olinadi. Qirg„izlar hukmronligi X asrgacha davom 
etadi. Ammo o„zining birligini, ittifoqini yo„qotgan ko„pgina uyg„ur qabilalari qirg„izlar 
hujumidan keyin g„arbga yo„l olib, o„z mustaqil davlatini tuzadi, bir qismi esa qarluqlar 
tomoniga ketadi. 
Turk hoqonligi tarkibiga kirgan turklarning bevosita davomchisi, vorisi bo„lgan 
uyg„urlar juda katta meros – o„sha davr tilini aks ettiruvchi yozma yodgorliklar 
qoldirganlar. Bu yodgorliklar birin-ketin yozilganligi – xronologik jihatdan ikki davrga 
bo„linadi. 
Birinchi davrga xos obidalar eng qadimgi yodgorliklar bo„lib, ular o„rxun yozuvi 
obidalari bilan umumiylikka ega bo„lgan bitiktoshlardan iborat. Bular ichida eng 
mashhuri turk xonlari Kultigin va To„nyuquq sha‟niga qo„yilgan qabr toshlariga 
yozilgan yodgorliqdir. Bu toshlar O„rxun (Mo„guliston) va Enisey daryolari 
bo„ylaridan topilganligi sababli fanda «o„rxun-enisey yozuvlari» deb nomlanadi. 
Shuningdek, bu yozuv run nomi bilan ham ataladi. «Run» so„zi skandinaviya xalqlari 
tilida «sirli, tilsim» ma‟nolarida qo„llangan. Sibirda surgunda bo„lgan shved ofitseri 
F.T.Tabbert-Stralenberg 1730 yilda o„rxun-enisey yozuvining bir nechalarini topib, 
hali tarixda noma‟lum bo„lgan va hech kimsaga tushunarli bo„lmagan bu yozuvni 
yuqoridagidek nomlagan edi. 


Bu yozuvni dastlab V.Tomsen o„qidi. U 1893 yil 15 dekabrda Daniya fanlar 
akademiyasi majlisida O„rxun daryosi bo„yidan topilgan yodgorliklarning sirini 
topganligini ma‟lum qildi va bu yodgorlik turkiy xalqlar tilida yozilganligini bildirdi. 
1894 yil 19 yanvarida V.Radlov «Kultegin» sharafiga qo„yilgan yodgorlikning 
tarjimasini beradi. R.Melioranskiy 1899 yilda uning qayta tarjimasini beradi. O„rxun-
Enisey yodgorliklari o„z navbatida yana , uch tarmoqqa bo„linadi. 
1. 

Yüklə 350,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə